Qo’shaloqli mayiblar. Egizaklarning mayib, ya’ni noto’g’ri rivojlanishiga sabab, blastomerning blastodermik pufakcha ichida ertaroq bo’lishiga, yoki kechroq ajralishiiga bog’liq bo’ladir Bo’linish davri egizaklaning normal, yoki mayib bo’lib tug’ilishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ko’pchilik hollarda noto’g’ri rivojlangan egizaklar o’ladi, yoki bachadonda o’zgarishlarga uchrab, yo’q bo’lib ketadi. Noto’g’ri rivojlanishga olib keluvchi fizikaviy omillarga harorat va nurlanish kiradi. Dengizlarda suv miqdori va uning tarkibining o’zgarishi baliqlaning jabrasida noto’g’ri rivojlanishning bir necha turlari kelib chiqishiga sababchi bo’ladi. Kalamushlaning skeletidagi o’zgarishlar, homiladorligida kam, yoki bir xil ovqat berganda, vitaminlar yetishmaganda paydo bo’lishi, tajribalarda isbotlangan. Baliqlarda o’tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, embrion rivojlanishining ma’lum davrida turli xil ta’sirotlar bir xil o’zgarishlarni paydo qiladi, lekin bu ta’sirotlar har xil davrlarda ta’sir etdirilsa, turli xil nuqsonlar kelib chiqishi aniqlangan.
Har bir organning o’z rivojlanishli davrida tez o’zgaradigan davrlari bo’ladi. Markaziy nerv sistemasi, xuddi shunday favqulodda tez o’zgarish xususiyatiga ega. Bu davr, uning qalinlashgan plastinka holatidan nerv nayiga aylanish davridir. Ana shu davrda nerv sistemasiga turli xil ta’sirotlar tufayli paydo bo’lgan jarohatlar, har xil o’zgarishlarga (anomaliyalarga) olib kelishi mumkin. Bu davrda sekin taraqqiy etayotgan organlar esa jarohatlanmaydi. Ona organizmi homiladorlik davrida kasalliklarga uchrasa, embrionda noto’g’ri rivojlanish paydo bo’lishi mumkin. Bunday noto’g’ri rivojlanishga bir-biriga yopishgan, yoki qo’shilgan egizaklar misol bo’ladi. Bir-biriga yopishgan egizaklar, yopishgan gavda qismning nomiga "pagus" qo’shimchasi qo’shilib nomlanadi. Boshi bir-biriga qo’shilgan egizak karapapagus, ko’krak qismi bilan qo’shilgani esa pigopagus va boshqalar.
Ba’zi hollarda bir tuxumdan taraqqiy etgan egizaklar, bir-biri bilan ozgina ahmiyatsiz qo’shilgan bo’ladi. Bunday egizaklar Hayotchan bo’ladi (masalan, siam egizaklari). Ba’zan qo’shaloq egizaklardan biri ikkinchisiga nisbatan kichik bo’ladi, yoki birining ma’lum bir qismi yo’qolgan bo’ladi. Bu kichik organizm parazit, yoki parazit embrion deyiladi. Umuman, turli xil mayiblarni o’rganish bilan teratologiya yoki palologik embriologiya shug’ullanadi.
Bir-biriga qo’shilgan egizaklarning 20% ga yaqini yashab qoladi. Siam egizaklari Chan va In 1811 yilda Siamda tug’ilgan. Ular ko’kraklari bilan qo’shilgan bo’lib, dastlab yuzma-yuz yotishgan. Keyinchalik o’sishi tufayli ularning birlashgan joyi cho’zilib, erkin harakatlanadigan bo’lib qolishgan.
Siam egizaklarniing onasi xitoytik bo’lib, ularni sirkka sotgan, keyin AQSh ga kelib, opa-singillarga uylanib, 20 nafar sog’lom va 2 nafar kar farzand ko’rishgan. Chan tog’dan tushib ketgan va 1869 yil sholl bo’lib qoladi. 1874 yilda olpka shamollashidan vafot etgan. Uni eshitgan In ham 2 soatdan keyin vafot etgan.
Egizaklar ob-havoga ta’sir etishi, shamol, yomg’ir chaqirishi kabi mulohazalar hozircha fanda ilmiy jihatdan isbotlanmagan. Urtish davrida Shvesiya va Daniyada egizaklami maxsus joyda saqlab, davlat, millatning boyligi sifatida himoya qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |