32
"kadrsizrok" sifatga almashtirib ketishi mumkin. O’zini o’zi taxlil qilib tarbiyalash dasturini ishlab chikishda bu
o’yinning ahamiyati katta.
Shunga o’xshash "notanish odam bilan tanihish", "kela-jakni tasavvur qilish", "oynadagi aks" kabi o’yinlar
ham shaxsning o’zini o’zi ruxiy taxlil qilish va o’z xulq-atvorini to’zatishda katta ahamiyatga egadir. Bu o’yinlar o’z
oldiga kuygan maqsad va mazmuniga ko’ra turlicha bo’lishi va aniq maqsadlarga xizmat qilishi lozim. Vaziyatli
treningning xayotdagi ta'sirchan misoli sifatida AKSh maktablaridan birida o’tkazilgan eksperimentni keltirish
mumkin. Usha maktabda bolalar o’rtasida keng tarkalgan etnik ziddiyatlarning oldini olish uchun quyidagi ish
amalga oshirilgan. o’qituvchi sinf o’quvchilarini "kuk ko’zlilar" va "kora ko’zlilar" toifasiga ajratgan, "kuk ko’zli"
bolalarni ma'lum vaqt mobaynida tinimsiz qo’llab-kuvvatlab, boshqalarni kamsitavergan. utgach, uning aksini
qilgan, ya'ni endi "kora ko’zlilar" har qanday qilmishlari uchun faqat maktov olishgan. s]u eksperiment davomida
har bir gurux vakili "e'zozlangan"lar, "kamsitilganlar"ning axvoli qanday bo’lishini o’z boshidan kechirgani uchun
ham bir-birlariga nisbatan munosabatlarda ko’z rangi yoki qaysi ijtimoiy toifaga taalluklilik omili ruxni
munosabatlarga ta'sir qilmasligi haqida xulosa chiqarishga o’rganganlar. Bu eksperiment "klassik sotsiodrama" ham
deb ataladi. Shunga yakin "pedagogik psixodrama" ham borki, uning yordamida tarbiyasi ogir xisoblangan
bolaparni tarbiyalashda foydalaniladi. Bu uslublarning barchasi o’z moxiyati jixatidan o’yindir, lekin ular ko’pincha
xayotiy vaziyatlar doirasida maxsus haroitlarda o’tkazilsa, xulq-atvorning to’zatilishiga erishiladi.
Amerikalik olim E. Bernning transakt taxlillar metodi ham shunga yaqin, faqat unda odamlarni har bir ijtimoiy
vaziyatlardagi samarasiz (nojuya, bexuda) harakatlari taxlil qilinadi va o’yin vositasida ishtirokchilar to’g’ri
harakatlarga urgatiladi.Shunday qilib, o’yin metodlarini qo’llash soxalari nixoyatda ko’p, ular doimo insonni
xayotida to’g’ri mavqega ega bo’lishga, o’zi istagan, orzu qilgan xayotiy vaziyatlarni o’zi yaratishga urgatadi va
undaydi. O’yinning har qanday shaqlini tashkil qilishda va uni samarali o’tkazishda, tabiiyki, trenerga ijtimoiy
psixologik bilimdonlik Xayotiy tajriba, muloqot san'ati va sabr-tokat kerak Shuning -uchun ham o’yinni o’rganish
va o’zi bilgan narsalarni birovlarga urgatish malakasiga ega bo’lgan shaxsgina uni to’g’ri tashkil qilishi va
psixokorrektsion maqsadlarga erihishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: