O’zbekistonda qimmatbaho metallar bilan bir qatorda uran ham qazib olinadi.
Uni olish uchun mineral xom ashyo bazasi mavjud. Uran eng samarali va ekologiya
nuqtai nazaridan optimal hisoblangan usul - er ostida ishqorlarni yuvish usuli bilan
olinadi.
Mis, ko’rg’oshin, ruh sanoati asosan Ohongaron-Olmaliq kon sanoati rayonida
Qo’rg’oshinkon-Oltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida
shakllana boshlagan. Ushbu sanoat tarmog’ining yetakchi korxonasi tugal metal-
lurgiya sikliga ega bo’lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hisoblanadi.
Kombinatning mis majmuasi Qalmoqqir mis koni, ruda boyitish fabrikasi,
metallurgiya zavodidan, qo’rg’oshin - ruh majmuasi Qo’rg’oshinkon, Oltintopgan,
CHalaga va boshqa konlar, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodlarini o’z
ichiga oladi. Ular asosan tozalangan misni eksport qilmoqda. Har yili bir necha o’n
ming tonna mis ishlab chiqarayotgan O’zbekiston mis zahiralari bo’yicha dunyoda
10-o’rinda turadi. Ruda konidagi rangli metallar qatlamlari asosan Toshkent
viloyatining Olmaliq rudali maydonida joylashgan. Bu erdagi uchta konda bir necha
mis zahiralari bor deb taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, Dalnee koni razvedka
qilingan. Zahiralarning kattaligi, qazib chiqarish tannarxi, rudadagi misning tarkibi
jihatidan MDH mamlakatlarida hali unga teng keladigan kon yo’q. Volfram,
molibden, litiy sanoatining yirik korxonasi O’zbekiston qattiq qotishmalar va o’ta
chidamli CHirchiq metallar kombinati hisoblanadi. Kombinat ingichka volfram (Sa-
marqand) va Qo’ytosh volfram, molibden (Jizzax) konlari rudalari hamda mis
rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida ishlaydi. Kombinatda birinchi
molibden quyilmasi 1956 yili olingan. 1957 yildan esa qattiq qotishmalar ishlab
chiqarish boshlangan. Kombinat mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika,
po’lat eritish, kon burg’ilash sohalarida keng qo’llaniladi.
2016 – 2013 yillar mobaynida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida
umumiy qiymati 146 million dollar bo’lgan Xonjiza konida polimetall rudalari,
ya’ni ruh, qo’rg’oshin, mis va kumushning katta zahiralarini qayta ishlash bo’yicha
yirik loyihalar amalga oshirildi
3
.
Respublikada yana bir qator nodir va sochma metallar - reniy, selen, tellur,
skandiylar ishlab chiqariladi, rangli metallarning ikkilamchi quyilmalarini olish
yo’lga qo’yilgan. Alyuminiy parchalarini qaytadan eritib, yiliga bir necha o’n ming
tonna ikkilamchi alyuminiy xalq xo’jaligiga yetkazib berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: