Inflyatsiyaning asosiy sabablari va unga qarshi ko’riladigan choralar


Inflatsiyaga qarshi siyosati samaradorligini rivojlantirish



Download 190 Kb.
bet7/11
Sana12.07.2022
Hajmi190 Kb.
#778409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sultonov I

2.3 Inflatsiyaga qarshi siyosati samaradorligini rivojlantirish
Iqtisodiy islohotlar avj pallasiga chiqdi. Valyuta bozori liberallashuvi jarayoni kechmoqda, erta-indin almashinuv kurslari tenglashadi, aholi va biznes valyutani banklarda va almashinuv shoxobchalarida bemalol sotish-xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Eksport uchun baryerlar qisqaradi. Biznesni yuritish uchun ma’muriy xarajatlarni qisqartirish, tadbirkorlarning moddiy resurslardan foydalanishini yengillatish bo‘yicha choralar rejalashtirilmoqda. Soliq islohoti muhokama etilmoqda. Bank islohoti eshik qoqmoqda. Raqobatni rivojlantirish va biznes yuritish uchun teng sharoitlar yaratish bo‘yicha choralar ko‘zda tutilmoqda. Ma’muriy islohotlarni o‘tkazish rejalari chop etilmoqda.
Ushbu choralarning amalga oshishi bozor mexanizmlarining ishlashi uchun sharoitlarni anchayin yaxshilaydi, demakki, mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarishni, sotuv va bandlikni kengaytirish uchun asos va rag‘bat paydo bo‘ladi.
Bularning bari iste’mol tovarlari va xizmat ko‘rsatish, xom ashyo va butlovchi qismlar, ishchi kuchi, moliya, valyuta bozorlarining samarali va birgalikda ishlashini nazarda tutadi. Shuningdek, hukumatning iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish uchun turli xildagi pul va budjet siyosati vositalaridan foydalanishini taqozo etadi. Lekin, bu bozorlar yaxshi, beto‘xtov ishlashi, hukumat esa, bozor iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatish vositalaridan samarali foydalana olishi uchun, bir o‘ta muhim shartni bajarish – kuchli inflyatsiyani yo‘qotish kerak.
Ba’zida inflyatsiyani devalvatsiya – boshqa milliy valyutalar (asosan yetakchi jahon valyutalari)ga nisbatan milliy valyuta qiymatining pasayishi bilan adashtiradilar. inflyatsiya va devalvatsiya bir-biriga faol ta’sir ko‘rsatsa-da (qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida quyiroqda so‘z yuritamiz), baribir, boshqa-boshqa hodisalardir.
Devalvatsiya – boshqa milliy valyutalar (asosan yetakchi jahon valyutalari)ga nisbatan milliy valyuta qiymatining pasayishi.
Sust inflyatsiya (rivojlangan davlatlar uchun yillik 3–5%, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun – 6–10%) qattiq zarar keltirmaydi, aksincha, iqtisodiyot uchun foydali hamdir. Lekin bundan kuchliroq inflyatsiya xavf tug‘diradi – u iqtisodiy taraqqiyot uchun jiddiy to‘siq bo‘ladi. Yillik 20%dan yuqori inflyatsiya “katta odimlovchi” inflyatsiya deyiladi va, odatda, hukumatlar uni sust inflyatsiya darajasiga tushirish uchun kurashadilar.
Qayd etish o‘rinliki, so‘mning qora bozorda keskin tushib ketishidan keyin (bu Rossiya rubli va uning ketidan qozoq tengesi kursi tushib ketishining oqibati), ayniqsa keyingi yarim yil-bir yilda, mening sezishimcha, mamlakatimizda inflyatsiya kuchaydi (afsuski, inflyatsiyaning rasmiy ko‘rsatkichlari, yumshoqroq aytganda, ishonch uyg‘otmaydi va ular asosida tekshirish ilojsiz ko‘rinadi). Bu – iqtisodiy taraqqiyotga nisbatan juda kuchli tahdid, u o‘tkazilgan va amalga oshirilayotgan islohotlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Inflyatsiya jadallashuvining zarari nimada?
Inflyatsiyaning kuchayishi belgilangan (ya’ni faqat vaqti-vaqti bilan ko‘rib chiqiladigan)daromadga ega odamlarga zarar keltiradi – ular esa, deyarli barcha yollanma ishchilar, shuningdek ijtimoiy nafaqa oluvchi pensionerlar, talabalardir. Ularning belgilangan daromadlari narxlar o‘sishi sababli qadrsizlanaveradi.
Katta odimlovchi inflyatsiya ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish va investitsiya kiritishga qiziqishni susaytiradi. Ishlab chiqarish bilan shug‘ullanish, ayniqsa uzoq muddatli investitsiya loyihalariga aralashish mutlaqo foydasiz bo‘ladi: ishlab chiqarishda mablag‘ juda sekin aylanadi va o‘zining xarid qobiliyatini yo‘qotadi. Shu sababli faol tadbirkorlik faoliyatining bosh sohasi tovarlar va valyuta bilan chayqovchilik qilish bo‘lib qoladi, u turli mahalliy bozorlardagi narxlar o‘rtasidagi farqda (turli bozorlarda narxlar turlicha sur’atda o‘zgaradi) va vaqt o‘zgarishida pul ishlab olish imkonini beradi. Shu sababli, agar inflyatsiyani jilovlamasak, moliya sohasi va valyuta bozorining liberallashuvi moliyaviy resurslarning ishlab chiqarishdan chayqovchilar qo‘liga o‘tib ketishiga olib keladi, bu esa investitsiyalarga va ishlab chiqarish hamda bandlikning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Agar inflyatsiyani jilovlamasak, moliya sohasi va valyuta bozorining liberallashuvi moliyaviy resurslarning ishlab chiqarishdan chayqovchilar qo‘liga o‘tib ketishiga olib keladi, bu esa investitsiyalarga va ishlab chiqarish hamda bandlikning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Katta odimlovchi inflyatsiya moliyaviy bozorlarning me’yordagi faoliyatini izdan chiqaradi. Qanday foizda kredit berish va qarz olish, qimmatli qog‘ozlardan qancha daromadlilikni kutish kerak – bularning barchasi kutilayotgan inflyatsiya sur’atlariga bog‘liq bo‘ladi. Ammo katta odimlovchi inflyatsiya sur’atlarini oldindan aytish ilojsizdir. Natijada, qarz beruvchilar ham, qarz oluvchilar ham zarar ko‘rishlari mumkin. Shu sababli foiz stavkalari osmonga ko‘tarilib ketadi, uning ketidan inflyatsiya sur’atlari va ularning tezlashib ketishi ehtimoli bilan bog‘liq xatarlar ham kuchayadi. Depozitlarga yoki boshqa moliyaviy aktivlarga pul qo‘yishga qiziqish ularning qadrsizlanishidan xavotir tufayli so‘nadi. Shuning barobarida, jamg‘arma uchun ishonchliroq vosita sifatida, xorijiy valyutaga talab ortadi. Buning natijasida moliyaviy bozorlar yomon ishlaydi: jamg‘armalarni investitsiyalarga aylantirish va ishlab chiqarish tarmog‘ini maqbul pul resurslari bilan ta’minlash funksiyasini talab darajasida bajarmaydi. Bu esa iqtisodiyotning rivojlanishiga o‘ta noxush ta’sir ko‘rsatadi.
Bular – inflyatsiya kuchayishining asosiy salbiy oqibatlari, xolos. Boshqa yana ko‘plab oqibatlar mavjud.
Inflyatsiya, pul emissiyasi va ortiqcha budjet xarajatlari
Inflyatsiya yuzaga kelishining asosiy sababi – real iqtisodiy o‘sish sur’atlariga nisbatan pul massasi o‘sish sur’atining oshib ketishidir. Ya’ni, misol uchun, YaIM bir yilda real ko‘rsatkichda (narx ko‘tarilishini hisobga olmaganda) 5 foizga, pul massasi esa – 15%ga o‘sgan bo‘lsa, o‘rtadagi farq (10% = 15% — 5%) – bu oriqcha pul massasining o‘sishi, u inflyatsiyaning asosiy manbai bo‘ladi.
Pul massasi (agregat M1) va narxlarning umumiy darajasi (iste’mol narxi indeksi) o‘sishi, 1980–1990-yillarda, foizlarda
Muomaladagi pul miqdorini nazorat qilish Markaziy bank vazifasiga kiradi. MB pul masasiga uchta asosiy yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
– ochiq bozordagi amaliyotlar – valyuta va qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish va sotish orqali (agar MB sotib olsa, milliy valyuta bilan to‘laydi va bu bilan muomaladagi pul massasini oshiradi, agar sotsa – aksincha bo‘ladi);
– tijorat banklariga kreditlar taqdim etish orqali (kreditlar qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha beriladi, shu sababli, agar MYu pul massasini qisqartirishni xohlasa, u qayta moliyalash stavkasini oshiradi, bu bilan undan qarz olishga rag‘batni susaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, tijorat banklarining o‘z kreditlari qimmatlashuviga va biznes hamda aholi tomonidan pulga talab kamayishiga olib keladi; binobarin, pul massasini ko‘paytirish uchun qayta moliyalash stavkasini tushirish zarur);
– davlatning ortiqcha xarajatlarini (ya’ni, davlatning budjet daromadlaridan ziyod xarajatlarini) moliyalashtirish orqali.
Bizning vaziyatimizda, narxlarning umumiy o‘sishini to‘xtatishni istasak, yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarishimiz mumkin:
Markaziy bank ochiq bozorda amaliyotlar o‘tkazish va tijorat banklariga arzon kreditlar berish orqali pul emissiyasini cheklashi zarur. Shu jihatdan, yaqinda amalga oshirilgan qayta moliyalash stavkasini 9%dan 14% ga ko‘tarish to‘g‘ri tanlov bo‘ldi. Boz ustiga, bank tizimi liberallashuvida qayta moliyalash stavkasini yana ham yuqoriroq ko‘tarishga to‘g‘ri keladi. Lekin bu vaqtinchalik, inflyatsiyani jilovlash uchun ko‘rilgan chora bo‘ladi. Moliyaviy barqarorlik ta’minlanganidan keyin stavkani kamaytirish, kreditlarning biznes va aholi uchun hamyonbop qilish mumkin bo‘ladi.
Ortiqcha budjet xarajatlarini cheklashkerak bo‘ladi. Ular (imtiyozli kreditlar bilan birga) bugungi kunda pul massasi ortiqcha o‘sishining asosiy manbai bo‘lib kelmoqda. Davlat xarajatlarini (budjetdan tashqari fondlar xarajatlarini (YaIMning 35%)ni ham) iqtisodiyotimizning imkoniyatlariga muvofiq holga keltirish kerak! Ha, xarajatlarni qisqartirish (yoki o‘sishini cheklash) – unchalik ham xush yoqadigan chora emas. Biroq ortiqcha xarajatlarni faqat ortiqcha pul emissiyasi (bu inflyatsiya va bozor mexanizmlarining barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin) yoki soliqlarni ko‘tarish (bu biznesning raqobatbardosh bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, soliq islohotlarini yo‘qqa chiqaradi) evazigagina qoplash mumkin. Iqtisodiyotni liberallashtirish, soliq yukining kamayishi bir qancha vaqtdan keyin iqtisodiy rivojlanishning jadallashuvi va budjetga tushumlar ortishi ko‘rinishida ijobiy samara beradi. O‘shanda davlat xarajatlarini oshirishga qaytish mumkin. Hozir esa, “belni mahkamroq bog‘lash” talab etiladi.
Inflyatsiyaning boshqa omillari
Inflyatsiya boshqa omillar ta’sirida ham jadallashishi va yuzaga kelishi mumkin. Bular, avvalo, quyidagilardir:
“Inflyatsiya–devalvatsiya” spirali
Agar milliy valyuta xorijiy valyutalarga nisbatan arzonlashayotgan bo‘lsa, bu import tovarlarning qimmatlashuvini anglatadi, u esa, inflyatsiyaning omili bo‘ladi. Biroq, boshqa tomondan olganda, devalvatsiyaning o‘zi ko‘pincha inflyatsiyaning oqibati bo‘ladi: ortiqcha pul massasi valyuta bozoriga chiqarib yuboriladi, xorijiy valyutaga talabni oshiradi, natijada milliy valyutaning “ichki” qadrsizlanishi uning “tashqi” qiymatida ham namoyon bo‘ladi. Ya’ni, inflyatsiya va devalvatsiya bir-birini to‘ldirib keladi. Shu sababli, ko‘pincha, inflyatsiyani jilovlash maqsadida (boshqa vositalar bilan birgalikda), inflyatsiya uchun “langar” sifatida, almashinuv kursini (bozor uslublari bilan) fiksatsiyalashdan foydalanadi. Lekin bu vosita pul emissiyasi qat’iy chegaralangan holdagina ish beradi. Aks holda, MB valyuta rezervlari bir pasda tugaydi va baribir devalvatsiya o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.
Hozir bizda valyuta bozori liberallashuvi amalga oshirilmoqda. Markaziy bank qanday almashinuv kursini qo‘llab-quvvatlashi kerak (yana bir bor ta’kidlayman – bu ma’muriy buyruqlar bilan emas, bozor uslublari bilan amalga oshiriladi), degan savol ko‘ndalang turadi. So‘mning qadrini tushirib, uni muvozanat darajasidan (ya’ni valyuta bozoridagi talab va taklif tengligini ta’minlovchi darajadan) past darajada belgilash jozibali ko‘rinadi. Masalan, talab va taklif muvozanatiga bir dollar uchun 7000 so‘m darajasida erishiladigan bo‘lsa (bu shartli ko‘rsatkich), almashinuv kursini sun’iy ravishda bir dollarga 8000 so‘m darajasida ushlab turish mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun foydali bo‘ladi, chunki eksportimizni arzonroq, importni anchayin qimmat qiladi. Milliy valyutaning bunday sun’iy pasaytirilgan qiymatini ta’minlash ham murakkab emas – MB bozorda dollarni xarid qilib, ular o‘rniga so‘m bersa, kifoya. Biroq bu inflyatsiyaning kuchayishiga olib keladi: iqtisodiyotda so‘m ko‘payib ketadi, u narxlarning umumiy o‘sishini rag‘batlantiradi, buning ustiga import tovarlar dollar qimmatligi sababli qimmatlashadi.
Milliy valyuta kursini pasaytirish siyosatini eksportga yo‘nalganlik modelidan foydalanuvchi ko‘plab mamlakatlar qo‘llaydilar. Biz ham shuni amalga oshirishimiz lozim. Biroq bu modelni keyinroq, inflyatsiyani jilovlab olgandan keyin, qaytadan ko‘tarilib ketmasligi uchun ohistalik bilan qo‘llash talab qilinadi.
“Maosh–narxlar” spirali
Iste’mol tovarlari va xizmatlari narxlarining o‘sishi ish beruvchilar (jumladan davlat)ni ish haqini oshirishga majbur qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, inflyatsiyaning yangi bosqichini boshlab beradi: maosh ko‘tarilishi talab oshishiga (odamlarda ko‘proq pul paydo bo‘ladi) va bozor taklifi qisqarishiga (maoshning ortishi – bu ishlab chiqaruvchi xarajatlarining ortishidir) olib keladi, shuningdek ortiqcha budjet xarajatlari ham ortadi, ularni, birinchi navbatda, pul emissiyasi evaziga moliyalashtirishga to‘g‘ri keladi.
Shubhasiz, inflyatsiya sharoitida hukumat aholining ijtimoiy zaif qatlamlari manfaatlari haqida g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Biroq, shuni ham tushunish kerakki, ko‘p hollarda buning uchun qo‘llaniladigan choralar (davlat tarmog‘ida maoshlar oshirilishi, minimal ish haqining ko‘tarilishi) faqat inflyatsiyaning yangi bosqichini ochib beradi, u hukumatning say’-harakatlarini tezda qadrsizlantiradi. Bundan tashqari, valyuta bozorini liberallashuvi va moliya sohasining yetarli rivojlanmaganligi holatida maoshning ko‘payishi xorijiy valyutaga talabning ortishiga va “inflyatsiya–devalvatsiya” spirali ishga tushishiga olib keladi.
Shu sababli, inflyatsiyani jilovlash uchun hukumat aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangani ma’qul – bularga manzilli yordam ko‘rsatish mexanizmlari, jamoat ishlarini tashkil qilish, xususiy biznes faoliyati uchun sharoitni yaxshilash (bu tadbirkorlarga boshqa xarajatlarni tejash hisobidan ish haqini ko‘tarish va ko‘proq ishchilarni yollash imkonini beradi).
“Soliq–inflyatsiya” spirali
Inflyatsiya iqtisodiyotga soliq yukini kuchaytirishi mumkin, bu avvalo progressiv soliqlar (soliqqa tortiluvchi baza qanchalik katta bo‘lsa, soliq stavkasi shunchalik yuqori bo‘ladi) tufayli ro‘y beradi. Axir, oldinlari o‘rta yoki yirik deb hisoblangan va yuqoriroq soliq stavkalari bo‘yicha soliqqa tortilgan ish haqi inflyatsiya tufayli qiymatini yo‘qotadi, lekin yuqori stavkalar saqlanib qoladi.
Agar bizdagi vaziyat haqida gapiradigan bo‘lsak, bunda rasmiy kurs bo‘yicha milliy valyutada to‘lanadigan bojxona to‘lovlari (mohiyatiga ko‘ra bular ham soliqlar) eng katta xavotir uyg‘otadi. Almashinuv kurslari birxillashtirilganda (bu yaqin kunlarda ro‘y beradi), rasmiy kurs kuchli devalvatsiyaga uchraydi. Pirovardida, to‘lanadigan bojxona to‘lovlari sezilarli darajada ko‘tariladi, bu import tovarlar qiymatining ortishini anglatadi, binobarin, inflyatsiyaning yanada avj olishiga xizmat qiladi. Shu sababli, hukumat rasmiy almashinuv kursi devalvatsiyasidan avvalroq yoki u bilan bir vaqtda bojxona to‘lovlari stavkalarini qisqartirishi juda muhim. Aftidan, hukumat bu masala ustida ish olib borayotgan ko‘rinadi.
Iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashganligi
Iqtisodiyotimizning ko‘plab tarmoqlarida, afsuski, raqobat muhiti juda bo‘sh. Bu, ko‘p jihatdan, alohida korxonalar yoki korxonalar guruhlari uchun ko‘plab imtiyozlar (soliq, konvertatsiya, kredit, moddiy resurslardan foydalanishdagi) borligi, shuningdek bozorga yangi ishtirokchilar kirishi uchun to‘siqlar mavjudligi hamda tashqi raqobatdan yopiq ekaniga bog‘liqdir. Monopolchi korxonalar, bozordagi o‘zlarining istisnoviy mavqelaridan foydalanib, o‘ta yuqori monopol daromad olish maqsadida narxlarni osmonga ko‘tarib yuboradilar. Shu sababli, inflyatsiyaga qarshi kurashishda raqobat yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish muhim: barcha ishtirokchilar uchun teng o‘yin qoidalarini tuzish, bizda yuzaga kelgan imtiyozlar va ustuvorliklar tizimini parchalash, bozorlarga yangi ishtirokchilar kirishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish.
Inflyatsiya xavotiri
Inflyatsiya sharoitida aholi va tadbirkorlar, pullarining qadrsizlanishidan xavotirlanib, naqd puldan, plastik kartochkadagi va talab qilib olinguncha omonatlardagi mablag‘lardan imkon qadar tezroq qutulib qolishga harakat qiladilar (bu hodisa odatda “puldan qochish” deb ataladi). Natijada pul birliklari muomalasi tezligi ortadi, bu esa, pul massasi ko‘paygandek samarani beradi. Bundan tashqari, ko‘p hollarda sotuvchilar tovarning bugungi kundagi narxiga ertangi inflyatsiyani kiritadilar, ya’ni mahsulotlarini aslidan qimmatroqqa sotishgagina rozi bo‘ladilar. Inflyatsiya xavotiri, avvalo, aholi va biznes davlatning inflyatsiyani jilovlay olishiga ishonmasligiga bog‘liqdir. Shu sababli, inflyatsiyaga qarshi kurash qat’iy, izchil va ochiq bo‘lishi lozim. Faqat shundagina aholi va biznes inflyatsiya xavotiridan voz kechadi, bu esa narx o‘sishiga qarshi kurashning muhim omili bo‘ladi.
Inflyatsiya xavotiri, avvalo, aholi va biznes davlatning inflyatsiyani jilovlay olishiga ishonmasligiga bog‘liqdir.
Ko‘ramizki, inflyatsiya o‘zini o‘zi yuzaga keltira olish xususiyatiga ega (“maosh–narxlar”, “inflyatsiya–devalvatsiya”, inflyatsiya xavotiri va boshqalar). Shu sababli, inflyatsiyani bartaraf etish uchun, shunchaki pul emissiyasini cheklashning o‘zi yetarli emas. Narx o‘sishining barcha asosiy sabablariga ta’sir ko‘rsatuvchi kompleks choralar tizimi talab etiladi.
Yana bir bor ta’kidlayman: amalga oshirilayotgan islohotlar “uyqusirab” turgan xususiy tashabbus va tishbilarmonlik kuchlarini uyg‘otayotgan, bozor mexanizmlari to‘laqonli ishlay boshlayotgan bugungi kunda inflyatsiyaga qarshi kurashish ayniqsa muhimdir. Kuchli inflyatsiya xususiy tashabbusni va resurslarni ishlab chiqarish faoliyatidan chayqov tomonga burib yuboradi, moliyaviy tizimning omonatlarni investitsiyalarga aylantirish imkoniyatlarini cheklaydi, bozor kuchlarining iqtisodiyotimiz samaradorligini oshirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli ushbu yovuz kuchga qarshi inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi va kuchaytiruvchi turli-tuman omillarning barchasini hisobga olgan holda kurashishga kuch tashlash nihoyatda muhim.


Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish