3.3. Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar
Tarmoq tuzilmasi deganda, uning tarkibi, tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlar
va o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti
darajasini belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o‘zgarishlarni
aks ettiradi.
Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin bo‘ladi:
ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini;
mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini;
sanoat va butun iqtisodiyotning ilmiy-texnika salohiyatini;
mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini;
sanoat tarmog‘ining “A“ guruhi bilan “B“ guruhi o‘rtasidagi ishlab
chiqarish aloqadorligini;
ijtimoiy
mehnat
unumdorligi
yoki
ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorligining darajasini;
mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi
o‘sganligini.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar
o‘rtasidagi ma’lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy
nisbatlarni aniqlab olish kerak. Bu muammoni hal etish uchun bir qator
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan biri tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni
ifodalasa, ikkinchisi ma’lum davr ichidagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni,
uchinchisi esa ishlab chiqarish aloqalarini ifodalaydi.
Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar
kiradi:
-
mustaqil sanoat tarmoqlarining soni;
-
tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmidagi salmog‘i;
-
tarmoq rivojining sur’ati;
-
tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsiyenti.
Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti,
uning iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini
ifodalaydi.
Tarmoqning yalpi mahsulot sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi
ulushi, ishchilar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog‘i ko‘rsatkichlari
bilan o‘lchanadi.
Tarmoqning rivojlanish sur’atini quyidagicha ifodalash mumkin:
Х
П
C
*
100
,
bu yerda C – tarmoqning rivojlanish sur’ati;
П – tarmoq rivojlanishining rejali darajasi;
X – tarmoq rivojining hisobot davridagi darajasi.
31
Tarmoqning rivojlanish koeffitsiyenti tarmoqlar tarkibidagi miqdor
o‘zgarishlarni ifodalaydi va ma’lum davrdagi sanoat tarmoq tuzilmasidagi
siljishlarni ko‘rsatib beradi. Bu koeffitsiyent quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
с
Ср
с
Тр
К
*
*
,
bu yerda Tr * c – tarmoqning rivojlanish sur’ati;
Sr * c – sanoatning rivojlanish sur’ati.
Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning
o‘zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa
bir qator omillar ta’sir etadi.
Sanoat ishlab chiqarish tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga
quyidagilar kiradi:
-
fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy
etish;
-
material va yoqilg‘i, energetika resurslarini iqtisodiy tejashni
kuchaytirish;
-
ijtimoiy
mehnat
taqsimoti,
ixtisoslashtirish
va
kooperativ-
lashtirishning darajasi;
-
sanoat ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari;
-
aholining moddiy va madaniy darajasi o‘sishi;
-
ijtimoiy-tarixiy sharoitlar;
-
mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o‘zlashtirish darajasi;
-
mamalakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni va uning
boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi.
Sanoat tarmoq tuzilmasi o‘zgarishiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi
omillardan biri ilmiy-texnika taraqqiyotidir. Fan- texnika taraqqiyoti eng
avvalo, yangi mehnat vositalari va mahsulotning yangi turlarini yaratish,
mavjud asbob-uskunalar va texnologiya jarayonlarini takomillashtirish,
yangilarini joriy etish bilan bog‘liqdir. Bu esa mavjud sanoat tarmoqlaridan
yangidan yangi sohalarning ajralib chiqishiga va shakllanishiga turtki beradi.
Natijada progressiv hisoblangan, ya’ni avtomobilsozlik, asbobsozlik,
radiotexnika va elektronika, lazer texnologiyasi tez sur’atlar bilan rivojlanadi.
Bundan tashqari, fan-texnika taraqqiyoti tufayli yangi progressiv
xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya turlaridan foydalanish sanoatda
ishlab chiqarish xarakterini o‘zgartiradi. Yuqori tejamkorlikka ega bo‘lgan
xomashyo, material, yarim fabrikatlar va yoqilg‘i ishlab chiqaradigan
tarmoqlar iste’molchi tarmoqlarga yetkazib borishni kengaytirishlari
natijasida iqtisodiyotning boshqa tarmoq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji
nisbatan kamayadi. Masalan, sun’iy va sintetik tolani ishlab chiqarishning
taraqqiy etishi to‘qimachilik sanoatida bir so‘mlik mahsulot uchun
32
sarflanadigan tabiiy tola sarfini qisqartiradi. Natijada mahsulotning
materialtalabligi kamayadi va sanoat bilan qishloq xo‘jaligi, sanoatning qazib
oluvchi tarmog‘i bilan ishlov beruvchi tarmog‘i o‘rtasidagi nisbat o‘zgaradi.
Sanoat tuzilmasining o‘zgarishiga ishlab chiqarishni tashkil etishning
ijtimoiy shakllari – konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish va kombinatlashtirish
juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalarning
ko‘payishi tarmoq taraqqiyotini tezlashtirgani holda uning umumsanoat
mahsulotidagi miqyosini oshirishga olib keladi. Ixtisoslashtirish ijtimoiy
mehnat taqsimoti jarayonini ifodalagani holda ayrim mahsulotlar yoki
mahsulot qismlarini mustaqil ishlab chiqarishga, tayyorlashga, yangi sanoat
tarmoqlari tashkil qilinishiga sabab bo‘ladi. Masalan, ixtisoslashtirishning
taraqqiy etishi natijasida mashinasozlikda komplektlovchi (butlovchi)
buyumlar sanoati, asbob-uskuna sanoati, priborsozlik, elektronika va boshqa
sanoat sohalari tashkil topadi.
Kooperativlashtirish va kombinatlashtirish tarmoqlar o‘rtasidagi
aloqadorlikni kengaytiradi va tarmoq tarkibini murakkablashtiradi.
Kishilar moddiy va ma’naviy farovonligining o‘sishi ham sanoat
tarmoqlari tuzilmasining o‘zgarishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Bu omil ta’siri
ostida yengil va oziq-ovqat sanoatlarida chiqariladigan mahsulotlar
nomenklaturasi va assortimenti o‘zgaradi, shuningdek, madaniy-maishiy
buyumlar – televizor, soat, fotoapparat, kir yuvish mashinasi, motosikl,
motoroller va boshqalar ishlab chiqaradigan maxsus tarmoqlar tashkil topadi.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim
omillardan yana biri, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rni
hisoblanadi.
Hozirgi davrda iqtisodiy integratsiyaga kiruvchi har bir mamlakatda
ayrim tarmoqlar taraqqiyoti uchun qulay iqtisodiy, ijtimoiy va tabiiy
sharoitlar borligi tufayli iqtisodiy integratsiya dasturlari tuzilgan. Ulardagi
sanoat o‘z mamlakatining ehtiyojlarinigina emas, balki boshqa davlatlar
ehtiyojlarini ham hisobga olgan holda rivojlanmoqda.
Mustaqillik yillarida sanoat tarmoq tuzilmasida g‘oyat muhim
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Buni 5-jadval ma’lumotlaridan ham ko‘rish
mumkin.
33
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |