Industrial iqtisodiyot


 Rentabellik va uni oshirish yo‘llari



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

14.4. Rentabellik va uni oshirish yo‘llari 
Sanoat korxonalarining muhim moliyaviy ko‘rsatkichlaridan biri 
rentabellikdir. 
Ishlab 
chiqarish 
rentabelligi 
korxona 
(firma) 
ishi 
samaradorligini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan biridir. U korxonaning 
daromad olish darajisini ifodalaydi. 
67
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.188. 


232 
Rentabellik nazariyasida uning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, ular 
jumlasiga quyidagilar kiradi: 

sotish rentabelligi; 

asosiy faoliyat rentabelligi; 

xususiy kapital rentabelligi; 

asosiy kapital (fondlar) rentabelligi; 

permanent kapital rentabelligi; 

aylanma kapital rentabelligi; 

qarzga olingan kapital rentabelligi; 

real asosiy kapital rentabelligi; 

investirlashgan kapital samaradorligi. 
1. Sotish rentabelligi deganda har bir sotilgan mahsulot summasiga 
qancha xarajat qilinganlik darajasi tushuniladi. Demak, bu ko‘rsatkich 
sotilgan mahsulot qiymati bilan ana shu mahsulotni ishlab chiqarishga 
sarflangan xarajatlarni taqqoslash asosida yuzaga keladi. Bunday 
koeffitsiyent baholash siyosatidagi o‘zgarishlarni va sotilgan mahsulot 
tannarxini nazorat qilish bo‘yicha korxonaning qobiliyatini tavsiflaydi. 
Sotish rentabelligini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: 
𝑅
𝑠
=
𝑠𝑜𝑡𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑚𝑎ℎ𝑠𝑢𝑙𝑜𝑡 𝑡𝑎𝑛𝑛𝑎𝑟𝑥𝑖
ℎ𝑎𝑞𝑖𝑞𝑖𝑦 𝑠𝑜𝑡𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛 𝑚𝑎ℎ𝑠𝑢𝑙𝑜𝑡
2. Asosiy faoliyat rentabelligi – bu ishlab chiqarishning foydaliligi, 
natijaliligidir. Bu ko‘rsatkich ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflaydi va 
quyidagicha ifodalanadi: 
𝑅
𝑎
=
𝑚𝑎ℎ𝑠𝑢𝑙𝑜𝑡𝑛𝑖 𝑠𝑜𝑡𝑖𝑠ℎ𝑑𝑎𝑛 𝑜𝑙𝑖𝑛𝑔𝑎𝑛 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎
𝑚𝑎ℎ𝑠𝑢𝑙𝑜𝑡𝑛𝑖 𝑖𝑠ℎ𝑙𝑎𝑏 𝑐ℎ𝑖𝑞𝑎𝑟𝑖𝑠ℎ 𝑥𝑎𝑟𝑎𝑗𝑎𝑡𝑙𝑎𝑟𝑖 (𝑖𝑠ℎ𝑙𝑎𝑏 𝑐ℎ𝑖𝑞𝑎𝑟𝑖𝑠ℎ 𝑡𝑎𝑛𝑛𝑎𝑟𝑥𝑖)
3. Xususiy kapitalning rentabelligi – bu korxona (firma), tarmoq 
xususiy kapitalining foydaliligi va natijaliligi. U quyidagi formula yordamida 
aniqlanadi: 
𝑅𝑥𝑘 =
𝑠𝑜𝑓 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎
𝑥𝑢𝑠𝑢𝑠𝑖𝑦 𝑥𝑎𝑟𝑎𝑗𝑎𝑡𝑙𝑎𝑟𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑜‘𝑟𝑡𝑎𝑐ℎ𝑎 𝑞𝑖𝑦𝑚𝑎𝑡𝑖
Bunday koeffitsiyent xususiy kapitaldan foydalanish darajasini, ya’ni 
korxona tomonidan xususiy kapitalning o‘rtacha qiymatiga qancha sof foyda 
olinganligini ko‘rsatadi. 
4. Asosiy kapital (fondlar) rentabelligi – bu asosiy fondlar va boshqa 
oborotdan tashqari aktivlarning foydaliligi. U quyidagicha aniqlanadi: 


233 
𝑅𝑎𝑘 =
𝑠𝑜𝑓 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎
𝑘𝑜‘𝑝 𝑚𝑢𝑑𝑑𝑎𝑡𝑙𝑖 𝑎𝑘𝑡𝑖𝑣𝑙𝑎𝑟𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑞𝑖𝑦𝑚𝑎𝑡𝑖
5. Permanent kapital rentabelligi – bu permanent kapitalning 
foydaliligi, natijaliligidir. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
𝑅𝑝 =
𝑠𝑜𝑓 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎
𝑝𝑒𝑟𝑚𝑎𝑛𝑒𝑛𝑡 𝑘𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑙𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑜‘𝑟𝑡𝑎𝑐ℎ𝑎 𝑞𝑖𝑦𝑚𝑎𝑡𝑖
6. Aylanma kapitalning rentabelligi – bu aylanma kapitalning 
foydaliligi, natijaliligi. U har bir so‘mli aylanma kapitaldan qanchalik foyda 
olish mumkinligini ko‘rsatadi. Uni quyidagi formula asosida aniqlash 
mumkin: 
𝑅𝑎 =
𝑠𝑜𝑓 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎
𝑎𝑦𝑙𝑎𝑛𝑚𝑎 𝑘𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑙𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑜‘𝑟𝑡𝑎𝑐ℎ𝑎 𝑞𝑖𝑦𝑚𝑎𝑡𝑖
7. Qarzga olingan kapitalning rentabelligi – bu qarzga olingan 
kapitalning foydaliligi, unumliligi. U quyidagicha aniqlanadi: 
𝑅𝑞 =
𝑠𝑜𝑓 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎
𝑞𝑎𝑟𝑧𝑔𝑎 𝑜𝑙𝑖𝑛𝑔𝑎𝑛 𝑘𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑙𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑜‘𝑟𝑡𝑎𝑐ℎ𝑎 𝑞𝑖𝑦𝑚𝑎𝑡𝑖
Bu koeffitsiyent har bir so‘mli qarzga olingan kapital qancha foyda 
keltirganligini ifodalaydi. 
8. Real asosiy kapitalning rentabelligi uning foydaliligini ifodalaydi 
va har bir so‘mli real asosiy kapital qancha so‘m foyda keltirganligini 
ko‘rsatadi. U quyidagi formula asosida aniqlanadi: 
𝑅𝑟𝑘 =
𝑠𝑜𝑓 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎
𝑟𝑒𝑎𝑙 𝑎𝑠𝑜𝑠𝑖𝑦 𝑘𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑙
9. Investirlangan kapital rentabelligi – bu investitsiya mablag‘larining 
natijaliligi, foydaliligi. Bu ko‘rsatkich investitsiya tufayli olingan 
mablag‘larning qanchalik samara berishini ifodalaydi va quyidagi formula 
orqali aniqlanadi: 
𝑅𝑖𝑘 =
𝑠𝑜𝑙𝑖𝑞𝑙𝑎𝑟𝑠𝑖𝑧 𝑓𝑜𝑦𝑑𝑎 + 𝑡𝑜‘𝑙𝑎𝑛𝑔𝑎𝑛 𝑓𝑜𝑖𝑧𝑙𝑎𝑟 𝑠𝑢𝑚𝑚𝑎𝑠𝑖
𝑥𝑢𝑠𝑢𝑠𝑖𝑦 𝑘𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑙 + 𝑢𝑧𝑜𝑞 𝑚𝑢𝑑𝑑𝑎𝑡𝑙𝑖 𝑞𝑎𝑟𝑧𝑙𝑖 𝑘𝑎𝑝𝑖𝑡𝑎𝑙
Rentabellik darajasi ko‘rsatkichining yuqori bo‘lishi korxona (firma) 
ixtiyoridagi asosiy va aylanma fondlardan oqilona foydalanilayotganini va 
korxona (firma)ning ma’lum miqdorda foyda (daromad) olayotganligini 
ko‘rsatadi. 
Rentabellik darajasini ko‘tarish uchun sanoatning barcha tarmoqlari va 
korxonalari sotilgan mahsulot hajmini oshirishga, uni ishlab chiqarish uchun 


234 
sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirishga, ishlab chiqarilgan mahsulot 
sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish