Umuman olganda, Hindistonda demokratiyaning rivojlanishi o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, unda zamonaviylik va an’anaviy davlat boshqaruv
xususiyatlari, “daana”, “seva” singari jamiyatni shakllantirish konsepsiyalari
muhim ahamiyatga ega. Bu bir tomondan demokratiyaning hamma davlat uchun
bir hilda mos tushadigan modeli mavjud ekanligini isbotlasa, boshqa tomondan
yosh demokratik rivojlanayotgan davlatlar uchun demokratiyaning “hind modeli”
ma’lum ma’noda andoza vazifasini o‘tashi, ijobiy jihatlari va tajribalaridan
foydalanish imkoniyati shakllanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |