Amfibiyalar va hasharotlar metamorfozining gormonal boshqarilishi. Amfibiyalar va hasharotlarning imaginal organlari rivojlanishini va ularning gisto-sitologik differensiasiyasini tiroksin va triodtironin gormonlari boshqaradi. Bu gormonlarni gipofizning oldingi qismi gormonining ta’sirida qalqonsimon bez ishlab chiqaradi.
Lichinkalik davrining oxirida tashqi muhit omillari ta’sirida tireoid gormonlari ishlab chiqarilishini gipotalamusning tireotropin –relizing gormoni gipofizning tireotropin gormoni orqali boshqariladi. Bu gormonlar metamorfozni sintez, reabsorbsiya, parchalanish , mo0rfogenez jarayonlarini boshqaradi. Bu jarayonlarni bitta gormon qanday boshqaradi? Hozirgi paytda shu narsa aniqki, har bir jarayon ma’lum dastur asosida boshqariladi. Gormonlar asta sekin ko’payib, metamorfozni boshqaradi. Agar tireoid gormon rivojlanishning dastlabki davrida ko’paysa, metamorfoz buziladi. Gormonlar rivojlanishning dastlabki davrlarida ko’paysa, metamorfoz buziladi. Gormonlar rivojlanishning dasturini boshqaruvchi yagona omil emas, balki shu jarayonning koordinatori hisoblanadi.
Hasharotlarda metamorfoz gavdani mutloqo qayta qurish bilan bog’liq. Lichinkaning ba’zi organlari jinsiy voyaga yetganda ham o’zgargan holda saqlanib qoladi. Hasharotlarda indivudial rivojlanish 2 bosqishdan:dastlab lichinkalik, keyin definitive organlar hosil bo’lishidan iborat. Birinchi bosqichda gormonlarning qanday ahamiyatga ega ekanligi aniq emas.
Hasharotlar lichinkasining lichinkasining va metamorfovini markaziy nerv sistemasining neyrosekretor hujayralari ishlab chiqaradigan ekziotropin va protorakal bez ishlab chiqaradigan ektizon gormonlari boshqaradi. Yuvenil gormoni ham muhim ahamiyatga ega . bir nechalichinkadan keyin imaginal kutikula, imaginal disk differensiasiyasi kuzatiladi.
O’sishni boshqaruvchi gormonlar. O’sishni boshqaruvchi asosiy gormon somatotropin gormoni hisoblanadi. Somatotropin peptit gormoni hisoblanadi. Somatatropin peptit gormon bo’lib, gipofizning oldingi qismidan ishlab chiqariladi va hujayraning yuza qismiga ta’sir etadi. Bu gormonning ko’p ishlab chiqarilishi gigantizmga (bo’yning o’sib ketishi)olib keladi. Bunda oqsil sintezi kuchayadi. Bundan tashqari o’sishga insulin , tiroksin, gidrokortizon, testosteron va estradiol gormonlari ham sabab bo’ladi.
O’sishga eritropotein , trombopoetin, ham ta’sir etadi. Eriropoetin erirositlarning trombopoetin trombositlarning hosil bo’lishini kuchaytiradi. Eritropotein buyrakda ishlab chiqiladi.
O’sishni sekinlashtiruvchi moda keylon bo’lib, u hujayra bo’linishini sekinlashtiradi. Agar hujayra oz bo’lsa, keylon ham oz bo’ladi va bo’linish tez suratlar bilan ketadi yoki uning aksi ham bo’lishi mumkin.
Shunday qilib gormonlar quyidagi hususyat bilan farqlanadi:
Gormon repraduktiv jarayonlarning fiziologo- biokimyoviy xususyatlarini, jinsiy hujayralar yetilishi va urug’lanish bilan bog’liq bo’lgan hamma jarayonlarni boshqaradi.
Gormonlar embriogenez jarayonida zigotadan orgonogenezgacha bo’lgan bosqichda ishtirok etmaydi.
Rivojlanayotgan organizmda gormonlar gistogenez va organogenez davridan boshlab ishlab chiqarila boshlaydi va ko’payib boradi. Gormonlar nerv sistemasi bilan birgalkda organizmni boshqaruvchi, tashqi muhit omillarigabn javob beruvchi regulyator mehanizm hisoblanadi.
Bitta gormon ko’plab to’qima va hujayralarga ta’sir etishi, bevosita yoki bilvosita genetic va epigenetic aparatga ta’sir etishi mumkin.
Gormonlar dastlab reseptorga ta’sir etadi. Reseptor oq1sil molekulali bo’lib ular hujayra yuzasida(peptid gormon ), sitoplazmasida(steroid gormon)joylashgan.
Bitta gormon bir qancha genga ta’sir etib, ularni faollashtirishi mumkin.
Gormonlarning ta’sir etuish mehanizmi hujayraning o’zida, aniqrog’I gormonlar ta’sirida rivojlanish dasturi ishlay boshlaydi. Bu dasturga gormon ishlab chiqaruvchi hujayra va ta’sir etuvchi hujayra kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |