3. Inflatsiyaning turlari va toifalari. Inflyatsiya lotincha «inflatio» so’zidan olingan bo’lib «ish», «bo’rtish»,
«ko’pchish» degan ma’noni anglatadi. Bu so’z XIX asrning o’rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda xavfli o’sma kasalini ifodalashda qo’llanilgan. Tarix haqiqatda ham bu so’zning har tomonlama xavfli ekanligini ko’rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o’sishidangina iborat bo’lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so’zining iqtisodiy o’girtmasi - muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko’p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi. Iqtisodda inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o’sishiga, qoniqtirilmagan, lekin qisman to’lanishi mumkin bo’lgan talablarning vujudga kelishga olib keladi. Odatda inflyatsiyaning bu turi - klassik inflyatsiya deb yuritiladi. Inflyatsiya so’zi pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o’rtasida fuqarola urushi bo’lganda muomalaga juda ko’p miqdorda (450 mln. grin bek) qog’oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo’llanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan. Agar tarixga e’tibor beradigan bo’lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog’liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada - frantsuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o’rtalarida namoyon bo’lgan.
Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo’lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko’rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo’lmasdan, tarixan mavjud bo’lgan jarayondir. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma’lum xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Yo hozirgi davr inflyatsiyasi, o’tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo’lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog’oz pullar. chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya’ni ishlab chiqarish va tovarooborot sur’atlarini oshirmasdan yoki bu ko’rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan bo’ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yo’llaridan biri qog’oz pullar.ni muomalaga chiqarishdan iborat bo’lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar., muomala uchun zarur bo’lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya’ni, xaqiqatda pul birligi o’zida ko’rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan. Oldingi inflyatsiyalarning Yana bir xususiyati shundaki, ular ma’lum davrda namoyon bo’lgan. Yo hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo’lib xo’jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi.Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo’lib, sifati ham o’zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya:
birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo’jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo’lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Yo hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi
natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog’ining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo’jaligining turli sohalari o’rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor, jamg’arma va iste’mol o’rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir. Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monetar-pul siyosati bilan va xo’jalik faoliyati bilan bog’liq turlariga bo’linadi. Xo’jalik faoliyati bilan bog’liq omillar bu xo’jalikdagi va iqtisoddagi mutanosiblikning buzilishi, ishlab chiqarishda yakka hukmronlikka yo’l qo’yish, iqtisodning tsiklik rivojlanishi, investitsiyalashda nomutanosiblik, baholarni tashkil qilishda davlatning yakka hokimligi, kredit siyosatining notug’ri olib borilishi va boshqalar hisoblansa, pul bilan bog’liq omillarga davlat moliyasi sohasidagi krizislar; davlat byudjetning defitsiti, davlat qarzlarining o’sishi, pul emissiyasi, pul muomalasi qonunining buzilishi, kreditlashda avtomatizmga yo’l qo’yish va boshqalar kiradi. Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodida bo’lgan krizislar, (xom ashyo, yoqilg’i, valyuta bo’yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zahiralari bilan bo’ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar bo’lishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to’xtovsiz o’sishi va natijada pul muomalasi qonuniningbuzilishi oqibatda pul biriligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi.Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida
pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi; Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar. Ba’zi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflyatsiya - bu barcha tovarlar
baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o’sgan taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror bo’lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin ekan. Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70-80 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi mumkin. Albatta, inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur’atlarda bo’lmasdan, sakrab turadigan bo’lishi mumkin. Lekin, ba’zi tovarlar bahosining tushishi yoki barqaror bo’lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to’liq ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba’zida davlat aralashuvi bilan aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma’lum davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi to’g’risida gapirganda, inflyatsiya darajasida baholar oshishi va umuman baholar oshishi tushunchalarini to’g’ri talqin qila olish kerak. Masalan, xamma vaqt ham ba’zi tovarlar bahosining oshishi inflyatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi oshishi inflyatsiya bo’lmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida ham bo’lishi mumkin. Inflyasiya so’zi XIX asr o’rtasidan boshlab iqtisodiy termin sifatida qo’llana boshlagan, ungacha tibbiyotda xafli usma kasalini ifodalashda qullanilgan. Lekin xaqiqatda ham xavfli, u umumiqtisod uchun xavfli. Inflyasiya so’zining iqtisodiy ma’nosi-muomilada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga va miqdoriga nisbatan ko’p pul chiqarish demakdir. Inflyasiya so’zi pul muomilasi sohasida AQShning Shimoliy va Janubiy shtatlari o’rtasida grajdanlar urushi bo’lganda muomilaga juda ko’p miqdorda (450 mln grin bek) qog’oz dollor chiqarilgan vaqtidan boshlab qullanila boshlagan. Ularni sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizga tushib ketgan. Tarixga ko’ra urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketishi, inflyasiya bilan o’zviy bog’liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyasiya XIX asrning boshida Napolion bilan urush davrida, Fransiyada franso’z revolyusiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o’rtalarida nomoyon bo’lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyasiya 1923 yillarda bo’lib, muomiladagi pul massasi 496 kvintillion markaga yetgan va pul birligi trillion markaga qadrsizlangan. Oldingi inflyasiyalarning xususiyati shundagi, ular ma’lum davrda nomoyon bo’ladi. Ќozirgi davr inflyasiyasi odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo’lib, xo’jalik faoliyatining barcha sohalarini qamrab olish bilan, pul, omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi. Inflyasiyaning asosiy sabablari.
a) Jamg’arma va iste’mol o’rtasidagi.
b) Talab va taklif o’rtasidagi
v) Muomiladagi pul muassasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutonosibliklardir.
Bulardan tashqari pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomilasi qonunning bo’zilishi, ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi, ishlab chiqarishni qisqarishi, ba’zan byudjet difisetini qoplash uchun qo’shimcha pul chiqarish va boshqalar ham sabab bo’ladi. Inflyasiyani yuzaga keltiruvchi omillarni ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin. Ichki omillar mamlakatni monetar – pul siyosati hamda xo’jalik faoliyati bilan bog’liq (nomutonosiblik, baholardagi davlatni yakka xokimligi, noto’g’ri kredit siyosati, pul muomilasi qonunining bo’zilishi va boshqalar). Tashqi omillarga jahon iqtisodida bo’lgan inqirozlar (xomashyo, yoqilg’i, valyuta bo’yicha), davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo’ladigan noqonuniy operasiyalari va boshqalar kiradi.Yuqoridagilardan kelib chiqib inflyasiya deb ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy va to’xtovsiz o’sishi va natijada pul muomilasi qonununing bo’zilishi oqibatida pul birligining qadrsizlanishiga aytiladi.Inflyasiya quyidagi shaklda nomoyon bo’ladi. Tovar va xizmatlar bahosining o’zluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib ketishi. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar. Xalqaro amaliyotda inflyasiyaning quyidagi turlari mavjud.
Sudraluvchi inflyasiya.
Baholarning o’rtacha yillik usishi 5-10 foizdan oshmaydi. Inflyasiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, malakaviy iqtisodiy rivojlanish darajasiga kadar baholar oshishi 3-4 % atrofida ham bo’lishi mumikin. Bu inflyasiya aksincha ishlab chiqarishni Yanada rivojlantirishni takomillashtiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi.Suzib yuruvchi inflyasiya
Bunda narx navo tezroq o’sa boshlaydi. Iqtisodiy o’sish suratlari pasayadi., ishsizlik ko’paya boradi. Inflyasiya yiliga 8-12 % atrofida bo’ladi. Shiddatli. Bunda baholarni o’rtacha yillik o’sishi 10-100 % (ba’zida 200 % gacha) bo’lishi mumkin. Inflyasiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarga xos.
Giperinflyasiya.
Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200 foizdan oshib ketadi. Bu inflyasiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o’zgarishi bilan bog’liq. Adabiyotlarda shu kabi stagflyasiya (inflyasiyani iqtisodiy tanglik bilan birgalikda yuz berishi), loqal (bir mamlakat yoki jahon miqyosida), ichki (bir mamlakat ichida), ochiq (qachonki baholari o’sishi sezilgan holda), yopiq (sekretiy – tovar va xizmatlar sifatini baho o’zgarmagan holda yomonlashuvchi, tovar defiseti sodir bo’lganda) inflyasiya tushunchalari mavjud. Inflyasiyadan farqliroq deflyasiya narx-navo pasayishini, pul qadrini ortishini bildiradi. U sababli inflyasiyadan yutqazishlar deflyasiya yordamida qoplanishlar sodir bo’ladi.Inflyasiyadan chiqish uchun: Ishlab chiqarishni rivojlantirish, uni rivojlanishini rag’batlantirish (soliq tizimi, past foizli kreditlar va boshqalar bilan).Raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga chiqarish.Muomiladgi pul muassasini cheklash va boshqalar. Xozirgi sharoitda inflyasiyaga qarshi kurashish choralari. Ish xaki va ijtimoiy tulovlarni indesasiyalab borish. Tijorat banklari kreditlari bo’yicha foizlarini kayta ko’rib chiqib turish. Pulning bankdan tashkariga xarakat qilishiga yo’l quymaslik (kassa apparatlarini joriy etish va boshqalar). Qimmatli qog’ozlar bozorini kengaytirish va boshqalar.Inflyasiyaning iqtisodiyotga ta’siri.Ishlab chiqarishni stixiyaligi kuchayadi, tarmoqlar mutonosibligi buziladi. Bo’sh mablag’larni ishlab chiqarish sohasidan muomila (savdo) sohasiga oqib o’tishiga sabab bo’ladi. Tovarlarni normal xarakati bo’zilib bozordan bozorga ko’chib yurishi sodir bo’ladi. Olib sotarlikga keng yo’l ochiladi. Iste’mol va extiyojni izdan chiqaradi. Qadrsizlangan puldan qochish uchun kerakli, keraksiz tovarlar sotib olinadi. Tovarlarni kreditga sotish qisqaradi. Bank foizlari oshadi, o’zoq muddatli kredit berish barham topadi. Aholi mablag’larini jamg’armaga jalb etish qiyinlashadi.Barter munosabatlari vujudga keladi. Byudjet taqchilligi sodir bo’ladi, emissiyaga zo’r beriladi va u inflyasiyani Yanada kuchaytiradi. Muomiladagi pul massasi va uni boshqarish. Pul muomalasining barqarorlashtirish yo’llari.Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan.Tovar muomilasini taminlash pul miqdoriga ko’p jihatdan bog’liq. Pul muomilasi qonuni - muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan, tovar-pul munosabatlarini o’zida aks ettiradigan qonundir. Bu qonunga ko’ra muomila davrida muomilaga zarur bo’lgan pul miqdori barcha tovarlar so’mmasiga to’g’ri proporsional pul aylanishi tezligiga teskari proporsional o’zgaradi. Xozirgi sharoitda muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdoriga quyidagi omillar ta’sir etadi.Sotiladigan tovarlar miqdori (ko’p bo’lsa ko’p va aksincha). Tovarlarni baho darajasi (yuqori bo’lsa ko’p va aksincha)Kreditni rivojlanish darjasi (rivojlangan bo’lsa naqd pul kam talab etiladi.Naqd pulsiz xisob kitoblarni rivojlanish darajasi. Pulni aylanish tezligi. Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda quyidagi formulada ifodalash mumkin.Bunda: MUZBPM – muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdori STVXM – sotiladigan tovar va xizmatlar miqdori
ShKVNPXKB – shundan kreditga va naqd pulsiz xisob – kitoblar bo’yicha MBTM – majburiyatlar bo’yicha to’lovlar miqdori ShBBKTM – shundan bir – birini qoplaydigan tulovlar miqdori PMVTVSUAT – pulning muomila va tulov vositasi sifatida o’rtacha aylanish tezligi. Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini aniqlashda kassa aylanmasi xomcho’ti hamda aholi daromadlari va xarajatlari balansidan ham keng foydalaniladi. Kassa aylanmasi xomcho’ti 1991 yildan boshlab mamlakatda kreditni rivojlantirish va kassa rejalari o’rniga tuzila boshlandi. Uni to’zishdan maqsad naqd pulga bo’lgan extiyojni butun respublika va bank muassalari bo’yicha aniqlash hamda pul muomilasini barqarorlash tadbirlarini ishlab chiqishni amalga oshirishdan iborat. O’zbekiston Respublikasi MB-ning 2005 yil 20 avgustdagi yuriqnomasiga binoan kassa aylanmasi xomcho’ti quyidagi asosiy kirim mablag’lari va naqd pullar. chiqimi yo’nalishari bo’yicha tuziladi. Pul muassasi pul muomilasining muhim kursatkichi hisoblanadi. Pul massasi xo’jalik aylanishidagi naqd pulli xisob-kitoblarni, ya’ni aholi korxonalar, tashkilot va muassalarga tegishli xarid tulov vositalarining yalpi hajmini o’zida ifodalaydi. Pul muomilasining belgilangan muddat va davr uchun, miqdoriy uzgarishlarini bilish uchun, shuningdek pul massasi, xajmi va o’sish sur’atlarini tartibga solish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun turli xil ko’rsatkichlar (pul agregatlari) foydalaniladi. O’zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlaridan (pul agregatlari to’planadi) iborat.
O’zbekiston Respublikasida pul muomilasini boshqarishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi.Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash. Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini belgilash.O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risidagi qonunning 28 moddasiga binoan majburiy rezerev miqdori tijorat bankining yig’ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Tijorat banklari resruslarining Markaziy bankda saklanishi lozim bo’lgan ushbu qismi jamg’arma turiga, uning hajmiga, bankning joylashgan o’rniga bog’liq bo’lgan holda turli mamlakatlarda turlicha. Masalan, Yaponiyada minimal rezerv stavkasi 2,5 %, AQSh da 12% Germaniyada 12,1%, Portugaliyada 17 %, O’zbekistonda 20 % ni tashkil etadi. O’zbekistonda bu rezerv 1.05.94 ga 30%, 1.07.96 ga 25 % ga 2006 yildan 15 % ga teng. Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar bo’yicha qayta moliyalashtirish stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditlarning bahosini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu stavkalar markaziy bankning kredit siyosatidan kelib chiqib keyingi yillarda quyidagicha bo’lgan: 1,01,94 dan 225 %, 1.03.95 dan 300 %., 1.07.96 dan 60 %., 2000 yil yiliga 32.%, 2003 yil 27,1 % , 2005 yildan 16% ni tashkil etadi. Xozirgi ko’pgina davlatlarda pul muomilasini tartibga solishda ochiq bozorda operasiyalar utkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi ko’p qullaniladigan monitor siyosatni bir usuli bo’lib, u tijorat banklarining likvidlik darajasiga tez ta’sir utkazadigan egiluvchan (moslanuvchan) amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usulni boshqalardan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va hohlagan miqdorda utkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendeniyasiga qarab pul muomilasini barqarorlashtira olishi mumkin. Bunda oldi-sotdi obyekti davlat qimmatli qog’ozlari va markaziy bank chiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi mumkin. 1996 yilni mart oyida chiqarilgan qisqa muddatli davlat obligasiyalari (KMDO) tijorat banklari va korxonalarning mablag’larini xavf-xatardan saqlash va daromad olish imkonini beradi. KMDO larning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtirokida amalga oshiriladi. Zurur bo’lsa, obligasiya egasi ikkilamchi bozorda uni sotishi mumkin. Rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish usulidan foydalaniladi. Shunday qilib Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish, uni tartibga solish borasida barcha vakolat va xuqiqiy norma vakolatlarga ega. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risidagi qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx – navo va milliy valyuta kursining barqaror bo’lish tushunchasini o’z ichiga oladi. Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi.
Monator siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish. O’zbekiston Respublikasida xisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash.Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish. O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zahirasini saqlash va ularni boshqarish. Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish. Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish uchun ba’zi hollarda kuyidagi usullarda ham tayyorlanadi. Nullifikasiya – bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib muomilaga yangi pullar. chiqariladi. Bu usul infliasiya darajasi o’ta yuqorilab ketgan hollarda qullaniladi. Bu usul SSSR da 1922 - 1924, 1947, 1997, 1961 yillardagi pul islohati, O’zbekistonda 1994 yilda bo’lib o’tgan pul islohatida qullanilgan.Revolvasiya – lotincha qadrini oshishi ma’nosini anglatib bu milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadrini oshishini bildiradi. Masalan 1$= 1110 so’mga teng bo’ldi. Ushbu tadbirdan keyin 1005 so’mga teng bo’ladi. Bu usul 1922-1928 yillarda Angliyada, 1961, 1969, 1971 yillarda Germaniyada qullanilgan. Devolvasiya – lotincha qadrini tushishi ma’nosini anglatadi. Bu usul davlat tomonidan milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga nisbatan pasaytirilishi bo’lib u bozor uchun kurash kuchaygan sharoitda eksportni rag’batlantirish, to’lov muvozanatini yaxshilash uchun qullaniladi. Buning asosiy sabablari bo’lib inflyasiyani kuchayishi va mamlakat tulov balansning salbiy qoldiqga ega bo’lishidir.Bu usul AQSh da 1971 yilda 7,89 % ga, 1973 yilda 10 % ga dollar kursini pasaytirish bilan qullanilgan. Denominasiya – pul miqdorini bir necha marotaba qisqartirish hisoblanadi va u pulni qadri yuqori darajada tushganda, muomiladagi pul hajmi oshganda qullaniladi. Bu usul Rossiya federasiyasida 1921-1922 yillardagi pul isloxatida 1000:1, 1923 yilda 100:1, 1999 yilda 1000:1 holida, Buxoro shuro xalq respublikasida bu usul 1922 yilda 100:1, O’zbekiston Respublikasida 1994 yilda 1000:1 holida qullanilgan.