Jonsizlantirilgan vaksinalar. Bunday vaksinalar patogenlik va virulentlik xususiyatlari yaxshi rivojlangan kasallik qo’zg’atuvchi shtammlaridan tayyorlanadi. Maxsus oziqli muhitda o’stirilgan bu qo’zg’atuvchilar shtammlari qizdirish yo’li bilan yoki formalin, etil spirti, aceton va boshqa bakterisid moddalar yordamida inaktivatsiyalash (jonsizlantirish) yo’li bilan olinadi. Jonsizlangan vaksinalarni konservalash uchun ularga tozalangan kuchsiz fenol va mertiolet suyuqligi qo’shiladi. Tirik vaksinalardan farqli o’laroq faqat 2-3 qayta yuborilgandan so’nggina immunitet hosil qiladi; immunitetning davomiyligi 6-10 oydan oshmaydi. Jonsizlantirilgan vaksinalar muzlatilganda yaroqsiz holga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |