Industrial iqtisodiyot


 Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/172
Sana12.07.2022
Hajmi2,81 Mb.
#782289
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   172
Bog'liq
616e4a4c672bd

9.3. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish 
Kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, ulardan oqilona 
foydalanish va tarbiyalash masalasi kadrlar siyosatining, umumiy 
iqtisodiyotning, shu jumladan, makro- va mikroiqtisodiyotning eng muhim 
masalalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida bu masalaga alohida 
e’tibor berilgan. 
Kadrlarni tanlashda, ularni joy-joyiga qo‘yish, foydalanish va 
tarbiyalash borasida quyidagi tamoyillarga alohida e’tibor berish kerak: 

aql-idrok, did va farosat; 

qat’iylik, matonatlilik, muhimlik, o‘z vazifasiga puxtalik; 

rahbarlik sohasini juda yaxshi bilish; 

o‘z eliga, yurtiga, Vataniga sadoqatli bo‘lish. 
Kadrlar siyosatining eng muhim masalalaridan biri ularni attestatsiya 
qilish masalasidir. 
Kadrlar attestatsiyasi
– bu xodimlarning malakasini bilim va 
ko‘nikmalarining 
darajasini, 
faoliyatining 
samaradorligini, 
ishdagi, 
xizmatdagi va boshqa sohalardagi fazilatlari, egallab turgan lavozimiga 
to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini aniqlab olish bo‘yicha bajariladigan jarayon 
va ish tartibidir. 
Attestatsiya ishining ahamiyati nimadan iborat? 
Kadrlar attestatsiyasi xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash, ularni 
oqilona joy-joyiga qo‘yish, xodimlarni topshirilgan ish uchun javobgarligini 
kuchaytirishga 
qaratiladi. 
Attestatsiya 
xodimlarni 
egallab 
turgan 
lavozimlariga qanchalik munosib ekanligini aniqlashning asosiy vositasi 
sifatida xizmat qiladi. Kadrlar attestatsiyasi vaqti-vaqti bilan har yili yoki 
ikki-uch yilda bir marta ham o‘tkazilishi mumkin.
Respublikada bozor iqtisodiyoti davrida kadrlar tayyorlash borasida bir 
qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular ichida eng muhimlari quyidagilardan 
iborat:

ijtimoiy-psixologik diagnostika; 

kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash; 

bandlikni boshqarish; 

zaruriy bo‘sh lavozimlarga nomzodlar tanlash; 


160 

kadrlar salohiyati va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil etish; 

kadrlar marketingini belgilash; 

xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilish; 

xodimlarning kasbiy va psixologik moslashuvi, ko‘nikishi;

mehnat-huquqiy munosabatlar masalalari; 

mehnat etikasi va estetikasi. 
Agar ma’muriy – buyruqbozlik tizimi sharoitida bu mezon va 
vazifalarga ikkinchi darajali deb qaralgan bo‘lsa, bozor munosabatlari 
sharoitida ular birinchi o‘ringa chiqarildi. Bu mezon va vazifalarga e’tibor 
berish sanoat taraqqiyotining barqaror va izchil rivojlanishiga katta 
imkoniyatlar yaratib beradi.
Boshqaruvning barcha darajalarida inson rolining ortib borishi, 
iqtisodiyotda, shu jumladan, sanoatda keng qamrovli tarkibiy o‘zgarishlar 
sodir bo‘lishi va raqobat darajasining o‘sishi kadrlarning boshqarishga 
yondoshuvini 
o‘zgartirishni 
taqozo 
etadi. 
Bunday 
yondoshuvlar 
quyidagilardan iborat: 

xodimlarning samarali ishlashlarini, faoliyat ko‘rsatishlarini tashkil 
etish; 

lavozimlar darajasini optimallashtirish, zaruriy mahorat va malakalar 
tizimini yaratish; 

ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish; 

institutsional maqsadlarga erishish; 

o‘z jamoa va o‘z xodimlarining manfaat va ehtiyojlarini to‘laroq 
qondirish.

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish