Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Embrion hujayralarining o’zaro aloqalari



Download 2,45 Mb.
bet86/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Embrion hujayralarining o’zaro aloqalari

Tabiatda bir hujayrali organizmlar mustaqil hayot kechiradilar. Ammo hujayralar organizm safiga kirganda ularning tiklanishi va hayoti hujayralarning o’zaro ta’sirlariga bog’liq bo’ladi. Hujayralarning o’zaro ta’siri organizmni har qanday noqulay sharotlardan, shikastlanishdan, kasalliklardan saqlanishiga yordam beradi. Organizm qariganda ayrim organlarning boshqarilishi buziladi va bu hodisa o’limga olib keladi. Embrional rivojlanishning boshlang’ich davrlarida organizm hujayralarining o’zaro aloqlari ayrim organlarning tiklanishiga olib keladi. Bu holat ba’zi tajribalarda ham isbotlangan. Jumladan, amfibiyalar embrionini rivojlanishining boshlang’ich davrlarida ajratib olingan hujayralar fiziologik eritmalarga solinganda ularning ustida yolg’on oyoqlar hosil bo’lib, boshqa hujayralarga yopishishiga intiladi.


Fibrioblast cho’ziq, urchuqsimon blastomerlar bo’lib, ular biriktiruvchi to’qimada va mezenximada uchraydi.Bu blastomerlarni ajratib olganda uarning ustida yupqa sitoplazma qavati hosil bo’ladi va bu qavat undullangan membrana deyiladi. Bu membrana boshqa fibrioblastlar bilan aloqada bo’lganda ular yopishib harakatchanligini yo’qotadi. Nerv gangliyalarini hosil qiladigan nerv hujayralari esa bir biridan uzoqlashadi. Agar bunday hujayralarni ajratib olib, fiziologik eritma yoki dengiz suviga solinganda ular harakatlnmaydi. Lekin ularning yoniga boshqa nerv hujayralar joylashtirilsa, ikkala hujayra ham qarama qarshi tomonga siljiy boshlaydi. Hujayralarning o’zaro munosabati quyidagi yo’llar bilan amalga oshadi:

  1. To’qnashib tormozlanish, ya’ni birikish uchun zarur bo’lgan fibril harakati yuzaga keladi.

  2. Hujayralar elektr impulslar chiqarib, bir biri bilan aloqa o’rnatadi.

  3. Bir hujayradan ikkinchi hujayraga molekula yoki ionlarni o’kazish yo’li bilan aloqa qiladi.

  4. Qon orqali ma’lum organdagi hujayralarning o’zaro munosabati paydo bo’ladi.

Agar amfibiyalarning gastrulyasiya davrida mezoderma qavatida radioaktiv moddalar, glisin yoki metionin bilan belgi qo’yilsa, mezodema bilan aloqada bo’lgan ektoderma qavat ham o’zining tarkibida bu belgini saqlaydi. Nyukop (1969) amfibiyalar embrionining gastrulyasiya jarayonida tajribalar o’tkazib, shunday xulosaga keldiki, mezodermaektoderma ishtirokida paydo bo’ladi. Animal va vegetativ qutblarda ektodermaning ichki qavati mezodermaga aylanadi. Hujayralarning o’zaro aloqasi buzilganda ularning rivojlanishi ham to’xtaydi, lekin hujayralarning bo’linishi faollashadi.Bu hodisa zararli shishlar ustida tadqiqotlar o’tkazgan olimlarni ham qiziqtirgan. Ularning aniqlashicha, shish hujayralari embrion holatga qaytgan organizm hujayralaridir. Ammo bu xulosa ham to’liq isbotlangan emas. Ba’zi shishlar va embrional hujayralar bir- biriga o’xshaydi. Bu o’xshashliklar ularning kimyoviy tarkibi bilan bog’liq.
Organizmda blastoma deyiladigan shishlar normal hujayralarning organizm nazoratidan chiqib, tartibsiz ko’payishi tufayli paydo bo’ladi. Bu hujayralar o’ziga xos funksional vazifani bajarib, ko’payish xususiyatiga ega va ko’payishi qisqa vaqtda amalga oshadi. Shishlar bexatar yoki zararli bo’ladi. Zararli shishlar intensive o’sish qobilyatiga ega , ya’ni atrofidagi to’qimaga o’sib kiradi hamda ularni zararlaydigan moddalar ishlab chiqaradi.
Metastazlanish deyilganda ma’lum organda paydo bo’ladigan birlamchi shishning boshqa organlarga tarqalishi va ikkilamchi tugunning hosil bo’lishi tushuniladi. Bunday tugunlar (metastazlar) birlamchi shish hujayralarning boshqa joyga ko’chishi natijasida paydo boladi. Epiteliy to’qimasidan paydo bo’ladigan zararli shishlar kanser, mezodermadan rivojlanadiganlari esa sarcoma deyiladi. Bezarar shishlar atrofidagi to’qimalarga o’sib kirmaydi. Biriktiruvchi to’qimadan hosil bo’lgan fibroma, muskul to’qimasidan hosil bo’lgan mioma shshlari bunga misol bo’ladi. Ba’zan bezarar shishlar xatarli shishlarga aylanishi mumkin. Xatarli shishlar umurtqali hayvonlarning barcha sinf vakillarida topilgan. Har xil hayvonlarning shishlari har xil bo’ladi. Shishlarning mahsus br turi differensiallashmaganligi uchun har xil organlarni hosil qilishi mumkin. Bunday shishlar teratoma deyiladi. Teratoma har hil differensiallashgan to’qimali, lekin shaklsiz organlarni, ya’ni suyaklar, ishlar, sochlarni hosil qiladi. Bular ba’zan urug’donda yoki tuxumdonda paydo bo’lishi mumkin. Bunday jarayonni partenogenez yo’li bilan rivojlanishini boshlagan tuxum hujayra, deb taxmin qilish mumkin.
Shishlar paydo bo’lishida kanserogen omillar muhim vazifani bajarishi aniqlandi. Kanserogen yoki blastomogen omillarga tabiatdagi kimyoviy moddalar ta’sirida shishlar paydo bo’lishi kiradi. Organizmning o’zi ham moddalar almashinuvi jarayonida bunday moddalarni ishlab chiqaradi.jumladan, gipofizda ishlab chiqariladigan organizmlarning o’sishi va rivojlanishiga ta’sir etadigan vazoperssin, oksitosin va boshqa gormonlarning ko’plab ishlab chiqarilishi tuxumdonda, urug’donda yoki buyrak usti bezida shishlar paydo bo’lishiga olib keladi. Bundan tashqari, kanserogen xossasiga ionlar, rentgen va ultrabinafsha nurlar, tamaki mumi, alkogollar va giyohvand moddalar ham kiradi.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish