Elektr ta’minot blokini chiqarish va almashtirish. Elektr ta’minlash blokini chiqarish uchun, avvalambor elektr ta’minlash kabelini elektr tarmog‘dan o‘chiring, 4 simli ulanish joylarni qattiq disklardan, lentali to‘plagichlardan va boshqa qurilmalardan ajrating.
Elektr ta’mirlash tizim plataga bitta uzun ulanish joyidan yoki ikkita qisqa ulanish joyidan uzatiladi. Ularni ayratishdan oldin yaxshilab o‘rganib chiqing va keyinchalik to‘g‘ri ulash uchun belgilab oling.
Elektr ta’minlash blokini chiqarish uchun uni mahkamlab turadigan 4ta vintni bo‘shatib, 2-3 sm. oldiga surib chiqazish lozim.
Elektr te’minlash blokini joyiga o‘rnatish uchun harakatlaringizni teskari tartibda bajaring va elektr ta’minlovchi ulanish joylar tizim platasiga to‘g‘ri ulanganiga amin bo‘ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |