Mehnat bozori statistikasi oldida mehnat resurslari, iqtisodiy faol va nofaol aholi, aholini bandligi, ishsizlik terminlarini izohlash asosida statistik ko’rsatkichlarni aniqlash metodologiyasini takomillashtirish, hisoblash va tahlil qilish, korxona va tashkilotlarda xodimlar sonini, tarkibini, unumdorligini o’rganish vazifalari turadi. Buni ustiga, mehnat bozorini holati bilan aholini tanishtirish va boshqaruv organlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash, statistik organlarining ham o’ta muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |