13.4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish
Mahsulot
sifati
muammosiga
tegishli
masalalardan
biri
standartlashtirishdir.
Standartlashtirish - standartlarni belgilash va qo‘llash jarayoni. U
normal
ijodiy
faoliyat
bo‘lib,
sifatning optimal
ko‘rsatkichlarini,
mahsulotning parametrik qatorlarini, nazorat qilish, sinash usullari va
hokazolarni ishlab chiqishni va qat’iy belgilashni o‘z ichiga oladi.
Standartlashtirish - bu mahsulot sifatini boshqarishning tashkiliy va
normativ asosi hisoblanadi. U barcha normalarni standart, instruksiya,
mahsulotni asoslash uchun kerakli shartlar usuli kabi hujjatlarda aks
ettiradi
61
.
Standartlashtirishning eng muhim ahamiyati shundaki, u ishlab
chiqarishning rivojlanish sur’ati va darajasiga zaruriy ta’sir ko‘rsatadi.
Buning uchun esa standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning
oxirgi yutuqlariga tayanadi.
O‘zbekistonda standartlashtirish milliy iqtisodiyotni boshqarish va
tashkil etish bilan chambarchas bog‘liqdir. Standarlashning asosiy, eng
61
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.171.
214
muhim
vazifasi
iqtisodiyot,
aholi,
mamlakat
mudofaasi
uchun
tayyorlanadigan mahsulotlarga yuqori talablar belgilovchi normativ-texnik
hujjatlar tizimini yaratish hamda ushbu hujjatdan to‘g‘ri foydalanishni
nazorat qilishdan iborat.
Harakatdagi, mavjud standartlashtirish tizimi quyidagilarni ishlab
chiqishga va doimiy faol holatda bo‘lishiga imkoniyat yaratadi:
-
yagona texnik til;
-
mahsulotning muhim texnik tavsifining unifikatsiyalashgan qatorlari,
ya’ni o‘lcham ayirmasi (qo‘yish va tushish, kuchlanish, tez-tez qaytalanish va
boshqalar);
-
umummashinasozlikda
ishlatiladigan
buyumlarning tipo-razmer
qatorlari va namunali konstruksiyalari (podshipniklar, krepej, kesuvchi
asboblar va boshqalar);
-
texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlari tizimi;
-
materiallar va moddalar xossalari to‘g‘risida aniq ma’lumotlar
beradigan dalillarni.
O‘zbekiston standartlash tizimi xalqaro, regional va milliy tizimlar
bilan uyg‘unlashishi kerak va quyidagilarni ta’minlashi lozim:
-
sifat va mahsulot nomenklaturasi, xizmat va jarayonlar, insonlarning
hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha
iste’molchilar va davlat manfaatlarini;
-
mahsulotning mos kelishining o‘zaro almashuvi, ya’ni bir-birini
almashtira olishini;
-
inson va moddiy resurslarni tejashga ko‘maklashish hamda ishlab
chiqarishni iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashni;
-
ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va yirik loyihalarning normativ-texnik
bazasini yaratishni;
-
ishlab chiqarishda va savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etishni dunyo
bozorida mahsulot raqobatbardoshligini, xalqaro mehnat taqsimotida
samarali qatnashishini va h.k.larni ta’minlashi kerak.
Standartlashtirish bir qator tamoyillarga asoslanadi:
-
tarmoqlanish - bir xil umumiy xususiyatga ega bo‘lgan narsalar,
jarayonlar, munosabatlar, tatbiq etish mumkin bo‘lgan obyektlar doirasini
aniqlaydi;
-
variantlilik - oqilona xilma-xillik, rang-baranglikni yaratish -
standartlashgan obyektga kiruvchi standart elementlarning oqilona turlari
minimumini ta’minlaydi;
-
tizimlilik - standartga tizim elementi sifatida qaraydi;
-
o‘zaro almashuvchanlik - texnikaga muvofiq turli vaqt-makonning
turli nuqtalarida tayyorlangan bir xil detallarni yig‘ish yoki almashtirishni
nazarda tutadi.
215
Standart inglizcha «standard» so‘zidan olingan bo‘lib, norma, namuna,
o‘lcham ma’nosini bildiradi. U boshqa obyektlarni taqqoslash uchun
dastlabki
obyekt
deb
qabul
qilingan
namuna,
etalon,
model,
standartlanadigan obyektga qo‘yiladigan va vakolatli idoralar tomonidan
tasdiqlangan normalar, qoidalar, talablarni belgilovchi normativ-texnik
hujjat. Standart inson faoliyatining barcha sohasiga, ilm-fanga, texnikaga,
sanoat, qishloq xo‘jaligiga, qurilishga, transport va aloqaga, ta’lim va boshqa
sohalarga taalluqlidir.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining Davlat standartlash
tizimi (DST) shakllandi va u O‘zbekistonda standartlar tuzish, Izohlash va
tarqatish
jarayonlarini
tartibga
keltirdi.Bu
borada
O‘zbekiston
Standartlashtirish,
metrologiya
va
sertifikatlashtirish
agentligi
(«O‘zstandart») olib borayotgan keng ko‘lamli ishlarni alohida e’tirof etish
joiz. «O‘zstandart» agentligi bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotning sifat
darajasini belgilovchi, ko‘rsatkichlar raqobatdoshligini ta’minlovchi, ishlab
chiqaruvchilarga yetarli miqdorda axborotlar yetkazib beruvchi markazdir.
«O‘zstandart» agentligi tomonidan ishlab chiqilgan «Sifat menejmenti
va mahsulotlarni sinash» tizimi mahsulot sifat ko‘rsatkichini baholash bilan
birga me’yoriy hujjatlar asosida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lish talablarini
o‘rnatadi. Davlat standartlash tizimi (DST) beshta asosiy standartlarni o‘z
ichiga oladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar;
2. Tarmoq standartlari.
3. Texnik shartlarni kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;
4. Korxonaning standartlari. Umumiy qoidalar.
5. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar.
Bozor
iqtisodiyotiga
o‘tish
munosabati
bilan
Xalqaro
standartlashtirishning roli, ahamiyati beqiyos darajada kuchaydi. Chunki,
xalqaro
standartlashtirish
ilmiy-texnika
va
iqtisodiy
hamkorlikni
rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. Ular xalqaro aloqalarni
kengaytirishga, mavjudlarini takomillashtirishga yordam beradi. Hozirgi
kunda jahonda 400 dan ortiq Xalqaro va regional (hududiy) tashkilotlar
mavjud (2000 yil). Standartlashtirish sohasida yirik xalqaro tashkilotlar –
BMTga
qarashli
Yevropa
iqtisodiy
komissiyasi
(YeEKOON),
standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro tashkilot (ISO) ishlab turibdi.
Mahsulot sifati nazariyasi va amaliyotida mahsulotni sertifikatlashtirish
masalasi muhim o‘rin tutadi. Mahsulotni sertifikatlashtirish, uning aniq
belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash usullaridan biri hisoblanadi.
Mahsulot yoki bajarilgan ishning belgilangan talablarga muvofiqligiga
oid faoliyat uchun tegishli hujjat beriladi. Uni «sertifikat» deb ataydilar.
Sertifikat lotincha «certificatis» so‘zidan olingan bo‘lib, tasdiqlangan
degan ma’noni bildiradi. Birinchidan, u biror faktni tasdiqlovchi hujjat
216
(masalan, malaka oshirilganligi to‘g‘risidagi hujjat); ikkinchidan, maxsus
obligatsiyalar va aksiyalarning nomi; uchinchidan, sug‘urta shartnomasida
uning shartlari yoziladigan hujjat; to‘rtinchidan, maxsus idoralar (savdo
palatasi, Davlat inspeksiyasi va boshqalar) beradigan va mahsulot, tovar,
buyum, mol sifatini tasdiqlaydigan hujjat; beshinchidan, qishloq xo‘jaligida
urug‘lik navini va sifatini tasdiqlaydigan hujjat. Sertifikat bo‘lmagan taqdirda
urug‘lik (oddiy) navsiz don sifatida qabul qilinadi.
Respublikada sertifikatlash ishlarini yaxshilash maqsadida 1993 yilning
28 dekabrida Oliy Majlis tomonidan «Mahsulot va xizmatlarni
sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan. Mazkur qonun
sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek,
majburiyatlar va javobgarliklarni belgilab beradi. Ushbu qonun 4 ta bob va
23 moddadan iborat bo‘lib, ularda Umumiy qoidalar, sertifikatlashtirish
faoliyatiga doir umumiy talablar, mahsulotlarni majburiy va ixtiyoriy
sertifikatlashtirish, nizolarni qarab chiqish, sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan.
Muvofiqligini tasdiqlash jarayonida bajariladigan operatsiyalar, ya’ni
har bir ayrim ish faoliyatlarini quyidagi chizmada ko‘rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |