Industrial iqtisodiyot


 Ijtimoiy muhofazaning samarali tizimi



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   259
Bog'liq
Индустриал

2. Ijtimoiy muhofazaning samarali tizimi 
Ijtimoiy muhofazaning samarali tizimi zamonaviy iqtisodiyotga xos xususiyat 
hisoblanadi. U har bir kishining ijtimoiy-iqtisodiy maqomidan qat’i nazar, mehnat 
imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish va jamiyatdagi barqaror holatni kafolatlash 
imkonini beradi hamda «inson salohiyati»ni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. 
hozirgi sharoitda inson salohiyatidan samarali foydalanish va jamiyatda ijtimoiy 
barqarorlikni ta’minlashga aynan shunday erishish mumkin. Bunday muhofaza 
ta’minlanmas ekan kishilarni qayta o‘qitish, yangilikni o‘zlashtirish, samarali ijod 
qilish kabi mehnat imkoniyatlaridan foydalanish mumkin bo‘lmay qoladi. Samarali 
ijtimoiy muhofaza tizimining mavjudligi malakali xodim mehnatiga asoslanuvchi 
zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish davlatningaholiga normal hayot faoliyati 
uchun beradigan shart-sharoitlarini ta’minlaydigan bevosita maqsadli kafolatlar 
tizimidir. Boshqacha aytganda, ijtimoiy muhofaza tizimi mamlakatda haqiqiy 
ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash masalalarini hal qilish maqsadidan 
kelib chiqib tashkil etilishi kerak. Shu bilan birga ijtimoiy muhofaza, o‘zi amal qilib 
turgan ishlab chiqarish munosabatlari tizimi tomonidan, jahon iqtisodiyotining 
hozirgi holati imkoniyatlaridan keng foydalanadi va hozirgi zamon talablari asosida 
rivojlanib boradi. 


Ijtimoiy muhofazaning «Iqtisodiyot inson uchun» tarzida bo‘lishi uchun 
shunday samarali tizim zarurki, u har bir kishining mehnat salohiyati, ijtimoiy-
iqtisodiy maqomi va qaysi ijtimoiy-iqtisodiy guruhga mansubligidan qat’i nazar, 
undan foydalanish imkonini bersin. Faqat shundagina inson salohiyatidan samarali 
foydalanish va ertangi kunga ishonch bo‘lishiga erishish mumkin. Bunday muhofaza 
ta’minlanmas ekan, qayta tayyorlash, yangilikni o‘zlashtirish va ijodiy ishlash 
qobiliyatiga ega bo‘lish kerak bo‘lgan malakali ishchi kuchidan foydalanishning 
imkoni bo‘lmaydi yoki ancha chegaralanadi. 
Boshqacha aytganda, samarali ijtimoiy muhofaza tizimining mavjudligi 
malakali xodim mehnatiga asoslanadigan zamonaviy iqtisodiyotning tarkibiy 
xususiyati hisoblanadi. 
Samarali ijtimoiy muhofazalash deganda, jamiyatning har bir a’zosiga ma’lum 
turmush darajasi, o‘z qobiliyatini (mehnat, tadbirkorliq shaxsiy) rivojlantirish va 
ulardan foydalanish, u yoki bu qobiliyatlar yo‘qotilgan taqdirda (keksalar, 
nogironlar, kasallar, bolalar va boshqalar) kafolatlarni ta’minlaydigan iqtisodiy 
munosabatlar tizimi tushuniladi. 
Ijtimoiy muhofaza mazmunini aniqlashga bunday yondashilganda quyidagi 
kafolatlar uning tarkibiy qismlariga aylanadi: 

mehnatga layoqatlilar uchun ish (ishsizlikdan muhofaza qilish); 

mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganlar, nogironlar va aholining boshqa 
ijtimoiy zaif guruhlarini nafaqalar bilan ta’minlash; 

mehnat faoliyatidan olingan daromad yoki nafaqa asosida normal turmush 
darajasini ta’minlash (bunga asosiy moddiy boyliklar, avvalo, oziq-ovqat mahsuloti 
iste’moli ham kiritiladi); 

turarjoy, madaniy-maishiy xizmatlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash 
xizmatlarini minimal teng meyorda ta’minlash; 

zamonaviy malakali ishchi kuchini shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan 
ma’lumotni olish. 
Davlat va uning to’zilmalari quyidagi masalalarning hal etilishini ta’minlaydi. 
Birinchidan, davlat mehnat qilish huquqini kafolatlaydi, bunga ish joyiga yoki zarur 
resurslarga ega bo‘lish va mehnatga yarasha haq to‘lash kafolati ham kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasida xodimlar uchun mehnat huquqlari va 
kafolatlarining eng past darajasi qonunlar bilan belgilab qo‘yiladi. Qonunlardagiga 
nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar, shu 
jumladan shartnoma yo‘sinidagi hujjatlar (jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari, 
boshqa lokal hujjatlar), shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida to’zilgan 
mehnat shartnomalari bilan belgilanishi mumkin. 
Shu bilan birga O‘zbekistonda davlat: 

ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni 
tanlash erkinligi; 

ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etish va mehnat 
shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan muhofazalanish; 

maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berish; 



kasb va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlash shart-
sharoitlari, mehnatga haq olish, xizmat pog‘onasidan yuqorilab borishda hammaga 
teng imkoniyatlar yaratish; 

yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‘qitish, mahalliy mehnat organlarida 
yoki ularning yo‘llanmasi bilan boshqa o‘quv yurtlarida stipendiya to‘lab malakasini 
oshirish; 

boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun qonun 
hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to‘lash; 

haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat 
shartnomalari to’zish imkoniyatini kafolatlaydi. 
Ish bilan ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda mehnat 
qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va 
boshqa normativ hujjatlar bilan belgilab qo‘yiladi. 
Ikkinchidan, jamiyat davlat organlari tizimi va boshqa ijtimoiy to’zilmalar 
orqali ish kuni, ish haftasi, ish yili tartibini, yuqori mehnat samaradorligi bilan o’zoq 
muddatli mehnat qobiliyatini saqlash uchun qulay shart-sharoitlarni qonunchilik 
yo‘li bilan hamda boshqacha ijtimoiy muhofaza qilishni kafolatlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida Mehnat kodeksiga muvofiq xodim uchun ish 
vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Olti 
kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish 
haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim. 
Ijtimoiy ko’maklashishning yangi tizimi mehnatga rag’batlantiradigan omillar 
va vositalar yangi to’zilmasi paydo bo’lishini ham taqozo qiladi. Shunday qilib, 
islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo’llab-quvvatlash bilan 
birga, o’z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi 
kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. 
O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar buning yaqqol dalilidir. 
“Xalqni tadbirkor qilish” shiori ostida tijorat banklari tomonidan fuqarolarning 
shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish, 
qoramol, qo’y, echki, quyon boqish va go’sht yetishtirish, parrandachilik va 
asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish, xizmat ko’rsatish va 
servis sohasini yanada rivojlantirish, ayollarning tadbirkorligini moliyaviy qo’llab-
quvvatlash maqsadida 2,5 trln.so’m kreditlar ajratildi. 
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturiga muvofiq 2016/2017 
o’quv yilidagi 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish