Inflatsiya, uning mazmuni va kelib chiqish sabablari
“Inflyatsiya” termini - lotincha so'zdan olingan bolib - “shishirilgan”, “bo‘rttirilgan”,“ko'pchigan” kabi ma’nolami anglatadi. Inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati muomaladagi naqd pullaming sotib olish qobiliyatini pasayishi, tovarlar va xizmatlaming bahosini o‘sib borishini anglatadi.
Inflyatsiya so‘zi birinchi marta amerikalik iqtisodchi A.Delmar tomonidan 1864 yilda iqtisodiy oborotga kiritildi. Bunga AQSh Federal hukumati 1861 - 1865 yillarda mamlakat fuqarolar urushi davrida davlatning xarajatlarini qoplash maqsadida muomalaga juda katta miqdorda qog'oz pullami emissiya qilishi sabab boldi. G'arbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarida inflyatsiya termini birinchi jahon urushidan keyin, sobiq ittifoq adabiyotlarida esa 1920 yillaming o‘rtalaridan keng miqyosda paydo bo’ldi.
Inflyatsiya juda ko‘p qirrali bolib, u asosan quyidagi
turlarda bo‘lishi mumkin:
• sudraluvchan inflyatsiya;
• shiddatli inflyatsiya;
• giperinflyatsiya;
• kutilgan va kutilmagan inflyatsiya;
• ochiq inflyatsiya;
• yopiq inflyatsiya;
• talab xarajatlar inflyatsiyasi;
• taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi
Sudraluvchi inflyatsiya sharoitida baholar yiliga 6 - 8 foiz miqdorida o‘sishi kuzatiladi. Sudraluvchan Inflyatsiya juda ko‘p mamlakatlar iqtisodiyotiga xos bolib, Milliy iqtisodiyotga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatmaydi. G’arbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodchilari ushbu inflyatsiya sharoitida iqtisodiyotning rivojlanishini ijobiy holat sifatida baholaydilar
Shiddatli inflyatsiya davrida baholaraing darajasi yil davomida 20 foizdan 200 foizgacha o‘sadi. Inflyatsiya darajasi sezilarli ravishda shiddat bilan ortib boradi, uning darajasi ortib borgan sari milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir sezilib boradi. Aholining milliy valyutaga nisbatan ishonchi pasayib, o‘z mablaglarini ko’chmas mulklarga, qimmatbaho taqinchoq va xorijiy mamlakatlaming barqaror valyutalariga almashtirishga ehtiyoji ortib boradi.Giperinflyatsiya sharoitida baholar juda tez va yirik miqdorda oshib boradi, asosan giperinflyatsiya sharoitida tovarlar va xizmatlarning bahosi astronomik darajada ortib, yiliga 1000 foiz, oyiga 100 foiz darajasida o’sishi kuzatiladi. Mamlakatda iqtisodiyotni boshqiarish va pul muomalasi buzilishi natijasida, pul-kredit siyosati toliq izdan chiqib ketadi.
Giperinflyatsiya birinchi jahon urushidan keyin germaniya iqtisodiyotiga juda katta salbiy ta’sir qilgan. Bu haqda E.M.Remark shunday yozadi. “Inflyatsiya nima ekanligini shunda bilganman. Mening oylik ish haqim ikki yuz milliard markani tashkil etar edi. Ish haqi bir kunda Ikki marta berilar edi, ish haqi berilgandan so’ng ishdan yarim soatga ruxsat berilardi. Biz bu vaqtdan foydalanib kursni ikki martaga oshib ketishidan va olgan ish haqimiz o‘z qiymatini yo’qotishidan qo’rqib qandaydir tovar yoki iste’mol mollarini sotib olish uchun do’konlarga yugurar
edik”.
Do'stlaringiz bilan baham: |