Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi



Download 2,45 Mb.
bet43/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

"Oosit-trofositlar" sistemasi. Oosit va trofositlar oogoniylardan hosil bo’ladi. Hasharatlarda ular tuxum yo’lida - ovariollarda joylashadi. Ovariollani panoistik va meroistik tiplari farqlanadi. Meroistik tuxum yo’lida trofositlar joylashib oositni oziqa bilan ta’minlaydi. Ularning hosil bo’lishi drozofila pashshasi misolida o’zganilgan. Oogoniylarning 4 marta bo’linishi tufayli 16 ta hujayra hosil bo’ladi. Bu hujayralarda sitotomiya yakunlanmaydi va ular o’rtasida sitoplazmatik ko’prik saqlanib qoladi. 16 ta oositdan faqat bittasida oogenez davora etib, 15 tasi trofositga aylanadi (39-rasm).
Trofositlar yadrosi tez o’sadi. Oositda esa sitoplazma tez o’sadi, chunki unda oziq modda bor. Ikkinchi farqli tomoni shundaki, oosit meyoz boshlanishida tetraploid bo’lsa, trofositda esa xromosomalar soni ko’proq bo’ladi. Trofositda hosil bo’lgan moddalar ooplazmaga o’tib turadi. Ba’zi zuluklarda bitta oositga 2000 tagacha trofosit to’g’ri keladi.
3. Yetilish davrida ham xuddi spermatozoiddagi kabi 2 marta bo’linish: reduksion va ekvasion meyoz sodir bo’ladi. Farqi shundaki, 1 ta birinchi tartibli ovositdan 1 ta tuxum hujayra hosil bo’ladi. Bu hodisa hujayrada sitoplazmaning bir tekisda tarqatmasligi tufayli sodir bo’ladi. Bo’linganda hosil bo’lgan hujayralarning birida sitoplazmaning juda oz qismi, ikkinchisida esa deyarli hammasi ko’chadi. Natijada hosil bo’lgan hujayralarning biri katta, ikkinchisi esa kichik bo’ladi. Kichik hujayra birinchi yo’naltiruvchi tanacha yoki qutbli tanacha deb ataladi. U keyinchalik rivojlanmaydigan 2 ta hujayraga bo’linadi. Katla hujayra ovosit deb ataladi. Yetilishning ikkinchi bo’linishida bu katta hujayra yana ikkita hujayraga bo’linadi. Uning biri kichik hujayra bo’lib, ikkinchi yo’naltiruvchi tanacha yoki qutbli tanacha deb ataladi. Ikkinchisi katta hujayra bo’lib, unt ovosit deb ataladi. Bu hujayrada xromosomalar soni gaploid to’plamda bo’ladi. Hosil bo’lgan 3 ta kichik hujayra yadrodagi xromosomalar sonini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Hosil bo’lgan ikkinchi tartibli ovosit yetilgan tuxum hujayra hisoblanadi.
Tuxum hujayraning rivojlanishi davrida spermatozoidnikidek shakllanish davrini ajratib bo’lmaydi. Chunki yetilgan tuxum hujayra urug’lanishga tayyor holda bo’ladi. Buni birinchi tartibli ovosit hosil bo’lganda unda sariqlik moddasining to’planishi va tuxum po’stining hosil bo’lishidan ham bilish mumkin.
Ba’zi hayvonlar tuxumining birlamchi po’sti ovositning o’sishi tugallanmasdan hosil bo’ladi va qalinlashib ketadi. Birlamchi va ikkilamchi po’stlar tuxum rivojlanishi tugamasdan hosil bo’lsa, har ikkalasida ham spermatozoid kiradigan mikropile teshikchalari hosil bo’ladi. Tuxum po’stning hosil bo’lishi ovogenez jarayonning tugallanishi hisoblanadi. Spermatogenez bilan ovogenez taqqoslansa, spermatozoidning ko’proq hosil bo’lishini ta’kidlash kerak. Tuxum hujayra esa bitta yoki bir necha hosil bo’lishi mumkin. Buning sababi, tuxum hujayraning taraqqiyoti ancha uzoqroq davom etadigan jarayondir.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish