Moslanish belgilari
Baliqlarning tashqi tuzilishidagi suv muhitiga moslanish belgilari
|
Tanasi ikki yondan siqilgan, tangachalar bilan qoplangan, uchta toq, ikkita juft suzgichlari bor.
|
Baliqlarning ichki tuzilishidagi suv muhitiga moslanish belgilari
|
Suzgichlar skeleti suzgich yoylari va ular kamari suyaklaridan iborat. Kamar suyaklar
umurtqa pog‘onasiga tutashmaganligi bilan
boshqa umurtqalilardan farq qiladi.
|
Baliqlardagi moslanishlarning nisbiyligi
|
Baliqlar tanasi rangi atrof-muhit rangiga bog‘liq. Chuchuk suv havzalarida yashaydigan ko‘pchilik baliqlar tanasining orqa tomoni balchiq rangiga o‘xshash to‘q yashil, qorin tomoni oqish bo‘ladi.
Shu sababli suv tubida suzayotgan baliqni yuqoridan qarab payqab olish qiyin.
|
29-bilet.
1.Markaziy Osiyo va O‘zbekistoning ekosistemalari.
2.Organik olam filogenezida allogenez yo‘nalishining ahamiyatini tushuntiring.
3.Jadvalni to‘ldiring.
Hayvonlar
|
Nafas olish sistemasining tuzilishi
|
Baliqlar
|
jabra yoriqlari devorlarida kapillar qon tomirlarga ega bo‘lgan jabra yaproqlari paydo bo‘ladi. Baliqlarda jabra yoriqlari soni kamaygan bo‘lsa-da, lekin nafas olish sathi kapillarlar to‘ri hisobiga kengayadi.
|
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
|
Evolutsiya jarayonida nafas olish organi o‘pka birinchi marta suvda hamda quruqlikda yashovchilarda paydo bo‘lgan. Kelib chiqishi bo‘yicha panjaqanotli baliqlar bilan bog‘liq bo‘lgan suvda hamda quruqlikda yashovchilarda faqat lichinkalik davrida nafas olish jabralari orqali sodir bo‘lsa, voyaga yetgandan so‘ng nafas olishi o‘pka va teri orqali sodir bo‘ladi.
|
Sudralib yuruvchilar
|
Sudralib yuruvchilarda nafas yo‘llari – hiqildoq, traxeya va bronxlar to‘liq shakllangan. Ularning o‘pkalari mayda g‘ovaksimon, ko‘p sonli ichki katakchalarga va katta nafas olish yuzasiga ega. Lekin ularda bronxlar shoxlanmaydi.
|
Qushlar
|
Qushlar o‘pkasi yaxshi rivojlangan. Ularning o‘pkasida bronxlar tarmoqlanib, bronxiolalar bilan tugaydi. Qushlar uchishga moslashganligi sababli, o‘pkasining ikkilamchi bronxlari oxirlari havo xaltachalarini hosil qiladi.
|
Sutemizuvchilar
|
Sutemizuvchilarda nafas yo‘llari kiprikchali epiteliy bilan qoplangan. Ular ovqat hazm qilish sistemasidan to‘liq ajralgan va faqat halqum qismida kesishadi. Bronxlar ko‘p marta tarmoqlanib, bronxiolalar va alveolalar o‘pka pufakchalari bilan tugaydi.
|
1.Markaziy Osiyo region landshaftining fizik-geografik sharoiti xilma-xil. Markaziy Osiyo hududi dasht, chala cho‘l, cho‘l va tog‘ kabi tabiiy geografik zonalardan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |