Chiziqli-interfaol UPS (Line-Interactive). Chiziqli-interfaol UPSga kuchlanishni barqarorlashtirish funksiyasini kiritish uchun o'chirib-yoqish shaxobchali transformator yoki avtotransformatordan (A/T) foydalaniladi (11.7-rasm). Kirish tarmoq kuchlanishi bosqich-ma-bosqich muntazamlashtiriladi, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o'tish vaqti 4-5 ms dan oshmaydi. Bu sinfga ARS firmasining UPS Smart va Matrix modeli hamda Invensys firmasining Back-UPS va Powerware 5119 manbayilari (quvvati 100 V/A, quvvatlash vaqti 100 foiz, yuklamasi 5,5 min) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |