Iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashganligi
Iqtisodiyotimizning ko‘plab tarmoqlarida, afsuski, raqobat muhiti juda bo‘sh. Bu, ko‘p jihatdan, alohida korxonalar yoki korxonalar guruhlari uchun ko‘plab imtiyozlar (soliq, konvertatsiya, kredit, moddiy resurslardan foydalanishdagi) borligi, shuningdek bozorga yangi ishtirokchilar kirishi uchun to‘siqlar mavjudligi hamda tashqi raqobatdan yopiq ekaniga bog‘liqdir. Monopolchi korxonalar, bozordagi o‘zlarining istisnoviy mavqelaridan foydalanib, o‘ta yuqori monopol daromad olish maqsadida narxlarni osmonga ko‘tarib yuboradilar. Shu sababli, inflyatsiyaga qarshi kurashishda raqobat yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish muhim: barcha ishtirokchilar uchun teng o‘yin qoidalarini tuzish, bizda yuzaga kelgan imtiyozlar va ustuvorliklar tizimini parchalash, bozorlarga yangi ishtirokchilar kirishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |