I BOB. VEB DIZAYN ASOSLARI VA TEXNALOGIYALARI HAMDA ULARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
I.I Dizayn asoslari.Veb dizayn
Reklama va kompyuter grafikasi dizayneri – eng zamonaviy kasblardan biri bo‘lib, u tashkilotlar yoki jismoniy shaxslarning buyurtmalariga ko‘ra, kompyuter yordamida badiiy bezash ishlarini amalga oshiradi. U matbuot nashrlarini, reklama mahsulot (qadoqlar, etiketka, buklet, vizitka, tovar belgilari va shunga o‘xshash)larini, WEB-sahifalarni badiiy va texnik bezash loyihalarini ishlab chiqadi. Eskizlar va loyihalarni bevosita tashkilot rahbari yoki mijoz bilan kelishilgandan so‘ng oxirgi grafik maketlarni tayyorlaydi. Reklama va kompyuter grafikasi dizayneri kasbi – yoshlarning, ayniqsa, kormpyuter oldida soatlab o‘tirib, turli animatsiyalar yaratishdan zavqlanadiganlarning asl orzusi. Birinchi navbatda buyurtma berilayotgan ishga nisbatan mijozning xohishlarini inobatga olishingizga to‘g‘ri keladi. Animatsiya va maketlarni kompyuterda ishlab chiqish, maket-eskizni mijoz bilan kelishish, zarur tuzatishlarni kiritish, sahifa dizaynerlari yoki badiiy redaktorlar tomonidan badiiy bezash ishlarini realizatsiya qilganda mualliflik huquqini nazorat qilish ham sizning zimmangizda bo‘ladi. SHuningdek, badiiy bezash uslub va vositalarini, reklama, matbuot dizayni, web-dizaynning o‘ziga xos jihatlarini, tasviriy san’at usullarini ham puxta o‘bo‘lishingiz maqsadga muvofiq.
Dizayn – hayotda har bir sohada qo’llaniladigan har bir jism uning shakli, rangi, foydalanish uchun qulaylik darajasi, o’lchamlari bularning barchasi dizayndir.
Dizayn 2 qismdan iboratdir
UI(User interface) -foydalanuvchi interfeysi
UX(User experience) - foydalanuvchi tajribasi
UI – Dizayning tashqi ko’rinishi rangi, to’g’ri shriftlardan foydalanganlik kabi ko’rinishlar misol bo’lsa
UX – Foydalanuvchining haqiqiy tajribasini ifodalab beradi. Bunda yaratilgan mahsulotning joylashgan o’rni, uning hajmi, o’qish uchun qulayligi, foydalanuvchida hech qanday noqulaylik tug’dirmasligi kabi muhim omillar ahamiyatga egadir.
Hozirda dizaynning juda ko’p turlari mavjuddir ulardan asosiylari quydagilardan iborat:
Grafik dizayn – suratlar, videolar, grafika bilan ishlash.
Arxitektura dizayni – qurilish obeiktlarining ichki va tashqi dizayni
Landshaft dizayn – o’simliklar va tabiatning o’zidan foydalangan holatda ajoyib ishlar bajaradi, uylar atrofi va ichki qismini bezashda keng foydalaniladi.
Web dizayn – web dasturlar, web sahifalar dizaynini tayyorlashda ishlatilinadi.
Biz ham loyihamizga aloqador bo’lgan Web dizayn haqida to’xtalib
o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |