REYTING SAVOllARI
I. Gastrulyasiya nima?
2.Gastrulyasiyaning tiplarini aytib bering.
3. Mezodermaning hosil bo’lish usullarini tushintirig.
4. Birlamchi va ikkilamchi tana bo’shliqilari haqida tushuncha bering.
5. Embrion qavatlari va ularning vazifalarini ayting.
6. Embrion qavatlari to’g’lrisidagi nazariyani tushuntiring.
7. Organlaming prezumptiv xaritasi nima?
8. Gastrulyasiya sabablarini tushuntiring.
9.Gustafson gipotezasining mazmunini ayting.
10. Rivojlanishning dastlabki davrlarida genlarning vazifasi nimalardan lborat?
11. Rivojlanishning dastlabki davrlarida har xil RNK sintezi qanday amalga oshadi?
Tuxum hujayraning gastrulasiyasiga oid tajribalani ayting.
Gaploid va gibrid embrionning dastlabki rivojlanishini ayting.
Embrion rivojlanishining dastlaki bosqichida mutasiyanine ta’sviri qanday bo’ladi?
VI-BOB. IMPlANTASIYA VA EMBRIONNING PROVlZOR ORGANlARI
Implantasiya
Sut emizuvchilarda bachadonning shilliq qavatiga trofoblastlaring yaqinlashishi bilan implantasiya jarayoni boshlanadi. Embrionning bachadon shilliq qavatiga yopishishi implantasiya deyiladi. Implantasiya lotincha im -ichkariga, plantare – yopishib joylashishdegan ma’noni bildiradi. Implantasiya tufayli embrion ona organizmidan oziq modda bilan ta’lminlanadi. Implantatsiya odam einbrionida urug’lanishdan keyin 7 kun ichida sodir bo’ladi (63-rasm). l Urug’lanish sodir bo’lgandan keyin zigota tuxum yo’llaridan bachadoh tomonga harkatlanadi. Ana shu davrda embrion har xil noqulay sharoitlarga duch keladi. Bachadondagi bu noqulay sharoitlani l. Ibert(1968)quyidagicha izohlaydi: "Embrion ona organizmining himoyasiga olguncha, ya’ni trofoblast orqali bachadonning shilimshiq qavatiga yopishguncha, bir hafta davomida tuxum yo’larida va bachadonda xavfli sayohat qiladi". Bu qiynchiliklarni Ibert suv osti kemasining muzliklar orasida yurishi bilan tenglashtiradi. Embrioning atrofidagi sharoit esa muzli suvdan ham murakkabdir.
Umurtqali hayvonlarda tuxumning yetilishi va tuxumdondan chiqishi bir xil bo’ladi. Ularda graaf pufakchasi yorilib, tuxum yo’lining voronkasimon uchlari orqali tuxum yo’liga o’tadi. Ammo ba’zi hayvonlarda bu umumiy sxemadan chetga chiqish sodir bo’lishi mumkin. Jumladan, madagaskar qur tipratikanida graaf pufakchasi hosil bo’lmaydi.Tuxum tuxumdondan chiqishi vaqtida tuxumdon to’qimalari yumshaydi va tuxum qorin bo’shlig’iga suzib chiqadi. Bularda urug’lanish tuxumdonda sodir bo’ladi. Urug’langan tuxum tashqi tomonga harkat qiladi. Tirik tug’luvchi hayvonlarda urug’llangan tuxum bachadonda taraqqiy eta boshlaydi. Har xil siit emizuvchilarda yetilgan va tuxumdondan chiqqan tuxumlar soni turlicha bo’ladi. Janubiy Aflrikada yashaydigan sakrovchi degan kemiruvchining har bir tuxumdonidan 60 tadan tnxum yetiladi, ularning qaysi biri birinchi bo’lib implantasiya sodir bo’ladigan joyga yetib kelsa, o’sa tuxum yashab qoladi va urug’lanadi. Ko’p bo’la tug’uvchi sut emizuvchilar {cho’chqa, kemiruvchilar, yirtqichlar) ning tuxumdonidan birdaniga bir necha tuxum yetiladi. Ko’pichilik tuyoqlilar va ayollarning tuxumdonlaridan navbati bilan bittadan tuxum yetiladi. Tuxum avval chap tuxumdondagi, keyin o’ng tomondagi tuxumdondan yetiladi. Qoramollar va boshqa ba’zi sut emizuvchilar tuxumdonida graaf pufakchalari yetilgandan keyin urg’lochi va erkak individlar o’zaro qo’shiladi. Natijada normal urug’lanish jarayoni sodir bo’ladi. Hayvonlaming ko’payishga kirishish davri "jinsiy ov", esterus yoki "ov" deyiladi. Bir yilda bir marta ko’payish imkoniyatiga ega bo’lgan hayvonlar monoestralhayvonlar deb ataladi. Masalan, qoromolarda bu davr bir yilda bir kun davom etadi.bir yilda bir bir nechobar ko’payish imkoniyatiga ega bo’lgan hayvonlar poliestral hayvonlardeyiladi. Uy hayvonlarning yashash sharoiti yovvoiy hayvonlarga nisbatan qulay bo’lgani uchun ularda tuxumning yetilishi doimo bir xil davrga to’g’ri keladi. Urug’lanish sodir bo’lmasa, bu davr yana takrorlanishi munkin. Yovvoiy hayvonlarda to’yib ovqatlanmasligi va boshqa noqulay sharoitlar tufayli ko’payish bir davrga to’g’ri kelmaydi. Masalan yovvoi qo’ylar bir yilda bir marta ko’ paysa,honaki qo’ylarda bir yilda takrorlanishi munkin. Ba’zi sutemizuvchi hayvonlarda tuxmdondan tuxum yetilishi menstrual davrga to’gri keladi bu davrda urg’ochi hayvoning erkak hayvonga intilishi kuchli bo’ladi. Odamda tuxumdondan tuxum yetilishi menstruasiya davrining o’rtalariga, ya’ni 28 kunning yarimiga to’gri keladi. Ko’pchlik sutemizuvchilarda menstrual sikl davrida bachodan shilliq qavatiga osonlik bilan o’tishi uchun yaratilgani haqida fikirlar bor. B.M Petterning (1956) fikricha, menstruatsiyaning sodir bo’lishi bachadoning embironni qabul qilmaganligiga ”norozilik bildirganligi, umidi puchga chiqqanlgi”,deb tushinish kerak.Chunki bachadonning embrionni qabul qilishga tayyorgarligi hech qanday natija bermaydi. Tuxum hujayraning ovulyasiyasi bilan tuxumdonda sariq tana bezi hosil bo’ladi. Bunda asosiy vazifani bosh miyadagi gipofiz, gipotalamus bajaradi. Gipofizda ishlab chiqarilgan gonadotrop gormonlari tuxumdon foliyatini, tuxum hujayraning o’z vaqtida yetilib chiqishini boshqaradi. Graf pufakchasinnig epiteliy hujayralaridan hosil bo’lgan sariq tana bezi progestron gormonini ishlab chiqaradi. Bu garmon bachadon bezlari sekresiyasining kuchayishiga olib keladi. Natijada bachadon shilliq qavati shishadi va zigotani qabul qilishga tayyor turadi. Bu garmoningi kkinchi ahamiyati tuxum yetilishini to’xtatib turadi,homiladorlik vaqtida sut bezining parenxima hujayralari faoliyatini kuchaytiradi, sut hosil qilishga tayyorlaydi. Menstruasiyadan 11 kun o’tgandan keyin bachadon shilliq qavatining qalinligi 2-3 mmga yetadi. 20 kungacha bachadonda gistolik o’zgarishlar sodir bermaydi. Keyin bezlar notekis o’zgarib,bachadon yo’li kengayadi. Bachadonni qin bilan ta’minlovch tomirlar soni ortadi 25-26-kunlarida bachadon shilimshiq qavati yuqori darajada o’zgaradi. Bu bezlar cho’ziladi, qon tomirlar qon bilan to’ladi,shilimshiq qavatning qalinlgi 4-5 mmga yetadi,bachadon implantasiyaga tayyorlanadi. Tuxumdon garmonlari implantasiya bo’ladigan joyni bo’rtiradi.,undagi to’qimani desdual to’qimaga aylantiradi.Embrion esa implantasiyalanishni uchun trofoblast hujayralar hosil bo’ladi. Bu hujayralar bachdoning shilliq qavatin buzadi,eritadi ,erigan hujayralarni fagositoz yo’l bilan hazim qiladi va shu yo’l bilan embirion hujayralarini oziqlantiradi. Bundan tashqari, trofobilastlar sanitarlik vazifasini ham bajaradi. Sutemizuvchilarda va parazit hashoratlarda 20 va undan ko’proq blastomer hosil bo’ lgandan keyin trofoblastlar hosil bo’laddi. Maydalanish oxirida, morula davrida yirik blastosel bo’shlig’i hosil bo’ladi. Embironning bu davrida balstosist deb ataladi. Blastosist tashqi tomondagi blastomerlar trofoblast, ichki qisimdagilari esa emrioblast deyiladi va undan embrion hosil bo’ladi. Bunda 4-5 ta hujayra hosil qilishga , qolganlari esa trofoblastlarni hosil qilishga sarflanadi. Trofoblast va embrion hujayralari orasidagi bo’shliq keyinchalik blastosel bo’shlig’iga aylanadi. Bu bo’shliqdadi bir to’da hujayralarni blastodermik pufakcha deyiladi. Bu pufakchaning trofoblast qismi immunologik qiziqishga sabab bo’ladi. Olimlarning fikricha, trofoblast hujayralari ona embrioni organizimlar o’rtasidagi muozanatni saqlatadi va ona organizmdan har xil kasalliklarning embrionga o’tishga yo’l qo’ymaydi.
Kalamushlarda implatsiya jarayoni quydagicha kechadi: kalamushlarning tuxum yo’llarida urug’lanish sodir bo’lgandan keyin bo’linish boshlanadi.4-5 kundan keyin embrion bachadonga o’tadi va blastdermik pufakcha hosil qiladi. Bu vaqtda bachadonning ichki devori bir qavat epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo’ladi. 6 kunlik embrion implantsiyaga kirishadi. Primatlarda ovulyasiya menstruasiya jarayonida 14 kun oldin sodir bo’ladi Agar tuxum hujayra urug’lansa,3-4 kun davomida tuxum yo’llaridan bachadonga o’tishga harakat qiladi. Embrion bachadonga o’tganda mo’rula davrida bo’ladi Shundan keyin embrion bachadon bo’shlig’iga 3-4 kun saqlanadi . embrion tuxum yo’lidan bachadonga o’tgandan uning tashqi tomoni trofoblast bilan o’ralgan, ichki qismi esa embroblastdan iborat bo’lladi Bu embrionning blastodermik pufakcha davri hisoblanadi.Trofoblastlar orqali embrion bachadonning shilliq qavatiga implantatsiya bo’ladi. Primatlarda embrionning implantasiyalanishi ovulyasiyadan 7-8 kun keyin sodir bo’ladi. Ba’zi olimlarning fikricha ,embrion ona organizimiga, ya’ni bachadonga implantsiyalanib parazitlik bilan hayot kechiradi G. A Shmid fikricha, parazit xo’jayin organizimiga kirib , undan oziq`lanadi va og’ir kasalliklar keltirib chiqaradi. Xomildorlik esa normal fizioloik jarayon bo’lib, uni parazit deb bo’lmaydi. B.P. Tokin quyonlarda embrion davrini o’rganib, blastita bakteriyalariga qarshi kurash olib borishni aniqladi. Tajribalarda aniqlashicha , agar tuxumdoning ma’lum qismi kesilsa yoki jarohotlansa, gipofiz garmonlari ta’sirida o’sha joyda desdual hujayralar hosil bo’ladi. Yirik trofoblastlar bachadoning epiteliy hujayralarini erituvchi moddalar ishlab chiqaradi.
Quyon tuxumining ma’lum joyi ishqoriy muhutga ega bo’lib, shu joy bilan bachadon devoriga yopishadi. Embrionning implantatsiya qilinadigan joyini oldindan aniqlash munkinligini Vimsot(1944) o’z tajribalari orqali isbotlagan edi. Implantasiya bo’ladigan joyda epiteliy hujayralari buzilib, unda qon tomirlar ko’payadi.Embrion bachadoning shu yo’liga yopishadi . Implatsiya embrionning qon tomirlari zich joylashishi oziq moddalarni assimilyasiya qilish va karbonat angidrid gazini ona qorniga o’tkazishi uchun zarur. Bu gazning konsentrasiyasi ona qorniga nisbatan embrionda 3 marta ko’p bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |