MUNDARIJA
Kirish 5
1. Umumiy qoidalar 7
1.1. Individual loyihaning maqsad va vazifalari. 7
1.2. Individual loyihaning mazmuni va tarkibi 9
1.3. Mavzu bo‘yicha loyihaning namunaviy mazmuni 9
1.4. Individual loyiha hisobotini rasmiylashtirish 11
2. Individual loyihani bajarish mobaynida talaba amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalar 12
3.Kafedra tomonidan tayinlangan rahbarning vazifalari 13
4. Individual loyihaning natijalarini yakunlash va hisobotni himoya qilish 16
5. Individual loyihalar bo‘yicha namunaviy mavzular 17
20.Informatika fanini o‘qitish usullari - induksiya, deduksiya, analogiya. 19
24.Informatika fanini o‘qitish maqsadi va vazifalari 19
1-Ilova.Titul. 20
2-Ilova. Hisobot tarkibi 21
3-Ilova Namunaviy sxemalar 22
4-Ilova. Shaxsiy topshiriq varaqasi 23
5-Ilova. Texnika xavfsizligi 25
6-Ilova Foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar 26
Kirish
Ushbu individual loyiha ishini bajarish uchun ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida kurs loyihasini bajarish tartibi haqida Nizom” va Davlat talablari va Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan O‘quv rejalariga binoan tuzildi.
Individual loyiha bevosita talabalar ixtisoslik fanlarni o‘zlashtirishida olgan bilimlarini nazariy va amaliy mustahkamlash, sohada qo‘llaniladigan hisob metodlari bilan tanishish, talabalar axborot texnologiyalari sohasiga oid korxona faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish, ularning axborot xavfsizligi sohasidagi faoliyati bilan tanishish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish ko‘nikmalarini egallaydilar. Talabalarni bevosita Davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, kasb ta’limi sohasidagi texnologiyalarni tadbiq etishning yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini egallash uchun materiallarni to‘plashdan iborat.
Milliy ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi, jamiyatimizdagi amalga oshirilayotgan islohotlarni yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan chambarchas har tomonlama bog‘langan bo‘lishi kerak.
Ta’lim, fan, ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash mexanizmlarining mazmuni va uslublarini talabalarda shakllantirish maqsadida o‘qitishni ilmiy-tadqiqot bilan qo‘shib olib borish, fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy-amaliy mashg‘ulotlar uzviyligining negizlarini shakllantirishda individual loyiha ishini bajarish muhim o‘rin egallaydi.
«AKT sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi 3-kurs talabalarini individual loyiha ishini to‘g‘ri tashkil qilish va o‘tkazish bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Jumladan, 3-kurs talabalarining individual loyiha ishini bajarish O‘quv rejasida belgilangan bo‘lib, bunda talabalar o‘zlarining olgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Individual loyiha 3-kursning 1-2-semestrlari davrida bajariladi va bunga 60 soat va 2 kredit ajratilgan. Axborot xavfsizligi ta’lim yo‘nalishining O‘quv rejasiga binoan individual loyiha ishi uchun ajratilgan haftalar davomida jami 60 soat, ya’ni haftasiga 4 soatdan maslahatlar tashkil etilishi kerak. Bunda haftasiga 2 kun har bir kunda 2 soatdan maslahatlar mashqlari rejalashtirishi tavsiya etiladi. Talabaning individual loyiha ishini tashkil etish bo‘yicha taqvim rejasiga muvofiq har bir mavzu va undagi topshiriqlarga ajratilgan soatlar individual loyiha rahbari tomonidan aniqlanishi va kafedra mudiri tomonidan ma’qullanishi maqsadga muvofiq.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Individual loyihaning maqsad va vazifalari.
Oliy texnik va texnologik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bitiruvchilarida moddiy ishlab chiqarishdagi ilmiy texnik masalalarni yechimini topishga imkon beruvchi chuqur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda individual loyihalarning ahamiyati kattadir. Individual loyihani bajarish jarayonida talaba egallagan nazariy bilimlari va mavjud me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib amaliy masalalarni mustaqil ravishda yechish hamda o‘z g‘oya va yechimlarini jamoada himoya qilish, ko‘nikmasini egallaydi.
Individual loyihani bajarishdan maqsad – o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan ixtisoslik fanlar bo‘yicha ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda olingan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarini konkret axborot xavfsizligi sohasidagi masalalarini mukammal yechishda qo‘llashdir.
Individual loyihalar tizimi orqali talaba murakkabroq masalalarni, masalan bitiruv malakaviy ishini bajarishga tayyorlanadi. Shu bilan bir qatorda individual loyiha talabada davlat standartlari, soha me’yorlari, ma’lumotnomalar, jadvallar, namunaviy loyihalar, yo‘riqnomalar va muqaddam egallangan tajribalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantiradi. Shuningdek, individual loyiha talabalarda amaliy dasturlarni ishlab chiqish, uning blok-sxema chizmalarini tuzish, tushuntirish hisobotlarini rasmiylashtirish ko‘nikmalarini hosil qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Individual loyihaning asosiy vazifalari:
talabalarning ma’ruza, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda, mustaqil faoliyatda olingan nazariy va amaliy ko‘nikmalarni amaliy loyihalarni bajarishda qo‘llay olishini namoyish etish;
talabalarda me’yoriy, ma’lumotnoma va boshqa adabiyotlardan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish;
mustaqil fikrlash va eng maqbul texnik yechimlarni qabul qilishga o‘rgatish;
axborot texnologiyalar vositasida o‘z loyihasini taqdimot (himoya)ni o‘tkazish, unda individual loyihani bajarish jarayonida egallangan natijalarni ishonchli dalillar bilan asoslash, o‘zini dadil tuta olish, turli texnik vositalar va ularning dasturlaridan foydalana olish qobilyatini ko‘rsatish;
o‘quv jarayonida shakllangan kommunikativ ko‘nikmalarini namoyish etish, o‘z nuqtayi nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, muloqotga qo‘shilish, loyiha bo‘yicha savollarga asoslangan javob berish, etika qoidalariga rioya qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish imkoniyatini namoyish etish;
talabalarda guruh bilan ishlash ko‘nikmalarini faollashtirish, oldinga qo‘yilgan maqsadni bajarish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish qobiliyatini kengaytirish, umumiy masalalarni yechishda hamkorlar bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash;
loyihalarni tayyorlash, g‘oyalarni generatsiya qilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini topishni namoyish etish;
mustaqil ijodiy ishlash, ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalana olish, loyihalash jarayonini to‘la nihoyasiga yetkazish mas’uliyatni his etishga o‘rgatish.
Individual loyihada quyidagi masalalar yechimi ko‘rsatilishi lozim:
bajarilayotgan loyihaning maqsadi va vazifalarini aniq ifoda etish;
loyiha obyekti va uslubini aniqlash;
boshlang‘ich hisoblash ko‘rsatkichlarini asoslash;
loyihalanayotgan obyektning asosiy qismlarini qo‘lda yoki kompyuter dasturlari yordamida hisob-kitobini bajarish;
loyihalanayotgan jarayonning algoritmini ishlab chiqish va blok-sxema chizmalarini kompyuter dasturlari yordamida chizish;
qabul qilingan texnik yechimlarini ilmiy iqtisodiy nuqtayi nazardan tahlil qilish;
texnik iqtisodiy talablarni izohlash, qo‘yilgan masala yuzasidan yechimning mumkin bo‘lgan muqobillarini tahlil qilish va ulardan eng maqbulini tanlash.
1.2. Individual loyihaning mazmuni va tarkibi
Individual loyiha mazmuni kafedrada belgilangan loyiha rahbari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘ladi. Loyiha rahbari har bir talabaga individual tarzda yondoshishi zarur. Shuningdek, “Talabaning kalendar ish rejasi” aniq, maqsadli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Individual loyiha namunaviy grafik-jadvali 4-ilovada keltirilgan.
Individual loyihaning mazmuni har bir talaba uchun qo‘yilgan vazifadan kelib chiqqan holda yuqoridagi Namunaviy grafik-jadvalda o‘zgartirish kiritiladi va ishlab chiqiladi.
1.3. Mavzu bo‘yicha loyihaning namunaviy mazmuni
Individual loyihani bajarishda muhim masalalardan biri uning mavzusini to‘g‘ri aniqlashdir.
Individual loyihaning mavzulari semestr davomida o‘tilgan ixtisoslik fanlarda keltirilgan o‘quv mavzulariga va vazifalariga javob berishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish va ilm-fanning dolzarb muammolari bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Individual loyihalar mavzularining amaliyligi - bu avvalambor ularning ilmiyligi, zamonaviyligi va talabalarda mustaqil ijodiy ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirilganligidir. Individual loyihaning har bir topshirig‘ida texnik va texnologik yangilik qo‘llanishi ko‘zda tutilishi shart. Topshiriqlarning takroriyligi, yildan-yilga bir xil mavzularning takrorlanishi individual loyihalarini ham o‘quv, ham ilmiy ahamiyatini kamaytiradi. Individual loyihaning topshiriqlari shaxsiylashtirilgan bo‘lib, umumiy talablar pasaytirilmagan holda talabaning qiziqishi va qobiliyatlari bilan bog‘langan bo‘lishi lozim.
Individual loyihalarning mazmuni sifatida ta’lim yo‘nalishi va fanlar turidan kelib chiqib axborot xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni yechimlarini ishlab chiqish hamda zaruriy dasturiy ilovani yaratish talab etiladi.
Individual loyihaning mavzusiga bo‘lgan asosiy talablardan biri bu uning yaxlit majmuali bo‘lishidir, ya’ni bir qator o‘zaro bog‘lik bo‘lgan masalalarni birgalikda yechishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Individual loyihalar mavzularining tarkibi axborot xavfsizligining amaliy masalalari, talabalar individual loyihalarining natijalari, kafedra a’zolari va talabalar to‘garaklarining ilmiy ishlari, xorijiy va mamlakatdagi ilm-fan va texnika yutuqlarini aks ettirgan adabiyotlar asosida tuzilishi lozim.
Talabalarga individual loyihalarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o‘qishi uchun to‘lov kontrakt mablag‘ini to‘lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan individual loyihalar mavzusi bo‘yicha o‘z vazifalarini taklif etishlari mumkin. Korxonalar buyurtmasi asosida bajariladigan individual loyihalarning afzalligi shundan iboratki, korxona talabalarga ilmiy izlanish olib borishiga to‘liq sharoit yaratadi hamda kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga muallif tomonidan tavsiya etilayotgan takliflarni ishlab chiqarishga joriy etishga barcha shart sharoitlar yaratadi va ilmiy izlanishlar natijasidan manfaatdor bo‘ladi.
Bajariladigan individual loyihalar bevosita bitiruv malakaviy ishi mavzusi bilan bog‘langan bo‘lishi va rasmiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlar asosida bajarilishi lozim.
Individual loyihalarning mavzulari o‘quv rejalarida individual loyihalar ko‘zda tutilgan ta’lim yo‘nalishi uchun mas’ul kafedra tomonidan taqdim etiladi va tasdiqlanadi.
Loyihani bajarish uchun asosiy yo‘riqnoma va ma’lumotlar kafedra tomonidan rasmiylashtiriladigan individual loyihaning topshirig‘ida aks ettiriladi. Topshiriqda loyihaning nomi, uning hajmini va mazmunini aniqlovchi tafsilotlar yaqqol belgilanishi lozim. Shu bilan birga topshiriqda loyihaning kirish qismini bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar, adabiyotlar belgilanishi muhimdir.
Har bir topshiriq ilmiy va uslubiy jihatdan sinchkovlik bilan o‘ylab chiqilgan bo‘lib, talabaning tayyorgarlik darajasiga va loyihani bajarish uchun ajratilgan vaqtga muvofiq kelishi lozim.
Topshiriq maxsus blankalarda (4-ilova) rasmiylashtirilishi va boshlang‘ich ma’lumotlar bilan ta’minlanishi lozim.
Izoh: Individual loyihani bajarish davrida talabalar kasbiy fanlarni o‘zlashtirishida olgan bilimlarini nazariy va amaliy mustahkamlashi; texnologik hujjatlar turlarini va o‘tish bosqichlari tartibini o‘rganishi; sohada qo‘llaniladigan amaliy dasturlar bilan tanishishi; avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalashtirishni o‘rganishi; ilmiy ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishi; axborot xavfsizligini rivojlanish strategiyasi bilan tanishib chiqishi; axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar berishi talab etiladi.
1.4. Individual loyiha hisobotini rasmiylashtirish
Individual loyiha kirish qismi va asosiy qismlardan tashkil topishi lozim. Blok-sxema chizmalar davlat standarti talablariga muvofiq bajarilishi shart. Ular aniq, ravshan va ixcham bo‘lishi lozim.
Blok-sxema elementlari zarur bo‘lgan o‘lchamlar, shartli belgilar va maxsus ro‘yxatli izohlarda maxsus kompyuter dasturlari yordamida bajarilishi tavsiya etiladi. Keltirilgan yozuv matni gramatika jihatdan to‘g‘ri, qisqa va ixcham yo‘zilishi lozim.
Individual loyihada o‘rganilayot obyektga nisbatan texnik xavfsizlik talablari hisobga olinishi shart.
Individual loyihani bajarish davrida talaba shaxsan bajargan ishlari haqida kompyuterda hisobot tayyorlaydi. Hisobot uchun kerakli materiallarni to‘plash va uning matnini bayon etish semestr davomida amalga oshiriladi. Hisobot ikki qismdan:
matn qismi;
ilovalardan iborat bo‘lishi kerak.
Hisobot belgilangan tartibda yozilishi va rasmiylashtirilishi kerak. Individual loyiha hisoboti kompyuterda bajarilishi kerak. Hisobotning matn qismi standart o‘lchamdagi varaqlarga (A4 hajmida 210-297 mm) 1,5 intervalda yozilishi lozim. Ushbu qismning umumiy hajmi kompyuter variantida 25-40 varaqdan iborat bo‘ladi. Hisobotda matnlar yuqoridan va pastdan 2,0 sm, chapdan 3 sm va o‘ng tomondan 1,5 sm hoshiyalar qoldirib yoziladi. Uning betlari ketma-ket sonlar bilan raqamlashtiriladi.
Matn qismi titul varaqasi bilan boshlanadi (1-ilovaga qarang).
Hisobotda individual loyihaning barcha asosiy bosqichlari va ish turlari bayon etilishi lozim (2-ilova). Ushbu hisobotda talaba kelajakda axborot xavfsizlidagi ishlarni yaxshilashga oid o‘z mulohazalarnni ham bayon etadi. Hisobotni asta-sekin butun semester davomida bosqichma-bosqich, bo‘limlar kesimida yozish maqsadga muvofiqdir. Bu holda hech narsa unutilmaydi va tushib qolmaydi, har bir bo‘limda bajarilgan ishlar mazmuni va xususiyatlari to‘laroq bayon etilishga erishiladi.
Hisobot uchun kerakli bo‘lgan jadvallar, rasmlar, chizmalar, ta’lim texnologiyalari, amaliy dastur natijalari, kompyuter dasturlarining ilovalari, kompyuter dasturlarining matnlari, kompyuterda bajarilgan hisoblash bosqichlari va boshqalarni ilovada joylashtirish mumkin (3-ilova).
Yuqorida bayon etilgan uslubiy ko‘rsatmalardan chetlangan holda to‘liq rasmiylashtirilmagan individual loyihaning yakunlari haqidagi hisobotni kafedraga taqdim etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. Individual loyihani bajarish mobaynida talaba amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalar
Talabaning semestrdagi individual loyihani bajarish bo‘yicha burchlari va huquqlari individual loyihaning tashkil etish va mazmuni haqidagi ushbu uslubiy ko‘rsatma, talaba loyihani bajarish joyning ichki tartibiga oid qoidalari va harakatdagi mehnat qonunchiligi bilan belgilanadi.
Semestr boshida talaba quyidagilarni bajarishi kerak:
kafedra tomonidan biriktirilgan loyiha rahbari bilan mavzuni tanlash;
individual loyiha bo‘yicha barcha zaruriy o‘quv-uslubiy hujjatlarni olish;
ilmiy ish mavzusi va rejasini belgilash.
Semestr boshlanish kunidan to oxirigacha talabalarga nisbatan ham amalda bo‘lgan mehnat qonunchiligi va ichki tartib qoidalari kuchga ega bo‘ladi.
Birinchi kuniyoq talaba ular bilan tanishib chiqishi va o‘z vazifalarini anglab olishi kerak. Individual loyihani bajarish davrida talabalar quyidagilar haqida to‘liq va aniq fikrga ega bo‘lishlari lozim:
ixtisoslik fanlarni takroran tahlil qilsih;
o‘quv va ilmiy ishlar bilan ishlashni o‘rganish;
amaliy dasturiy ilovalarni rasmiylashtirish tartibi;
hisobotni mazmuni, qayta ishlash tartibi bilan ishlash;
talaba mustaqil ishlash to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishadi.
Individual loyihani bajarish davrida talabaga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
rejada keltirilgan topshiriqlarni to‘la bajarish;
kutubxona ish faoliyati bilan tanishish;
hafta davomida har kuni bajarilgan ish mazmunini yozib borish va hafta oxirida loyiha rahbariga uni taqdim etish;
topshiriqlarni bajargani haqida rahbarga yozma hisobot topshirishi.
Individual loyihani bajarmagan va hisobotni himoya qilish natijasida qoniqarsiz baho olgan talabalar akademik qarzdor hisoblanadi.
3.Kafedra tomonidan tayinlangan rahbarning vazifalari
Individual loyihani bajarish ustidan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi. Individual loyihani ustidan umumiy tashkiliy ishlarni, o‘quv-uslubiy va ilmiy rahbarlikni fakultet dekani va “Axborot xavfsizligi” kafedrasi mudiri olib boradilar.
Belgilangan joylarda individual loyihani o‘tash ustidan rahbarlikni kafedra ajratgan va filial direktori tasdiqlagan professor-o‘qituvchilar olib boradilar va ularning zimmalariga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |