Individual matn



Download 26,14 Kb.
bet2/5
Sana13.11.2022
Hajmi26,14 Kb.
#865353
1   2   3   4   5
Bog'liq
INDIVIDUAL MATN

O‘g‘lon darvozasi. Buxoroi sharifning mahobatli darvozalaridan yana biri Chorbaqoli yaqinidagi O‘g‘lon darvozasi bo‘lgan. Bu darvoza oldida Romitan, Gazli tomonga boradigan katta yo‘l joylashgan bo‘lib, shimol tomonda O‘g‘lon mahallasi, janubda esa Nog‘orachilar mahallasi joylashgan bo‘lgan. Ularning ko‘plari Arkdagi podshohlar saroyida nog‘ora, karnay-surnay chalib, xizmat qilishgan. Darvozai O‘g‘longa yaqin masjid-madrasa qo‘shilgan holatda qurilgan bo‘lib, Avliyo O‘g‘lon Ato qabrlari ham shu erda bo‘lgan. Bu erda Xatmi Piridastgir, ya’ni Abdulqodir Giloniy xotirasiga bag‘ishlab diniy marosim o‘tkazilgan. O‘g‘lon Ato ulug‘ avliyolardan biri bo‘lgan. Bu haqdagi ma’lumotlar 1887-1888-yillarga tegishli vaqf hujjatlarida saqlanib kolgan. 1948-1950-yillarda O‘g‘lon darvozasi, yonidagi mozor, masjid, madrasa buzib tashlanadi. Hozirgi paytda undan nomu nishon qolmagan. Darvoza balandligi 11metr, kengligi 13 metr, asosi 1,40 metrdan iborat bo‘lgan. Ustki qismi 19 ta gultojdan tuzilgan, “guldasta”lari uch kator, beshta tuynuk bilan bezatilgan hamda baland ravoq arka va qanosdan iborat bo‘lib, kitebasiz qilib qurilgan. Bu usul faqat shu darvozaga xos bo‘lib, boshqalarida takrorlanmaydi. Darvozadan kiraverishda savdo do‘konlari va baqqollik bozori bo‘lgan.
Talipoch darvozasi. Mazkur inshoot 1557-1598-yillarda – Abdullaxon II davrida bunyod etilgan. Buxoroning g‘arbiy qismida yangi xiyobon barpo ettirgan hukmdor katta tepalik yaqinida bu darvozani qurdirgan. Bu darvoza orqali Amirobod, Chorbakr, Jondor, Xorazmga borilar edi. Darvoza ikki “guldasta”, arka, ravoq, kanos kitebali qilib, usti kungurali gultoj bilan bezatilib, qadimiy qal’a devorlariga moslashtirib qurilgan. Zinda fil Ahmad Jomiy qabrlari ziyoratgohi ham shu darvoza yaqinida joylashgan. Darvoza 1960-yilda usta Aminjon Salomov hamda Mubin Mo‘minov, 2005-yilda esa Soli Karimov tomonidan qayta ta’mirlandi. Hozirgi vaqtda Talipoch darvozasi yonida Buxoro Markaziy bozori qad rostlagan. Shergiron darvozasi. Abdullaxon qurdirgan darvozalardan biri Shergiron darvozasidir. Darvoza qurilgan joyda qadimda sherlarni saqlaydigai qo‘riqxona bo‘lgan va ular urushda foydalanish uchun o‘rgatilgan. Shu bilan birga, podshohlar sherlardan xazina qo‘riqchisi sifatida ham foydalanganlar. Podshohlar saroyida sherlar haykali o‘rnatilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiyning kitobida yozilishicha, Amiri shahid Ahmad Ismoil as-Somoniy hukmdorning bir odati bor bo‘lib, uning saroyida bir sher bo‘lgan. Har kecha amir yotadigan eshik yonida sher zanjir bilan bog‘lab qo‘yilar edi. Kim u uyga kirmoqchi bo‘lsa, sher uni halok qilar edi. Bir kuni amir g‘amgin bo‘lganida uning yaqin kishilari u bilan band (mashg‘ul) bo‘lib, sher (qo‘riqchi)ni olib kelish eslaridan chiqqan. Natijada amir uxlab yotganida uning qullaridan bir to‘dasi kirib, amirning boshini tanasidan judo qilishadi. Bu voqea 914-yil 12 yanvarda sodir bo‘lgan. Uni Buxoroga olib kelib, Navkand qabristoniga dafn qilishgan (hozirgi Somoniylar qabristoni maqbarasi)1. O‘sha davrdan boshlab Jondorga boradigan yo‘lda qurilgan darvozani Shergiron darvozasi deb ataganlar. XVI asrdan boshlab Shergiron darvozasidan to Mir Do‘stim xonaqoh-masjidiga qadar yo‘l ustida yopiq bozor bo‘lib, unda sabzavot, meva, sut-qaymoq kabi mahsulotlar kecha-kunduz sotilgan. Bu an’ana hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Lekin qadimiy Shergiron darvozasi hamda qal’a devori saqlanib qolmagan.
Qorako‘l darvozasi. Buyuk ipak yo‘li savdo tarmog‘idagi asosiy darvozalardan biri bo‘lgan Qorako‘l darvozasi Abdullaxon tomonidan 1558-1575-yillar oralig‘ida qurdirilgan. Darvozaning ichki tomonida bozor bo‘lib, to Volidai Azizxon, Havzi Navgacha davom etgan. Qorako‘l darvozasi ikki katta “guldasta”, svod, arkali qilib qurilgan. Kvadrat shaklidagi 25×25 santimetrli g‘isht bilan terilib, ustki qismi kungurali gultoj bilan zeb berilgan hamda qal’a devorlariga tenglashtirib bunyod etilgan. Darvoza 1975-yilda usta Ahror Asrorov tomonidan qayta ta’mirlangan. Buxoro xalqi shu darvoza orqali haj ziyorati uchun yo‘lga chiqqan. Shuning uchun uni “Haj darvozasi” deb ham atashgan. Eron, Xuroson, Turkiya davlatlaridan keladigan savdogarlar shu darvoza orqali shaharga kirishgan. Ayni paytda darvoza qal’a devorlaridan ajralgan holda bo‘y cho‘zib turibdi.

Download 26,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish