Yuklanuvchi sektorni zararlantiradigan viruslar. Bu viruslar yuklanuvchi sektorda joylashadi. Yuklanuvchi sektor –operatsion tizimni yuklash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichida saqlaydigan qattiq diskda yoki disketadagi bo‘lim. Shu tipdagi viruslar yuklanish jarayoniga to‘sqinlik qiladi va fayllarni joylashish jadvalini buzadi.
Fayllarni zararlantiradigan viruslar. Bajarilayotgan fayllar davomiga o‘zini yozadigan dasturlar.
Makroviruslar. Ma’lumotlar faylida, masalan, matnli hujjatda yoki elektron jadvalda berkinib olgan effektiv dasturiy kod. U biriktirib olgan faylning, harakatlarini noto‘g‘ri bajarish uchun, standart buyruqlarni o‘zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |