Model: a/an+adjective+one
I want to buy a car. I want a new one – Men mashina sotib olmoqchiman. Menga yangisi kerak.
Lekin shu holatda gapda sifat kelmasa one ning oldidan noaniq artikllar ishlatilmaydi: (not: I want a one)
● Bundan tashqari one yoki one of ko’p kishi yoki narsalardan aynan bittasini nazarda tutganimizda ishlatiladi va bu holatda one yoki one of so’zlari the other olmoshi bilan qiyoslanadi:
One book was about history, but the others were about geography – Bitta kitob tarix haqida edi, qolganlari esa geografiya haqida edi.
One of my friends is a vet. The others are teachers. – Do’stlarimdan biri veterinar. Qolganlari o’qituvchi.
● Bundan tashqari yana qo’yidagi holatlarda noaniq artikllar a, an va one so’zlari bir xil ma’noda ishlatiladi:
1. Price/weight (narx/og’irlik):80 penny a/one kilo – bir kilosi 80 penni
2. distance/fuel (masofa/yoqilg’i): 30 miles a/one gallon – 30 milga bir gallon benzin
3. distance/speed (masofa/tezlik): 40 km an/one hour – 1 soatda 40 km
4. frequency/time (takroriylik/vaqt): twice a/one day – bir kunda ikki marta
5. Whole numbers (butun sonlar): a/one hundred, a/one thousand
-I’ve seen this film a/one hundred times – Men bu filmni yuz marta ko’rganman.
Compare:
A/one hundred times - yuz marta (aniq) hundreds of times - yuz martalar (taxmin)
A/one thousand years ago - ming yil ilgari (aniq) thousands of years ago - ming yillar ilgari (taxmin)
6. Fractions (kasr sonlar): a/one quarter, a/one half
7. Money (pul): a/one soum, a/one dollar
8. Weights, measures (og’irlik va boshqa o’lchov birliklari): a/one kilo, a/one foot
4. Sanaladigan birlikdagi otlar oldidan noaniq artikllarni qo’yib bitta ot orqali o’sha turga tegishli bo’lgan hamma otlar haqida umumiy ma’lumot beriladi. Bu qoidada bittasi ham shu vazifani bajaradi, hammasi ham shu vazifani bajaradi degan ma’no kelib chiqadi.
- A banana is yellow – Banan sariq bo’ladi. (bittasi ham sariq, hammasi ham sariq)
- A cat is a domestic animal – Mushuk uy hayvoni. (bittasi ham uy hayvoni, hammasi ham uy hayvoni)
●Lekin umumiy ma’noda ma’lumot berganda sanaladigan otlar ko’plikda bo’lsa yoki sanalmaydigan otlar kelsa, ular oldidan hech qanday artikl ishlatilmaydi.
- Bananas are yellow - Bananlar sariq bo’ladi.
- Cats are domestic animals – Mushuklar uy hayvonlaridirlar.
- Eggs are oval – Tuxumlar oval shaklda bo’ladi.
- Milk is white – Sut oq bo’ladi.
5. Sifat + sanaladigan birlikdagi ot birikmasidan oldin har doim noaniq artikllar ishlatiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |