Industrial iqtisodiyot


Real sektorda zamonaviy innovatsion texnologiyalar tushunchasi va



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   259
Bog'liq
Индустриал

7.2.Real sektorda zamonaviy innovatsion texnologiyalar tushunchasi va 
ularni joriy etishning asosiy yo’nalishlari.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining uchta asosiy 
yo’nalishidan foydalanish mumkin: 
a) 
an’anaviy yo’nalish; 
b) 
zamonaviy yo’nalish; 
v) 
istiqbolli, ustuvorlik yo’nalishlar. 
An’anaviy 
yo’nalishga 
elektrlashtirish, 
mexanizatsiyalash, 
qisman 
avtomatlashtirish, kimyolash kiradi. 
Zamonaviy yo’nalishga elektronizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash, 
kompleks avtomatlashtirish (robotlashtirish, komьpyuterlashtirish), atom 
energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish va ularga 
ishlov berish, hozirgi davr talabiga javob beradigan texnologiyalarni qo’llash, undan 
foydalanishda texnologiyaning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish, imkoni 
bo’lsa butunlay yo’qotish yo’llari kiradi. 
Afzalliq ustuvor yo’nalishlarga quyidagilar kiradi: 
- elektronizatsiyalash, 
biotexnologiyani 
keng 
joriy 
etish, 
iqtisodiy 
informatikani ko’paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to’la axborotlashtirish, 
fundamental fanlar bo’yicha izlanishlarni kuchaytirish; 
- yangi, ilg’or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish; 
- texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg’ilarning, xom ashyo va 
materiallarning eng yangi turlarini yaratish; 
- mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni 
modernizatsiyalash. 
Bozor iqtisodiyotiga kirib borish munosabati bilan ilm-fan sohasiga turli 
atamalar va tushunchalar kirib kelmoqda. Masalan, «Nau-xau», innovatsiya, lizing, 
texnopolis, venchur, injinering, tender, nanotexnologiya va h.k.lar. 
«Nou-xau» - bu, texniq tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning 
yig’indisi bo’lib, almashish predmeti hisoblanadi. «Nou-xau» tipidagi axborot 
(informatsiya) raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning omili sifatida ro’y berishi 
mumkin. «Nou-xau»ning eng xarakterli, tavsifiy tomoni - bu, texnik bilimlarning 
yangiligida va aniq, ishlab chiqarish va tijorat vazifalarini bajarish uchun 
foydaliligidadir. Uni amalga oshirishda shartnoma to’ziladi: har xil chizmalar, 


loyihalar, smeta (bo’ladigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror 
narsaga o’rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan matematik 
miqdorlar), texnik ma’lumotlar va h.k. tanishtiriladi. Eksporter bu ma’lumotlarni 
yetkazib beradi, importer esa qabul qilib oladi. 
“Innovatsiya” 
– 
atamasi 
“yangilik 
kiritish” 
yoki 
“yangiliklar” 
tushunchalarining sinonimidir. Yangilikni joriy etish: birinchidan, texnika va 
texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan 
mablag’lar bo’lsa; ikkinchidan esa, ilmiy-texnika yutuqlari va ilg’or tajribasiga 
asoslangan yangi texnika va texnologiyalar. Ixtirochilikning rivojlanishi, biror 
yo’nalishdagi yirik ixtiro va kashfiyotlar maydonga kelishi innovatsiyaning muhim 
omillari hisoblanadi. 
Lizing - mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish 
inshootlarini o’zoq muddatli ijaraga olish; o’zoq muddat foydalaniladigan tovarlar 
eksportini kreditlash shakllaridan biri. Lizingning asosan moliyaviy va oddiy turi 
mavjud. 
Moliyaviy lizing - muayyan muddatda ijaraga beruvchining kapital 
xarajatlarini to’liq qoplashga yetarli to’lovlardan iborat bo’lib, mulk egasiga bir 
miqdor foyda ham beradi. 
Oddiy lizing - ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman amortizatsiyalanadi. 
Lizing kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga, odatda, bir 
yildan 10-15 yilgacha ijaraga beradi. Lizingda ijarachining shartnoma muddati 
tugagandan so’ng asbob-uskunalarni koldiq qiymati bo’yicha sotib olish (bu holda 
egalik huquqi yangi sohibga o’tadi); yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini 
cho’zish; moddiy boyliklarni lizing kompaniyalariga qaytarish va boshqalar ko’zda 
tutilishi mumkin. Tomonlar lizing shartnomasida ko’rsatilgan davr mobaynida uni 
bo’zishga haqi yo’q. Lizing kompaniyalari mashina va uskunalar sotib olish uchun 
shaxsiy va qarzga olingan mablag’lardan foydalanadilar. Davlat, odatda, ularga qarz 
olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi. 
Venchur - kichik biznesning bir turi. Uning mohiyati ilmiy-muhandislik ishlari, 
yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish, ishlab chiqarishni 
boshqarish, tijorat ishini tashkil qilish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy 
etish, yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarishdan iborat. Bu 
ishlar bilan «Venchur korxonalar»i shug’ullanadi. Ular tarkibida tijoratda vositachi 
bo’lgan korxonalar ham bo’ladi. Venchur korxonalar texnikaning yangi 
yo’nalishlarida ish ko’rib, fan-texnika taraqqiyotiga katta hissa qo’shadilar. Ular 
venchur moliyalashtirishda ham faol qatnashadilar va moliyaviy mablag’ to’plab, 
uni ishga soladilar. 
Injiniring (ixtirochilik), muhandislik maslahat xizmatlari - tijoratchilik 
qoidalariga asoslangan holda ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlash, mahsulot 
sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurib, ishga tushirish yo’zasidan 
maslahat berish. Bu ish bilan maxsus ixtisoslashgan injiniring firmalari 
shug’ullanadi, ular mustaqil firma sifatida bir vaqtning o’zida bir necha mijozlarga 
xizmat qiladi. Eksport injiniring firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko’rsatadi. 
Ular chet eldagi ilmiy g’oyalar va texnik ishlanmalar bozorida litsenziya sotadi, 


texnik yangiliklarni xorijda joriy etadi. Injiniring kompaniyalari daromadi 
ko’rsatilgan injiniring xizmatiga bog’liq bo’ladi. Xalqaro injiniring xizmati ishning 
texnik-tashkiliy 
va 
tijorat 
tomonlari 
ko’rsatilgan 
kontrakt 
shaklida 
rasmiylashtiriladi. Injiniring mohiyati pulliq muayyan xizmatlarga buyurtmaning 
bir ko’rinishidir. Injiniring xizmatlari bozori - xalqaro bozorning bir turi, injiniring 
xizmatlarining davlatlararo oldi-sotdi qilinishidir. 
Tenderlar - bozorda yoki xalqaro bozorda mashina va uskunalarni harid etish, 
qurilish-montaj ishlarini bajarish, injinering xizmati ko’rsatish uchun tanlov asosida 
buyurtma berish. Xaridor yoki buyurtmachi eng avval konkurs e’lon qilib, hammani 
o’z shartlari bilan tanishtiradi. SHunga asosan konkursda ishtirok etuvchi firmalar, 
konsorsiumlar yoki korxonalar o’z takliflarini – tenderlarini xaridor, buyurtmachiga 
yuboradi. Tenderni injiniring firmalari hujjatlashtiradi. 
Fan-texnika taraqqiyotining muhim an’anaviy yo’nalishlaridan biri ishlab 
chiqarishni elektrlashtirishdir. Elektrlashtirish deganda elektr energiyasini yetarli 
darajada ishlab chiqarish, uni kerakli joylarga o’zatish va undan keng foydalanish 
jarayoni tushuniladi. Uning moddiy asosini elektroenergetika tarmog’i tashkil etadi. 
U elektr energiyasi ishlab chiqaradigan jihozlarni (elektrostantsiyalarni), 
iste’molchilarga uni yetkazib beruvchi jihozlarni (podstantsiyalarni) va elektr 
o’zatkichlarni o’z ichiga oladi. 
Elektr energiyasi har turli stantsiyalarda ishlab chiqariladi: 

suv bilan ishlaydigan elektr stantsiyalar (GESlar); 

issiqlik elektrostantsiyalari (GRESlar); 

atom elektrostantsiyalari; 

quyosh elektroslansiyalari; 

shamol va boshqa elektrostantsiyalar. 
Ekspertlarning dalolat berishlaricha, keyingi yo’z yillikning o’rtalarida 
sayyoramizda energiya ishlab chiqarish hozirgi darajadan o’n baravar ortadi. 
Bunday o’sishni qayta tiklanmaydigan organik yoqilg’i yordamida ta’minlash 
mumkin emas. SHu sababli energetika muammosi eng jiddiy jahonshumul 
muammolardan biriga aylanmoqda. 
Hozirgi vaqtda, jahon energetikasi asosan organik yoqilg’idan foydalanishga 
asoslanadi. Umuman, energetika balansida neftь va gazning ulushi taxminan 50 
foizni, ko’mir 35 foizni tashkil etadi va atigi 15 foizi atom 
elektrostantsiyalari, gidroenergetika va boshqa manbalar ulushiga to’g’ri keladi. 
Biroq insonning energetika iste’moli shu qadar tez sur’atda o’smoqdaki, organik 
yoqilg’i kabi an’anaviy energetika resurslarining zahiralari navbatdagi yo’z 
yillikdayoq yetarli bo’lmay qoladi. SHu sababli insoniyat oldida yangi energiya 
manbalarini egallashdek dolzarb vazifa turibdi. Hozirgi paytda quyosh, atom (og’ir 
elementlarning bo’linishi) va yadro energetikasi (engil yadrolarni termoyadroviy 
sintez qilish) ana shunday manbalar hisoblanadi. 
Er satxiga etib keladigan quyosh energiyasining umumiy miqdori insoniyat 
ehtiyojlarini qondirish uchun batamom yetarlidir. Buning yana bir afzalligi, ancha 
arzonga tushadi. 


Olimlarning hisoblariga qaraganda,
 
XXI asrning o’rtalariga borib, butun 
dunyoda jon boshiga elektr iste’mol qilish 3-4 barobar ortadi. Buni qanday 
ta’minlash mumkin? Organik yoqilg’ini ishlab chiqarishni kamaytirish kerakmi yoki 
yo’qmi? Albatta, bu savolga javob topish kerak. Bu muammoni hal etish olimlar va 
mutaxassislar oldiga katta vazifalar qo’yadi. 
Atom energetikasining afzalliklari va kasofati to’g’risida ikki og’iz so’z: 
AESlarning emirilishi juda murakkab vaziyatni keltirib chiqaradi. Avariya paytida 
radioaktiv moddalar ajralib chiqa boshlashi katta hududning radiaktiv zararlanishiga 
olib kelishi mumkin. SHunday qilib, AESlarni barpo etish xavfsizlik bilan bog’liq 
bo’lgan printsipial yangi omilni keltirib chiqaradi. Bu omil naqadar
 
jiddiy ekanligini 
esa CHernobil va Yaponiyaning “Fukusima” AESlaridagi avariya yaqqol ko’rsatdi. 
O’zbekistonda ishlab chiqarishni elektrlashtirish borasida juda katta ishlar 
amalga oshirilishi tufayli yildan-yilga elektr energiyasi ishlab chiqarish 
ko’paymoqda. Agar 2006 yilda 46 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan 
bo’lsa, 2016 yilda 53 mlrd. kVt/-soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqarildi. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish