Savol va topshiriqlar
Standart kompyuter tizimini yig‘ishni tushuntiring.
Korpusni yopish.
Korpus va qopqoqni tekshirish bosqichlarini sanang.
Eng asosiy plata qanday qurilmalardan iborat.
34- Mavzu: Shaxsiy kompyuterni yig’ishda kerakli qismlarini jamlash.
Reja
Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari
Korpusni tanlash va tekshirish
Shaxsiy kompyuterni yig’ishda kerakli qismlarini jamlash.
Tayanch so’z va iboralar: Videoadapter, mikroprotsessor, Taktli generator., VESA lokal shinasi.
Tizim platasining tashkiliy qismlari
Barcha tizim platalar quyidagi tarkibiy qismlardan tuzilgan bo‘ladi:
Protsessor (markaziy yoki mikroprotsessor). Qolgan hamma qurilmalarning ishini boshqaradi;
BIOS (ROM BIOS) tizimining TXQ(Tezkor xotira qurilmasi) mikrosxemasi. Apparatli ta’minotining asosiy funktsiyalari boshqaruvi haqidagi yo‘riqnomalar to‘plami;
Mikrosxemalar to‘plami. Kompyuter ishi uchun zarur bo‘lgan turli funktsiyalarga javob beruvchi tizimli platadagi bir nechta mikrosxemalar. Protsessor va mikrosxemalar to‘plami bilan boshqa qolgan tizim plataning komponentlari bir-biriga mos tushishi lozim;
TXQ (Tezkor xotira qurilmasi). Protsessor va dastur ta’minoti ishida ishlatiladigan ma’lumotlarni saqlash qurilmasi. Zamonaviy kompyuterlarda, xususan DDIM, DDR DIM yoki RIMM xotira modullari uchun ulanish joylari bo‘ladi. Eskirgan kompyuterlarda kam hajmli SIMM xotira modullari qo‘yiladi. Eng eski kompyuterlarning tizim platalarida alohida xotira mikrosxemalarini qo‘yish uchun maxsus joylar mavjud.
Kengayish shinasi. Tizimga qurilmani ulovchi magistral. PCI shinasining 32 razryadi asosan zamonaviy kompyuterlarda ishlatiladi. Ayrim tizim platalarida, eski qurilmalarni ulash uchun ISA ulanish joyli shinalarning 16 razryadi qo‘shimcha sifatida qo‘yiladi. Zamonaviy tizim platalarida ko‘pincha eng kuchli va zamonaviy videoadapterlarni qo‘yish uchun AGP(Accelerated Graphics Port) ulanish joylaridan foydalaniladi.
IRQ liniyasi. To‘xtatish nazoratchisi bilan tashqi qurilmalarni birlashtiruvchi. Tashqi qurilmalar qayta ishlashini tizimga eslatish uchun IRQ liniyasi ishlatiladi.
DMA xotira qurilmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish kanallari. Protsessorning yordamisiz, kanallar to‘plami bo‘yicha ma’lumotlar qurilmalar orasidan o‘tadi.
Lokal shina yoki Xotira Shinasi. Protsessor va xotira orasidagi alohida magistral. Shuningdek, shinalarni ulanishini ta’minlaydi. Oldinlari unga boshqa qurilmalarni ulash mumkin edi. Ayrim hollarda esa, ishlamaydigan qurilmalarni ulash uchun maxsus ko‘prik ishlatilgan (bunday ko‘prikka ulangan qurilmalar ulangan yoki lokal deb atalgan);
Kirish portlari. Tizim platasi va kirish qurilmalari, ya’ni klaviatura, sichqoncha, skaner, kamera bilan ulanish;
Chiqish portlari. Tizim platasi va chiqish qurilmalari, ya’ni printer, tashqi eslab qolish qurilmasi, qattiq disk, modem bilan ulanish;
Videoadapterlar. Monitor ekranida ko‘rinadigan ma’lumotlarni matn yoki grafika ko‘rinishiga o‘zgartiruvchi moslama. Videoadapter shinaga ulangan kengayish platasi bo‘lishi mumkin, yoki bo‘lmasa tizim platasida joylashgan bo‘ladi;
Eslab qoluvchi qurilmalar bilan ulanish. Ko‘pgina tizim platalarida kirish-chiqish nazoratchilari joylashgan. IDE yoki SCSI kirish-chiqish nazoratchilar, CD-ROM to‘plovchilar, qattiq disklar, disk yurituvchilar uchun ulanish joylari mavjud. Eskirgan yoki ayrim zamonaviy maxsus kompyuterlarda nazoratchilar kengaytirilgan plata ko‘rinishida bo‘ladi
Sozlash vositalari. Yoqib/o‘chiruvchilar va dasturlar yordamida ShK ishini sozlash vositalari. Dastur yordamida berilgan parametrlar xotirada saqlanadi.
Taktli generator. Mikrosxema yoki taktli generatorning kristali impuls hosil qilib, shina bo‘yicha ma’lumotlarni sinxronizatsiya qiladi;
Real vaqt soatlari - batareya. Kompyuterdan foydalaniladigan sana, vaqt va konfiguratsiya haqidagi ma’lumotlarni saqlaydigan mikrosxema. Manbaadan o‘chgan paytda ham ma’lumotni saqlaydigan uncha katta bo‘lmagan akkumulyator.
Eskirgan kompyuterlarda esa quyidagilar mavjud bo‘lishi mumkin:
VESA lokal shinasi(VL-bus). Xotira shinasining kengayishi. Asosan grafik adapterlar uchun ishlatiladi. Bunday adapterlar kengayishi oddiy shinasiga ulangan adapterlarda tezroq ishlaydi.
Matematik soprotsessor yoki shunday mikrosxema uchun bo‘sh uya. Soprotsessor asosiy protsessorga nisbatan murakkab matematik operatsiyalarni tez bajaradi va uni keyingi operatsiya uchun tezda bo‘shatadi.
OverDrive uyasi. Ayrim eskirgan kompyuterlarning tizim platalarida boshqa yangi model yordamida protsessorning modernizatsiyasi uchun maxsus uya bo‘ladi.
Protsessor yoki mikroprotsessor kompyuterning miyasidir. Shu yerda ma’lumotlar qayta ishlanadi. 6.3-jadvalda ularning qisqa ta’rifi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |