8–rasm. «FAYL–SERVER» texnologiyasi tuzilmasi.
9–rasm. «MIJOZ–SERVER» tizimi:
a) – ikki pog‘onali tizim; b) – uch pog‘onali tizim tuzilmasi.
Mijoz-server arxitekturasida tizimlar tuzilganda ma’lumotlar bilan ishlash vazifalarining ma’lum qismi setevoy serverda, boshqa qismi ish bajariladigan stansiyasida bajariladi (9-rasm). Agar ish bajariladigan stansiyasida bajariladigan ish amaliy programmasiga aniq belgilangan mezonlarni qoniqtiradigan ma’lumotlar kerak bо‘lsa, u faqat programmaning server qismiga tanlab olish uchun savol beradi. Programmaning server komponenti bu sо‘rov bо‘yicha ma’lumotlarni tanlab oladi va tarmoq orqali faqat ularni yuboradi. Buning hisobiga tarmoqdan yuboriladigan ma’lumotlar hajmi jiddiy ravishda kamayishi mumkin bо‘ladi. Shuni aytib о‘tish kerakki, fayl server arxitekturasi qо‘llanilganda bunday tanlash bajarilmaydi, tarmoq orqali hamma axborot tо‘liq uzatiladi va zarur ma’lumotlarni tanlab olish ish bajariladigan stansiyada amalga oshiriladi.
Mijoz-server arxitekturasi qо‘llanilganda ma’lumotlarga kirish imkoniyatidan tashqari programmaning shimoliy qismi ularni qayta ishlash bо‘yicha ma’lum harakatlarni ham bajarishi mumkin. [23].
Mijoz-server arxitekturasida «semiz» va «nozik» mijozlar modeli asosida ma’lumotlar bilan ishlash tizimlarini tuzish mumkin. «Semiz» mijoz modelida server faqat ma’lumotlarni tanlab olish vazifasini bajaradi, ularni amaliy qayta ishlash esa ish bajariladigan stansiyada bajariladi. «Nozik» mijoz modelida server ma’lumotlarni tanlash va ularni qayta ishlash vazifasini bajaradi, ish bajariladigan stansiyaga esa faqat qayta ishlash natijalari yuboriladi.
Mijoz-server arxitekturasi ikki, uch yoki kо‘ppog‘onali bо‘ladi. Ikki pog‘onali arxitekturada (9-a rasm) ma’lumotlar bilan ishlash tizimiga mijoz va server komponentlar kiradi. Uchpog‘onali arxitekturada (9-b rasm) shimoliy komponent ma’lumotlar bazasi serveriga va ilovalar serveriga bо‘linadi. Ma’lumotlar bazasi serveri sifatida ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (SQL-server) ishtirok etadi. Ilovalar serveri ma’lumotlarni qayta ishlovchi tarmoq tizimini programmali ta’minlovchi oraliq sath sifatida ishtirok etadi (middleware). Odatda uning vazifalariga eng murakkab va ma’lumotlar bazasi serveri tomonidan boshqariladigan, katta axborot massivlar bilan о‘zaro harakat qilishni talab etadigan, ma’lumotlarni amaliy qayta ishlovchi umumiy protseduralarni amalga oshirish kiradi.
Ma’lumotlar bazasi serveri va ilovalar serveri bitta yoki boshqa-boshqa kompyuterlarda bajarilishi muikin. Uch pog‘onali arxitektura odatda nozik mijoz modeliga mos keladi, ikki pog‘onali esa – semiz mijoz modeliga. Lekin nozik mijoz modelini ikki pog‘onali arxitekturada ham tashkil etish mumkin. Bunda yagona serverli komponent ma’lumotlarga bemalol kirishni va ularni qayta ishlash vazifalarini ham bajaradi.
Hozirgi vaqtda IATning eng bо‘lajagining turi uch va undan yuqori pog‘onali mijoz-server arxitekturasi hisoblanadi. Ularda ma’lumotlar bilan ishlash jarayonidagi murakkab vazifalarni bajarish uchun hisoblash yuklamasi bir necha serverlar va ish olib boruvchi stansiyalar orasida bir xil taqsimlanishi mumkin.
IAT yadrosi negizi server – tizimni axborot, hisoblash va apparat resurslari bemalol kirishiga xizmat qilish uchun mо‘ljallangan kompyuter hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |