13
Ko’pchilik o’yin metodlarini uylab topganlarning vatani Amerika deb uylaydi. Lekin aslida uni birinchi marta
amaliy faoliyatda ruslar - Rossiyada qo’llashgan. 1936 yilda xozirgi Sankt-Peterburg shaxridagi ishlab chiqarish
Akademiyasi talabalari "Ishlab chiqarish dasturining keskin o’zgarishi munosabati bilan sanoatni qayta qurish"
mavzusidagi o’yinni "Krasnoy tkach" nomli fabrikada dam olish kunlari o’tkazgan edilar. Uning natijalari
keyinchalik ommaviy axborot vositalarida muhokama qilingan, lekin o’sha paytda fan mutassaddilari bu usulning
moxiyatini to’la tushunib, uni qo’llab-quvvatlamagan edilar. Shuning uchun ham ilmiy adabiyotlarda Amerikada
tashkil etilgan "T-guruxlar" tajribasi ko’proq yoritilgan.
Hozirgi kunga kelib, 200 dan ortiq operatsional o’yinlarning standart dasturlari bo’lib, ular o’quv, ilmiy -
tadqiqot, xalq xo’jaligi maqsadlarida ishlatiladi.
Har qanday operatsional o’yinni tashkil etishda quyidagi tamoyillarga amal qilish shart:
1. Ish o’yinlari ijodiy, professional tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun tashkilotchi muammoli
vaziyat echimining, uning ijtimoiy moxiyatini trening maqsadiga mosligini aniqlashi va xulosalarini ishlab
chiqarishga joriy etishi kerak;
2. Ishlab chiqarish jarayonlari va professional faoliyatni modellashtirish
va uni real turmush vaziyatiga yaqinlashtirib, imitatsiya qilishga erihish
zarur;
3. Treningning tarbiyaviy jixatlarini sof o’yinning o’zidan yuqori quyish
maqsadga muvofiq ekanligi;
4.O’yin qonun - qoidalari va normalarining barcha uchun tengligini doimo yodda tutish lozim;
5. Maqsadga erihishning qator dialoglar va monologlar (ko’p qirrali) tizimiga bog’likligi tamoyili.
Yo’qorida qayd etilgan tamoyillarga buyso’ngan xolda o’yinni tashkil etish mutaxassislarni o’qitish va ular
professional sifatlarining takomillashuviga xizmat qiladi. Har bir ijtimoiy psixologik vaziyat bir necha marta
qaytarib o’ynalgani uchun ham ishtirokchilarda bir vaqtning o’zida ham o’yinchi, ham ko’zatuvchi bo’lish
imkoniyatlari mavjud.
Rolli o’yinlar keng tarQalgan o’yin metodlaridan bo’lib, ular moxiyat jixatdan ma'lum obrazlarga kirish, o’sha
obrazga xos bo’lgan xissiyotlarni o’z boshidan kechirishni taqozo etadi. Shuning uchun ham nemis olimi va
mutaxassisi Margaret Forverg ulardagi dramatizatsiya elementining borligini, bu - "shaxsga o’zida mavjud bo’lgan
va o’zgalardagi begona obrazlarni tuzatish - korrektsiya qilish samarasidir", deb yozgan edi. Muallif rolli o’yinlarni
uch asosiy jixatlarga ajratgan:
-
o’yinning emotsional jixatdan mukammalligi;- unda identifikatsiya va empatiya xodisalarining
rivojlanganligi;
-
boshlovchining aloxida, o’ziga xos mavqega ega ekanligi.Rolli o’yinlarning korrektsion va amaliy
ahamiyati shundaki, ularda har bir shaxs o’z real faoliyatiga yaqin bo’lgan vaziyatlarga tushiriladi va shu
orkali uning ustanovkalari o’zgartiriladi. Bunda o’yin ishtirokchisining o'sha vaziyatni xissiy o’z boshidan
kechira olishi katta ahamiyatga ega. Rolga kirishning esa quyidagi talablari mavjud:
a) kitob tilida gapirmaslik;
b) muloqotning barcha kodlari va sirlaridan foydalanish;
v) ovoz xususiyatlariga muntazam e'tibor berish, ya'ni intonatsiyalar, tovushlarning past-balandligi, ovozning
emotsionalligi bu o'rinda rolni aniqrok idrok qilishga imkon beradi;
g) mimika va pantomimika elementlarini keng qo'llash;
d) har bir xislat va turishni jonlantira olish;
e) vaqt va fazoni doimo tushunib, xis qilib turish;
j) boshlovchining rolga kirganlar xolatlarini aniq tushunishi va ularga mos baxo berib turishi.
Do'stlaringiz bilan baham: