Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Evolyusiya jarayonida organlar hosil bo’lishda tashqi va ichki muhit omillarining almashinishi



Download 2,45 Mb.
bet114/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Evolyusiya jarayonida organlar hosil bo’lishda tashqi va ichki muhit omillarining almashinishi

Har xil umurtqali hayvonlarda nerv sistemasining paydo bo’lishi va rivojlanishi har xil bo’ladi.baliqlardan akulalarda nerv sistemasi embrionning orqa tomonida plastinka shaklida paydo bo’ladi. Suyakli baliqlarda nerv sistemasi ektodermadan bo’trma xolida paydo bo’ladi. A.A.Moshkovsev tadqiqotlariga ko’ra, amfibiyalarda organlar hosil bo’lishining bir qancha mexanizmlari bor. U amfibiyalarning ayrim turlari tuxumlarini akvariumga joylab, suvning ustiga setka joylashtirgan. Tuxumdan chhiqqan lichinka setka qo’yilganligi tufayli yuqoriga chiqa olmaydi va havodan nafas olmaydi. Bu lichinkalarda tuxumdan chiqqandan bir necha kundan keyin havodan nafas olishga imkon berldi. Natijada bir necha oy shunday sharoitda saqlanganligi tufayli o’pkasi differensiallashmagan va baliqlarning suzgich pufagiga o’xshab qolgan. Normal sharoitda rivojlanayotgan lichinkada esa o’pka murakkab kataksimon tuzilishda bo’lgan. Demak, aksolotlda o’pka rivojlanish havodan nafas olish tufayli murakkablashgan. Baqa itbalig’ining o’pkasi faoliyat ko’rsatmasa, havodan nafas olish organlari differensiasiya sodir bo’lmaydi A.A.Moshkovsov fikricha, jabralarda opkaning riviojlanishi dav rida tashqi muhit omillari ichki muhit omillari bilan almashinadi (103- rasm).


Kaltakesaklar va toshbaqalar o’pkasining o’ziga xos xususyatlari birinchi nafas olguncha paydo bo’ladi. Koakalalilar va xaltalilarda o’pkaning k’plab tarkibiy qismlari nafas olishning morfogen ta’siri tufayli, yo’ldoshli sut emizuvchilarda endogen omillar ta’siri natijasida paydo bo’ladi.
Organizm rivojlanishida kritik davrlar

Jh “Kritik davr” terminini 1897 yilda botanik P.I.Broun fanga kiritgan va u boshoqlilar maysasi, kartoshka ko’chati va boshqa o’simliklarning ezuvchanlik davrlari haqida fikr uritgan. Uning fikricha, embrional va pstembrional rivojlanishda davrlar almashinuvi sodir bo’ladi. Bu almashinuv davrida organism har xil omillarga chidamli bo’ladi.


S.R.Stokkard (1921) hayvonlar organizmi rivojlanishida kritik davrlar bo’lishini aytgan. U ontogenezni bir necha ketma –ket bosqichlardaniborat ,deb tushunadi. Kritik davr rivojlanish tezligi bilan belgilanadi. Embrioge4nezning dastlabki bosqichida kritik davr ayrim organlar rivojlanishi kuzatiladi.
Tashqi muhit omillari organizm rivojlanishini tezlashtirishi, sekinlashtirishi yoki butunlay to’xtatishi mumkin. Ba’zi tadqiqotchilar fikricha, differensiasiya jarayoniga olib boruvchi taraqqiyot davri har xiltashqi muhit omillariga sezgir bo’ladi. Tajribalardan ma’lum bo’lishicha, umurtqali hayvonlar embrioni har xil bosqichlarda turli xil omillarga har xil javob qaytaradi. Embrion rivojlanishining ba’zi davrlari ayrim tashqi muhit omi8llariga bior xil javob beradi.
V.M.Korovina(1953) ko’rsatishicha, neyrullasiyaning oxirida kislotali muhitga embrionning chidamliligi ortib boradi, o’t suyuqligiga sezgir boladi. Hayvonlarning individual rivojlanishida chidamli va chidamsiz davrlarining gallanishi sodir bo’lmaydi.shuning bilan birgalikda, har xil davrlarda embrionning sezgirligi o’ziga xos bo’ladi.
Embrional rivojlanish haqidagi R.Goldshmidt (1927, 1932) tasavvurlari ham qiziqarlidir. U ontogenezni “koordinasiyalashgan rivojlanish tezligi sistemasi” ,deb hisoblaydi.
P.G.Svetlovning kiritik davr haqidagi gipotezasi diqqatga sazovordir. U tashqi muhit omillarning embrionga ta’sirining 3 ta guruhini farqlayd: 1) o’lim yoki patologik ta’sir etadigan omillar; 2) normal rivojlanuishni o’zgartiradigan ,ammo patologik o’zgarishlar keltirib chiqarmaydigan omillar;3)rivojlanishning normal o’tishiga yordam beradigan omillar. Bu ta’sirlar (kislorod, ozuqa, harorat va boshqalar) ko’zga tashlanmasa ham, embrion rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Svetlov fikricha, organzmda o’ta swzgir reseptorlar bo’lib, ular impluslarni sezish xususyatiga ega. Minimal dozadagi ta’sir shakl hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Individual rivojlanish davrida embrionning zararlanishi va o’limi bir hil bo’lmaydi. Tashqi muhit omillariga embrion chdamsizligining kiritik davrlari bor. Hujayraning kritik davrlarini sezishi reperativ faollik bilan bog’liq bo’ladi. Determinasiya ontogenez davrida ketma ket keladigan qonuniy jarayon hisoblanadi. P.G.Svetlov determinasiya deyilganda ketma ket keladigan differensiasiya jarayonini tushunadi. Organizm rivojlanishi va uning elementlari uncha ko’p bo’lmagan davrlardan iborat bo’lib, ularning har biri determinasiadan boshlanadi. Determinasiya differensiasiyadan boshlanadi. Shundan keyin o’sish va differensiasiya sodir bo’ladi, undan keyin yana kritk davr- determinasiya boshlanadi. Shunga ko’ra, ontogenezning asosiy qonunyatlari qo’zg’alish fiziologoyasi tushunchasi bilan ifodalanadi. Embrion ma’lim davrda uning atrofidagi omillarga bo’ysunadi. Shuning uchun embrion bu davrda gormonlar, induktorlar, bosim, elektr tokiga chdamsiz bo’ladi.
P.G.Svetlov nazariyasining yutug’I shundaki, u determinasiya muammosini fiziologik asosda o’rganadi va o’z tadqiqotlarini br tomonlama kimyoviy yoki genetic usul bilan olib bormaydi. Kritik davrni embribu nazariyaga ko’ra, embrionning muhit omillariga o’ta sezgir bo’ladigan davri deb tushunmaslik kerak. Bu nazariyaga ko’ra , embrionning ma’lum bir davri haroratga sezgir bo’lsa, boshqa davri kimyoviy omillarga sezgir bo’ladi. Shuning uchun bu nazariya yangi ilmiy dalillar bilan boyitishi lozim.
Morfogenetik jarayonlar reaksiyalar orqali amalga oshishi haqidagi muloxazalar ,agar genetika va hujayralarning genotipikbir xillligi haqidagi qonunyatlarga asoslansa, ishonarli bo’ladi. Shunga ko’ra rivojlanish hujayra genomi faolyatining avtonom ravishda kuchayishi bo’lmay, balki ketma ket reaksiya xususiyatiga ega bo’lgan, tashqi muhit omilari bilan aniqlanadiganjarayondir. Demak, hujayra elementlari va uning mahsulotlari reaksiya jarayonida trashqi muhit omillari tasiri tufayli o’zaro aloqada bo’ladi, deb tushunmaslik kerak. Rivojlanayotgan organizmning bir butunligi o’zgarib turadi. Doimo organism a’zolari o’rtasida yangi integrasiya mehanizmlari sodir bo’lib turadi. Shuning uchunP.G.Svetlov nazariyasidagi kiritik jarayonlar, reaksiya jarayonlarini farqlash, tushunish, terminlarni tartibga solishni talab etadi. A.P.Diban fikricha, embriogenez jarayonida kiritik davr bo’lmaydi.I.A.Arshavskiy fikricha, organizmlar rivojlanishning har xil davritashqi muhit omillariga o’ziga xos moslanish xususyatga ega.
Shunday qilib, organism rivojlanishi davrlari haqida yagona fikr hozircha yo’q. ko’pchilik olimlarning fikricha, organism dastlabki davrlarda tashqi muhit omillarini tezroq sezadi, organism rivojlanishi davrida bu sezgirlk ortib boraveradi. Ammo evolyusionistlar uchun evolyusion jarayonning akkumulyatori bo’lgan embrionning irsiy o’zgaruvchanligini keltirib chiqaradigan omllarga osonlik bilan javob berishni tushunish, tahlil qilish sabablarini bilish murakkab bo’lmoqda. Hayvonlar embrioni dastlabki davrlarda o’zgarishlarga beriluvchan bo’ladi. Ozgina o’zgarishlar ham ko’plab yangi belgilar paydo bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun organizmni murakkab va katta sirli narsaga o’xshatish mumkin.
Proembrional davrda eng sezgir davr oogenez va spermatogenez jarayonlari hisoblanadi. Shuning uchun rivojlanishni boshqarish bilan shug;ullanadigan embriologlar bu davrni o’rganishga katta e’tibor bermoqdalar.
Embriogenez davrlarining sezgirligi katta amaliy ahamiyatga ega. Jumladan rivojlanish davrlarining sezgirligi bemorlarga, ayniqsa ,homilador ayollarga preparatlar va kimyoterapevtik mualajalarning miqdorini belgilashda vrachlar katta yordam beradi. Bunday bilimlar parazit va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini belgilashda ham muhim ahamiyatga ega. Embriologlar hayvonlar rivojlanishini aniqlashda, belgilashda, shuningdek, rivojlanish jarayonini boshqarishda, genetiklar bilan birgalikda seleksiya usullaridan vatashqi muhit omillaridan foydalanishlari mumkin. Zamonaviy genetika bo’yicha, organizmlar tarkibi nafaqat genetic konstruksiya, balki tashqi muhit omillari bilan ham belgilanadi. Organism fenotipi genotip va tashqi muhit omillarining o’zaro ta’siri tufayli paydo bo’ladi. Shuning uchun muhit tushunchasini kengroq tushunish kerak. Jumladan, fiziklar va kimyo mutahhasislari bilan birga,likda embrriologlar nazariyaga tushmagan kosmik nurlar, biologik, fizik hodisalarning o’zxaro ta’sirini o’rganmoqdalar. Kosmik tadqiqotlarning rivojlanishi munosabati bilan gravitasiya omillari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Embrion rivojlanishi davrida og’irlik kuchining ta’siri embriogenezning har xil tiplariga turlicha bo’ladi. Aniqlanishicha, amfibiyalar embrionning dastlabki davrida sentrofugalash maydalanish, gastrulyasiya jarayonlarini buzishi mumkin, ba’zan esa egizakli mayiblar paydo bo’lishiga olib keladi. Ko’plab umurtqasiz hayvonlar embrional rivojlanishi davrida og’irlik kuchiga sezgirligi kam bo’ladi .
Shunday qilib, tashqi muhit omillarining ta’siri: 1)rivojlanish jarayonini tezlashtirish yoki sekinlashtirishi mumkin (harorat); 2)rivojlanish jarayonida har xil anomaliyalarni keltirib chiqaradi(gormonlar); 3)zararlovchi ta’sirlar tufayli rivojlanish ma’lum bosqichda to’xtaydi. Mutasiyalar va morfozlar tufayli gametalaryoki genetic apparat tarkibi o’zgaradi. Biotic omillardan gormonlar embrional rivojlanish davrida ma’lum ahamiyatga ega. Tibbiyotb va veterenariya amaliyotidan ko’plab misol keltirish mumkinki, sut emizuvchilar homilasining apitik rivojlanishi endokrin bezlar faoliyati bilan bog’liq. Masalan, agar ona qonida kortikoid gormonlar ko’p bo’lsa, embrionning gipotalamo gipofizar sistemasini o’zgartiradi va buyrak usti bezining mag’iz qismi reduksiyalanadi. Diabet bilan kasallangan onadan semirish bilan bog’liq bo’lgan kasallik paydo bo’ladi.
Yo’ldosh orqali homila qoniga kirgan gormon bevosita ta’sir etishi mumkin.
L.G.Leybson va uning shogirtlarining kuzatishicha, rivojlanayotgan embrion metabolizmining gormonal regulyasiyasi shunday bosqichdan boshlanadiki, bu bosqich organism bir butunligining ma’lum qismi hisolanadi.
Hoirgi ma’lumotlarga qaraganda, umurtqali hayvonlarning definitive holatida 5 ta ‘zaro bog’langan zveno farqlanadi:
1)to’qma yoki organlar; 2) endokrin bezlar;3)adenogipofiz; 4) gipotalamusning relizing –omil sistemasi; 5)bu omillarni boshqarish sistemasi (104 -rasm).
Bu zvenolar alohida alohida emas, balki birgalikda rivojlanadi.
Ichki neyrogumoral regulyator sistema gametogenez va embriogenez jarayonlarini boshqaradi. Bunday sistema nafaqat umurtqali, balki umurtqasiz hayvonlarda ham bor.



Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish