Industrial iqtisodiyot


STF – soliq to‘lagungacha olingan foyda:  FP



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

STF
– soliq to‘lagungacha olingan foyda: 
FP
– favqulodda vaziyatlardan olingan foyda: 
FZ
– favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar; 
-yilning sof foydasi – bu soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi 
subyekt ixtiyorida qoladi, o‘zi dadaromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqni va 
minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni 
chiqarib tashlangan xolda soliqlar to‘lagunga qadar olingan foydani 
ifodalaydi: 
SF = STF – DS – BS, 
SF
– sof foyda; 
DS
 
– daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq; 
BD
– boshqa soliqlar va to‘lovlar. 
Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi 
kerak. Korxona foydani o‘z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim omil deb 
biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shug‘ullanmaydigan korxonaning 
yashab ketish imkoniyati kam bo‘ladi. Makroiqtisodiyotda uzoq muddatga 
foydani maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor berilishi shundan 
iboratki, shu asosda firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi.
Mulk egasini o‘zi boshqaradigan unchalik katta bo‘lmagan korxona 
(firma)da ularni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma qarorlarda foydani 
ko‘paytirish asosiy o‘rin tutadi. Juda katta va yirik korxona (firma) larda 
rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har 
doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. 
Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma’lum 
darajada erkinliklar bo‘lib, foydani maksimallashtirish bilan yetarli 
shug‘ullanmasliklari mumkin. Ular mulk egasi bo‘lmaganliklari uchun uzoq 
muddatli manfaat o‘rniga qisqa manfaatni afzal ko‘rishlari mumkin. 
Boshqaruvchilar ko‘pincha foydani maksimallashtirish o‘rniga daromadni 
ko‘paytirish yoki aksiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni oshirishga 
harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish 
yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham 
hozirgi kunning o‘zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday 
rahbarlar o‘z lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga 
topshirish zarurati yuzaga keladi. 
Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha 
turlari mavjud: 

haqiqiy foyda; 

o‘rtacha foyda; 

monopol foyda yoki iqtisodiy renta; 

maksimal foyda. 
Haqiqiy foyda – bu haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni haqiqiy 


231 
xarajatlar asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy 
faoliyatini tashkil etishda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. 
O‘rtacha foyda deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan 
kapitaliga bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo‘lish tushuniladi. 
O‘rtacha foyda korxona (firma)ning faoliyat ko‘rsatayotgan sohada, 
tarmoqda qolishini ta’minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning 
uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. O‘rtacha foydani 
ko‘pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar. 
Iqtisodiy foyda qachon paydo bo‘ladi? Agar korxona bir mahsulotni 
tayyorlab, sotib, haqiqatda 100 ming so‘m foyda olgan bo‘lsa-yu, ana shu 
mablag‘ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming 
so‘mlik foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish kerak. Bu 
holda foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani biron-bir 
investor faoliyat boshlashiga rag‘batlantirsa, ijobiy haqiqiy foyda ishlab 
chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi. 
Monopol foyda yoki iqtisodiy renta – bu cheklangan ishlab chiqarish 
omillaridan foydalanish natijasida sodir bo‘lgan foyda hisoblanadi. Masalan, 
ikkita korxona bir xil yerga ega bo‘lib, yerni olish bilan bog‘liq xarajatlar bir 
xil bo‘lishi sharoitida birinchi yer transport tarmog‘iga yaqin bo‘lganligi 
uchun mahsulotni tashishga 10 mln. so‘m kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 
10 mln so‘m uning qo‘shimcha foydasi hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab 
chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab 
chiqarish omiliga berish holatini bildirgan baho bilan shu omilning eng kam 
bahosi o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi. 
Maksimal foyda – bu bir birlik qo‘shimcha mahsulotni sotishdan 
olingan daromadni shu bir birlik qo‘shimcha mahsulotga qilingan xarajat 
miqdori bilan bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda
67
. Shu holda 
rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo‘ladi. Shunga ko‘ra, 
foydani maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash 
deganidir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida o‘tkazilayotgan tub 
iqtisodiy tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muhim o‘rin 
tutadi, zero uni, adolat yuzasidan va to‘g‘ri taqsimlash jamoa va har bir 
xodimning manfaatdorligini uyg‘unlashtirish uchun sharoit yaratadi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish