Javoblar:
1. Inflyatsiyaning qanday turlarini bilasiz?
Inflyatsiyaning turlari:
Inflyatsiyaning vujudga kelishi sabablariga ko’ra ikki turi mavjud:
Talab inflyatsiyasi
Taklif inflyatsiyasi
Narxlarning o`sish sur`atlariga ko`ra:
Me`yordagi(sudraluvchi) inflyatsiya
O`rmalovchi inflyatsiya
Yuqori inflyatsiya
Giper inflyatsiya
Namoyon bo’lish shakliga ko’ra:
Ochiq inflyatsiya
Yashirin inflyatsiya
2. Talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasining mohiyati nimadan iborat?
Talab inflyatsiyasi - bu iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya’ni, to’liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o’sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar narxining ko’payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «xaddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, narx, ishlab chiqarish sur’atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq.
Taklif inflyatsiyasi - bu mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar narxlarining oshishidan paydo bo’ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasa ham tovarlarning narxlari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning narxsi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o’sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg’i narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
3. Inflyatsiyaning haqiqiy darajasi qanday aniqlanadi?
Keltirilgan tenglamadan ko’rinib turibdiki, haqiqiy inflyatsiya darajasi miqdori kutilayotgan nflyatsiya darajasiga hamda tashqi narx shoklari darajasi bilan to’g’ri bog’liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog’likka ega ekan.
4. Filipps egri chizig’i qanday bog’liqlikni o’zida aks ettiradi?
Qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflyatsiya darajalari o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud. Ishsizlikni pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qo’shimcha mablag’lar ajratilishini anglatadi. Ayni paytda bu ish haqi miqdorining oshishiga ham olib keladi. Har ikkala holat ham narxlar darajasinining ko’tarilishiga olib keladi, ya’ni talab inflyatsiyasi ro’y beradi.Ishsizlik va inflyatsiya ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik ingliz iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan aniqlangan va Fillips egri chizig’i deb ataladi.
Fillips egri chizig’i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o’rtasidagi teskari bog’lig’likni xarakterlaydi.
5. Fillips egri chizig’ining qisqa va uzoq muddatli davrda amal qilishining farqli jihatlari qanday?
Fillips egri chizig’i inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liqlikni qisqa muddatli davrda uchun aks ettiradi.Uzoq muddatli davrda Filipps egri chizig’i amal qilmasligini M.Fridmen va E.Felipslar asoslab berishgan.1970 yillarda jahon xo’jaligidagi neft inqirozi sharoitida ko’plab mamlakatlarda inflyatsiyaning va ishsizlikning bir vaqtdagi yuqori suratlarda o’sishi kuzatilgan. Bu holat Fillips egri chizig’I doimo ham amal qilmasligini ko’rsatib berdi va iqtisodiyotda quyidagi tushunchalar kirib keldi:
Stagflyatsiya- mamlakat iqtisodiyotida stagnatsiya va inflyatsiyaning biralikda sodir bo`lishi.
Slampflyatsiya- ishsizlik va inflyatsiya suratlarining bir vaqtda o’sib borishi.
6. Graduallash usulining mazmunini tushuntiring.
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan aksilinflyatsiya siyosatining yana bir ko’rinishi - inflyatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish ( graduallash ) usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur’atlari pul massasini ko’p marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o’sish sur’atini pasaytirishni ko’zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi. Graduallash usulini qo’llash pul massasi va narxlar darajasining yillik o’sish sur’ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo’ladi, deb hisoblanadi.
7. Aksilinflyatsiya siyosatining mohiyati va asosiy yo’nalishlarini qanday
izohlaysiz?
Aksilinflyatsiya siyosat - narxlar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Aksilinflyatsiya siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Aksilinflyatsiya siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi:
-yalpi talabni tartibga solish;
-yalpi taklifni tartibga solish.
Keynschi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlari iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.
Ammo bunday aksilinflyatsiya siyosati davlat byudjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo’shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug’diradi. Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.
Aksilinflyatsiya siyosatining monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik, keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi.
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni ta’minlashi kerak:
- samarali soliq tizimini va davlat xarajatlari ning baaqarorligini;
- pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o’sish sur’atlarini;
- “inflyatsiyani import qilish” ga yo’l qo’ymaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |