13-BILET
1. ―Odobli bo‗ling‖ matnini o ‗qing va savollar tuzing.
Odobli bo‗ling
O‗zingizdan kattalarga yo‗l bering. Ularga avtobus va boshqa joylarda o‗rin bering.
Yoningizdagi kishining biror narsasi yerga tushib ketsa, uni darhol olib bering.
Uyda odamlar oldida taltayib yotmang, stul, divanda yastanib o‗tirmang, qo‗lni orqaga qilib
yoki cho‗ntakka tiqib, kekkayib turmang.
Xushmuomala bo‗ling. Baqirib, jerkib, qo‗lni paxsa qilib yoki birovni qo‗l bilan ko‗rsatib
so‗zlashmang, qo‗rslik qilmang. Har kuni ertalab ota-onangizga, aka, opalaringizga salom
bering. O‗zingizdan kattalarni ko‗rganingizda, albatta, salom bering. Kattalarning gapiga
aral ashmang, kattalar qo‗l uzatsalargina ular bilan qo‗l berib ko‗rishing.
„Marhamat―, „rahmat―, „ruxsat eting―, „iltimos qilaman―, „kechirasiz―, „uzr― kabi so‗zlarning
qachon aytilishini bilib oling. Yomon, uyat gaplarni aytmang. Oqsoq, g ‗ilay, soqov va boshqa
kamchiligi bo‗lgan kishilarni masxara qilmang, boshqalarga laqab qo‗ymang.
2. Berilgan maqollardagi vositali va vositasiz to‗ldiruvchilarni toping. Oltin o‗tda bilinadi ,
odam mehnatda. Arslon izidan qaytmas, yigit so‗zidan. Birni kessang, o‗nni ek.
vositali: o'tda, mehnatda, izidan, so'zidan
vositasiz; birni, o'nni
3. Ota-ona oldidagi burchingiz haqida so‗zlab bering.
Ota — onaga yaxshilik qilish farzand burchi.
Tanu vujudimiz bilan ota-ona hizmatida hoziru nozir bo’lishimiz,
Ota-ona bilan so’zlashganda yumshoqlik va odob bilan gaplashishimiz darkor..
So’zlashgan paytda ovozni baland ko’tarmaslik. Dil-dildan ota-onaga rahm-shafqat ko’rsatish
Ota-onani chin dildan do’st tutish. Ularni e’zozlash, hurmat qilish bizni burchimiz.
14-BILET
1.‖ Sharafli burch‖ rivoyatini o ‗qing va o‗z munosabatingizni bildiring.
Sharafli burch
(Rivoyat)
Bir kuni mavlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda uzoq tog‗ sayriga ketayotgan ekan.
Yo‗l qabriston oralab o‗tar edi. Qabristonga yuz qadam chamasi qolganda mavlono otdan
tushibdi, qolganlar uning orqasidan ergashibdilar. Qabristondan ancha uzoqlashgach, yana
otlarga minib ketishibdi. Biroz yurishgandan keyin mulozimlar shoirning qabristonga
yaqinlashganda otdan tushish sababini so‗rabdilar. Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab
turibdi-da, keyin mulozimlaridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi:
- Bu yerda xalqimizning jigargo‗shalari, tabarruk padari buzrukvorlari mangu uyquga
ketganlar. Bular yonidan ot choptirib, changitib o‗tish insonlik sha‘niga isnoddir, nahotki shuni
ham bilmasangiz? Buni bilmaslik tiriklikdagi o‗liklikdir. Ota-onalar haqini, xotirasini e
‘zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir.
2. Tarjimayi holingizni yozing.
1. Men. (Ikromov Akbar. 112-guruh o'quvchisi A. Ikromov) 2001-yilda (ishchi. xizmatchi.
ziyoli) oilasida (dunyoga keldim. tug'ildim. tavallud ropdim). Oilamizda (otam. onam. bobom.
buvim. akam, opam. ukani. singliin) bor. Otam va onam (qayerda? kim b o ‗lib?) ishlaydilar.
Aka-nkalarim (qayerda? Qaysi bosqichda? neclianclii sinfda?) o ‗qisliadi. Men (qaysi
maktabda? Nechanchi sinfda?) o'qiymanl
3. Transportda yurish qoidalari deganda nimani tushunasiz? Soʻzlab bering.
Transport hayotimizda muhim o‗rin tutadi. Ilgarigi ot, arava o'rnini yangidan yangi
vtomobillar egallamoqda. Har qaysi transport turining o‗z vazifasi bor. Yengil avtomobillar,
avtobus, samolyot, poyezd kabilar odamlarning yo‘lini yaqin qiladi. Ular vaqtimizni tejaydi.
Har kim avtobusda yurish qoidalariga amal qilishi kerak. Avtobus yurganda tutqichlarni
mahkam ushlash kerak. Avtobus eshigi oldida turish xavfli. Har doim nogiron va
yoshi kattalarga joy berish lozim. Jamoat transportida baland ovozda gaplashish odobsizlikdir.
Avtobus ichiga chiqindilar tashlash mumkin emas. Transportda yurish yaxshi, ammo uni
asrashni ham bilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |