Industrial iqtisodiyot



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   259
Bog'liq
Индустриал

 
 
10.1.Asosiy fondlarning iqtisodiy moxiyati va axamiyati. 
Mamlakatning qudrati, iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining 
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirish shu mamlakat resurslari, 
ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi. 
Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxonalari qanchalik ko’p 
resurslarga ega bo’lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo’ladi. Agar u ana shu 
resurslardan to’la – to’kis, oqilona foydalana olsa, albatta, buyuk davlatga aylanadi. 
Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o’rni bor. 
CHunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab chiqarish 
mumkin emas. 
Ma’lumki, har kanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat 
qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga 
xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, 
elektr quvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar, mehnat vositalariga esa, 
mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va o’zatuvchi vositalar, 
komьpyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi. 
Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi 
ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashish 
darajasiga ko’ra, asosiy va aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy 
fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb, ishlab chiqarish jarayonida o’zoq davr 
bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan 
xamda tabiiy shaklini saqlagan holda o’z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga 
asta-sekin, to’zishiga qarab o’tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi. Ular ish 
bajarishda, xizmat ko’rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar, ishlab 
chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar, mehnat buyumlari va 
tayyor maxsulotlarni saqlash va ularni bir o’rindan ikkinchi o’ringa tashish kabi 
ishlarni bajarish uchun xizmat qiladi. 


Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishni prognoz qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish kerak bo’ladi. 
Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish 
vazifasining xilma-xilligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga 
bo’linadi: 
1. Zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va me’morlik-qurilish 
ob’ektlari. Binolarga tsexlarning ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, 
omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi. 
2. Inshootlar - ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur va mehnat buyumlari 
o’zgarishi bilan bog’liq bo’lmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan 
muhandislik-qurilish ob’ektlari (nasos stantsiyalar, tunnellar, ko’priklar va x.k.). 
3. Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalar o’zatadigan o’zatuvchi 
uskunalar. 
4. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan: 
- energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga 
mo’ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskunalar (generatorlar va 
gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari); 
- ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita 
ta’sir o’tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveerlar va boshqa turli 
yordamchi asbob-uskunalar: o’lchov va to’g’rilash asbob-uskunalari, laboratoriya 
asboblari, hisoblash mashinalari, komьpyuterlar kiritiladi. 
5.Transport vositalari. 
6.Har xil asboblar. 
7.Ishlab chiqarish inventarlari. 
8.Xo’jalik inventarlari. 
9.Boshqa asosiy fondlar. 
Mehnat buyumlariga ta’sir etish darajasiga qarab asosiy ishlab chiqarish 
fondlari aktiv va passiv fondlarga bo’linadi. 
Aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlari shaklini 
o’zgartiruvchi, ya’ni bevosita ta’sir etuvchi fondlar (mashinalar, asbob-uskunalar, 
texnologik liniyalar, o’lchov va to’g’rilash asboblari, transport vositalari) kiradi. 
Passiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlariga bilvosita ta’sir 
etuvchi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonining normal o’tishiga kerakli sharoit 
yaratuvchi ishlab chiqarish fondlari kiradi (bino va inshootlar, h.k.). 
Asosiy fondlar tarkibini o’rganishda ularning strukturasi (to’zilmasi) 
masalasiga xam e’tibor berish kerak. 
Asosiy fondlarning strukturasi deb, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar va 
guruhlardan har birining umumiy qiymatidagi nisbatiga aytiladi. 2016 yilning 
oxiriga asosiy fondlarning umumiy qiymatida binolar ulushi 15,7 foizni, 
inshootlar - 22,6, o’zatuvchi qurilmalar - 13,3, mashina va jihozlar - 43,4, transport 
vositalari - 5,9, qolganlari esa 3 foizni tashkil etdi (17-jadval). 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish