Loyiha ishini bajarishdan olingan natijalar
Bu loyihamizda EKG ga HC-05 Bluetoothga bog`lanish orqali telefon dasturida natijasi ko`rinadigan qilib taxlandi.
Yaratilgan dasturdan foydalanish uchun dastur arxiv sifatida “Android studio” dasturiga ko`chiriladigan qilib yaratildi va asosiy joylari screenshot qilib joylashtirildi.
|
5.
|
Ishni topshirgan muddati
|
2021 yil 16-iyun
|
MUNDARIJA
KIRISH. ………………………………………………………………….......
|
6
|
|
ANDROID PLATFORMASI UCHUN SMARTFON EKG ILOVASINI YARATILISHI HAQIDA…………………………
|
7
|
|
1.1
|
Android studiodan screenshotlar va tushunchalar…………………
|
7
|
|
1.2
|
ishlab chiqish haqida qisaqacha ma`lumotlar va ilova…………….
|
11
|
|
II.
|
SMARTFON TELEFONIDA ISHLASH YO`LLARI VA DASTUR TAMOYILLARI
|
18
|
|
2.1
|
dasturimiz tashqi qismi haqida…………………………………….
|
18
|
|
2.2
|
Smartfon oraqli ECG Monitor.apk ni ishlashi screenshotlar bilan........
|
19
|
|
XULOSA. ……………………………………………………...………..........
|
25
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. …………….....………...………...
|
26
|
KIRISH
2018-yil 9-yanvar kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish boʻlib oʻtdi.
Ushbu yig’ilishda Davlat rahbari bugun mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligi hamda 2018-yilda va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi zarur boʻlgan ustuvor vazifalar haqida ham aytib oʻtdi.
Shu bilan birgalikda 2018-yilda xalqaro tajribani, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda, “2018–2021-yillarda ‘Elektron hukumat’ tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqish, “Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markazi” rezidentlari tomonidan koʻrsatiladigan ishlar va xizmatlar hajmini kamida 2 barobarga hamda eksport hajmini 1,8 barobarga oshirish, rezidentlar uchun chet el kompaniyalari bilan hamkorlik qilishda va yangi bozorlarga chiqishda koʻmaklashish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini uch yil ichida jahondagi eng obroʻli ming universitet safiga kiritishni ta’minlash, sohada jahonda yetakchi boʻlgan universitet va kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, professor-oʻqituvchilar va talabalarning xorijiy stajirovkasi va malaka oshirishini keng tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |