Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Anamniyalardan amniotalarning kelib chiqishi



Download 2,45 Mb.
bet66/138
Sana02.02.2023
Hajmi2,45 Mb.
#906724
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Anamniyalardan amniotalarning kelib chiqishi. Evolyusiya jarayonida ba’zi amfibiyalarda, ayniqsa dumsiz amfibiyalarda lichinkasiz taraqqiyot paydo bo’lgan. Ularda Amnion allantios paydo bo’lmaydi. Amnion va allantios sudralib yuruvchilarda hosil bbo’ladi. Chunki ularning rivjolanishida metomorfoz yo’li bilan taraqqiy etish uchramaydi. Evolyusiya jarayonidahayvonlartaraqqiyotining yo’nalishini o’zgartirib . tuxumini quruqlikda qo’yish orqali rivojlanish o’zgartirib, tuxumini quruqlikda qo’yish orqali rivojlanish yuksak umurtqali hayvonlarning yer yuzida keng tarqalishiga olib keladi. Amfibiyalar turli muhutga yashashga moslashgan ammo ular terisi yalong’och, Shillimshiq modda bilan qoplangan bo’lib, nafas olishda ishtirok etadi. chunki ularning o’pkasi organizimning kislorodga bo’lgan talabini qondira olmaydi. Terisining yalang’och bo’lishi organizimning qurib qolishdan yashay olmaydi. Shuning uchun ular nam va suvga yaqin joylarda yashashga moslashgan.
Qurbaqalarning hayoti asosan quruqlikda o’tadi ularni hatto cho’llarda ham uchratish munkin. Ammo qurbaqalarning ham ko’’payish va rivojlaniish jarayoni suvda o’tadi shuning uchun qurbaqalar bahorda suvga yaqin joylarda yashaydi. O’zbekistonda keng tarqalgak ko’k qurbaqaning itbalig’50-60 kundan keyin qurbaqa shakilga ega bo’ ladi. Uning dumi bir kunda yo’qoladi va nafas olish usuli o’zgarib, o’pka orqali nafas oladi. Shunday qilib, o’tho’r itbaliqdan yirtqichlik bilan oziqlanadigan qurbaqa poydo bo’ladi
Ammo amfibiyalarning ba’zi turlari boshqa usullar bilan ham rivojlanadi. Masalan, gvineya baqasining tuxumi ancha yirik, terisimon po’st bilan qoplangan bo’lib, ular tuxumini har xil chuqurlikka qo’yishadi. Tuxumdan chiqqan yosh individ itbaliq bo’lmay, balki jinsiy voyaga yetgan individning shakliga o’xshaydi. Bunday shakilda bo’lishning sababi ularning metomorfoz davri tuxumning ichida o'tishidir.
Sudralib yuruvchilar muhut sharoitiga amfibiyalarga nisbatan yaxshiroq moslashgan bo’lib, ularning tabiatda keng tarqalganligi buning isboti hisoblanadi. Amfibiyalar va repteliyalarning bir biridan farqini ularning rivojlanish davrlarida ko’rish munkin. Amfibiyalar rivojlanishi embrion va lichinkalik davrlaridan, repteliyalar esa embrion, homila oldi va homila davrlaridan iborat.
Evolyusiya jarayonida amniolik tuxumlar paydo bo’lishining zarurligi haqida bir necha giptezalar bor. Romer (1`957) fikricha, amniotic tuxumlar repteliyalar quruqlikkka chiqishdan ancha oldin paydo bo’lgan va bu qurg’oqchilik bilan bog’liq bo’lgan. Qurg’oqchilk sharoitida tuxumning tuxumning po’chog’I qurub qolishdan va zaxarlanishdan himoya qiluvchi vosita sifatida poyda bo’lgan evolyusiyaning maxsulidir. Tixen (1960) amniolik tuxumning kelib chiqishini qurg’oqchilik yoki quruqlikka chiqishi bilan bog’lanishini noto’g’ri deb hisoblaydi. Uning fikricha isboti sifatida suv ko’p va doimiy tuxum qo’yishini keltiradi.
Amniolik tuxumning qanday poyda bo’lganligidan qa’tiy nazar , uning paydo bo’lishi repteliyalardan qushlar va sut emuzuvchilar kelib chiqqishga asos bo’ldi. Evolyusiya jarayonida sutemizuvchilar taraqqiyoti asta sekin murakkablashib borgan Sutemizuvchilardan o’rdakburun, exidina. Proexidininaning taraqiyoti qushlar va sudralib yuruvchilarning taraqqiyoti kabi tuxum qo’yish yo’li bilan boradi.
Sut emizuvchilarning bundan keyingi davri evolyusion taraqqiyoti qopchiqlar vakillaridan kelib chiqishi bilan bog’liq. Qopchiqlardan verginskiy opposumining homiladorligi 12-kun, kalta dumli kengurida esa 27 kun davom etadi Bo’yi 3m keladigan kenguruning yangi tug’ulgan bo’lasi yong’oqdek kattalikda bo’lib, juda nochor bo’ladi. Amerika opposumi 57 kundan keyin bolasini sutdan chiqarib,qopchiqdqn tashqariga chiqaradi. Bu vaqtda bolasining kattaligi uy sichqonida bo’ladi. Qopchiqlilarning tuxumida sariqlik moddasi kamligi va allantosning juda kichikligi uchun embrion bachadonda qisqa vaqt ichida rivojlanadi.
Yo’ldoshli sutemizuvchilarning kelib chiqishi va evolyusiya davrida ularning jinsiy organlarida ba’zi o’zgarishlar paydo bo’lgan. Ularning ko’p nasl beradigan vakillarida ikki shoxli bachadon paydo bo’lgan. Bunday sodda bachadon qopchiqlilar uchun ham xosdir. Bir shoxli bachadon sutemizuvchilarning. Faqat 3 turkumi : yalqovlar,ko’rshapalaklar va pirimatlar, jumladan, odamda bo’ladi .
Qopchiqlilar va yo’ldoshlilarning rivojlanish usullari ham bir biridan farq qiladi. Yo’ldoshli sutemizuvchilarning embrioni dastlabki kunlarda trofoblast hosil qiladi. Bu vaqtinchalik organ embrionni oziqlantirishdan tashqari. Uni o’ rab turuvchi qobiq vazifasini bajaradi. Qopchiqlilarda esa tuxumning o’zida qobiq paydo bo’ladi. Bundan tashqari , tuxumda oqsilli oziq modda ham mavjud. Qopchiqlilar va yo’ldoshlilar embrion rivojlanishning dastlabki davrining farqi shundaki, qopchiqlilarda maydalanish bachadonda boshlansa, yo’ldoshlilarda bular yon tuxum yo’llarida boshlanadi. Tuxum yo’llarida embrion bezli hujayralaridan ishlab chiqarilgan secret bilan oziqlanadi. Embrionda 8 ta blastomer hosil bo’lgandan keyin ularning 4tasi embrionning atrofida joylashib, trofobblastlarga aylanadi.va oziq moddalarni embrionga etkazib beradi. Trofoblast grekcha trope- boqish, blast-kurtak ya’ni embrionnni oziqlantiruvchi hujayra degan ma’noni anglatadi.
Yo’ldoshlilarda uchlamchi qobiqning yo’qolishi tuxum yo’llari vazifasinin ma’lum darajada o’zgarishiga sabab bo’ladi. Sudralib yuruvchilar va qushlarda tuxum yo’llari tuxumining uchlamchi qobig’ini ishlab chiqarish vazifasini bajaradi. Uchlamchi qobiq tarkibidagi oqsil , yupqa pergamentsimon va ohachsimon moddalar kiradi. Sut emizuvchilarda esa tuxum yo’larining bezlari rivojlanoyotgan embrioniga oziq modda ishlab chiqarib beradi. Ana shu oziq moddalarni embrioniga yetkazib berish uchun trofoblastlar ertaroq hosil bo’ladi. Tipratikanlarda trofoblastlar embrionnig 16 blastomerlik davrida, amerikada yashaydigan sakrov chi kemuruvchida esa 4 blastomerlik davrida hosil bo’ladi.
Shunday qilib , evolyusiya jaroyonida anamiyalardan amniotalr paydo bo’lishi ayrim embironal moslamalarning hosil bo’lishiga olib keladi.

Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish