Chunki guruxga muvozanat va harakat sezgilari kiradi. Muvozanat sezgilari tananing fazodagi xolati xakida signal beradi. Bu sezgilarning retseptori ichki kulokning daxlizi va yarim doira shaklidagi kanallaridan tuzilgan. Vestyublyar apparat bolib qozgalish bu aparatdan bosh miya pustining chakka kismiga uzatiladi. Bu analizator buzilsa kishi fazorda muvozanat saklay olmaydi. Harakat sezgilari harakat organlarida sodir buluvchi jarayonlar tufayli ruy beradi. Ularning retseptorlari mushaklarning ichida xamda paylarda joylashgan nerv uchlaridir. Harakatlanish jarayonida mushak va paylarning qisqarishi va bushashi bu nerv uchlarida qozgalish xosil qiladi. Bu qozgalish olidingi markaziy burmalarning oldingi bolmasida joylashgan pust kismiga uzatiladi. Bu sezgilar inson hayot iva faoliyatida juda muxim rol uynaydi. 7.4. Savol bayoni. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari. Turli sezgilarning ana shunday xususiyatlariga sifatlari jadalligi davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi. Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bolib uni boshqa sezgi turlaridan farklaydi. Va ayni shu sezgi turi chegarasida uzgartiradi. Chunonchi eshitish sezgilari tovushning balandligi tembri kattaligi bilan farklanadi. Korish sezgilari ranglarning kuyukligi toni va boshqa shuning kabilar bilan farklanadi. Sezgilarning sifat jixatidan kup turliligi materiya harakati formalarining kup turligining aks ettirilishidir. Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy xarakteristikasidan iborat bolib tasir qilayotgan qozgatuvchining kuchi va retseptorning funksional xolati bilan belgilanadi. Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtinchalik xarakteristikalaridan iboratdir. Sezgilarning davomiyligi xam sezgi organlarining funksional xolati bilan ammo asosan qozgatuvchining tasir qilish vaqti xamda jadalligi darajasi bilan belgilanadi. Sezgilar uchun qozgatuvchining fazoviy lakolizatsiyasi yani qozgatuvchining fazoda urin egallashi xarakterlidir. Distant yani masofa retseptori tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy analiz bizga qozgatuvchining fazodagi urni xakida malumot beradi. Kontakt sezgilar taktil ogrik maza sezgilari badanning qozgatuvchi tasir qilayotgan joyi bilan bogliqdir. Bunda ogrik sezgilarining lokalizatsiyasi yani badanga joylashgan urni taktil sezgilariga qaraganda badanga nachagina tarkalgan va unchalik aniq bolmaydi. Qozgovchi malum darajada kuchga ega bolgandagina sezgi paydo boladi. Agar qozgovchi juda kuchsiz bolsa u sezilmaydi. Masalan biz terimizga yopishgan ayrim chang mayda zarrachalarni sezmaymiz. Bilinar bilinmas sezgi xosil qiladigan qozgovchining minimal miqdori sezgining absolyut chegarasi deb ataladi. Insonning qozgovchilarning minimal darajadagi eng kuchsiz tasirini sezish kobiliyati absolyut sezgirlik deyiladi. Sezgining absolyut chegarasi bilan absolyut sezgirlik bir biriga teskari proporsional nisbatda boladi.
Absolyut sezgirlikdan tashkari fark sezgirligi yani qozgovchilar orasidagi bilinar bilinmas farklarni sezish kobiliyati xam mavjud. Kushimcha qozgatgichning dastlabki qozgatgichga munosabati fark chegarasi deb ataladi. Fark sezgirligi absolyut sezgirlik kabi fark chegarasiga nisbatan teskari prporsional miqdori bilan xarakterlanadi. Sezgi chegaralari va sezgirlik avvalo qozgalish va tormozlanish fiziologik jarayonlari bilan belgilanadi. Absolyut sezgirlik inson nerv sistemasining qozgoluvchanligiga bogliq. Nerv sistemasi kanchalik qozgoluvchan bolsa sezgirlik shunchalik yukori boladi. Va aksincha, fark sezgirligi qozgalish va tormozlanish jarayonlarining munosabati kurinishlaridan biridir. Sezgirlikning uzgarishi kup jixatdan inson faoliyatining xarakteriga hayot va faoliyat tegishli analizatorga nisbatan kanday talablar kuyishiga yani mashqlanishiga bogliq. Qozgovchining davomiy tasiri bilan sezgirlikning uzgarganligini kuramiz. Bu xodisa adaptatsiya yani analizatorning tasir etib turuvchi qozgovchiga moslashishi deb ataladi. Adaptatsiya natijasida sezgirlik ortishi xam kamayishi xam mumkin. Adaptatsiya turli xil analizatorlar tufayli sodir boladi. Korish maza sezish va xid bilish adaptatsiyalari ayniksa kuchli xisoblanadi. Adaptatsiya yoki moslashuv deganda qozgatuvchining tasiri ostida sezgi organlari sezgirligining uzgarishi tushuniladi. Uch turli adaptatsiya xodisasini bir biridan farq qilish mumkin.