Imtihon bileti №1 Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya jarayonining mazmuni



Download 154,09 Kb.
bet5/24
Sana14.07.2022
Hajmi154,09 Kb.
#795502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
123 (Восстановлен)

IMTIHON BILETI № 2
1. Tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayoni sifatida
Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiyaning maqsadi - har bir shaxsni shakllantirish. Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog’iqlikda tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning umumiy vazifalariga quyidagilar kiradi: tarbiyalanuvchilarning maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; jamiyat rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi "inson kapitali”ni tayyorlash; madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash; ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining barakatini tartibga solish. Tarbiya jarayoni - tarbiyaviy ishlar, tadbirlarning doimiy harakatdagi zanjiridan iborat. Tarbiyaviy tadbirlar - turli xil moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga javob beruvchi, tarbiyaviy maqsadlarnipg yagona majmuasiga bo‘ysundirilgan, bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir butun tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazmunini ta’limni ko'zda tutgan tarbiyaviy ta’sir majmuidir. Ta’lim jarayoni alohida m ashg1 ulotlardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar tarbiya jarayonining bir boTagidir. Tarbiyaviy ish - bu tarbiyaning tizimliligi, toialigi, uzviyligi va uzluksizligidir. Tarbiyaviy ish tarbiyalanuvchi-larning muayyan faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi shakldir. Tarbiyaviy ishning asosiy xususiyati - zaruriylik, foydalilik va tatbiq etish imkoniyatidan iborat. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda yorqin namoyon bo'ladi: • maqsadga yo'naltirilganlik. Tarbiya jarayoni - bu natijasi jam iyat uchun foydali shaxsni shakllantirishga qaratilgan maxsus tashkil etiluvchi. boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilaming birgalikdagi faoliyati. Boshqacha aytganda, mazkur jarayon qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan tarbiyachi va tarbilanuvchilarning o'zaro hamkorligidir; ko'p qirrali jarayon. Tarbiya jarayoni ko‘plab obyektiv va subyektiv omillarga bogiiq. Subyektiv omillar bolaning ichki ehtiyojlari bilan bogTiq bo'lsa, obyektiv omillar tarbiyaviy vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan bola yashaydigan muhit sharoitlari bilan tavsiflanadi; uzoq muddat davom etishi. Pedagogikada tarkib topgan qonuniyatga ko‘ra tarbiya jarayoni inson tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadi; uzluksizligi. Tarbiya-tarbiyachi va tarbiyalanuvchilaming izchil, tizimli o ‘zaro harakati jarayoni. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tarbiyaviy ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilishi lozim; yaxlitligi. Ya’ni tarbiya jarayoni maqsad, vazifa, mazmuni, shakl, uslub va vositalarining birligi. Bolani tarbiyalash jarayoni yaxlit tavsifga ega bo‘lganligi bois tarbiyaviy ta’sirning ham to‘laqonli boiishiga erishish lozim; • variativligi. Tarbiya jarayoni xilma-xil ko‘rinishda amalga oshirilib, mazkur holatda tarbiyalanuvchilaming individual rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar, tarbiyaviy jarayonga munosabati, ijtimoiy tajribalari alohida ahamiyat kasb etadi; • natijalarning oldindan aniqlanmasligi. Tarbiya jarayonining murakkabligi shundaki, mazkur jarayon o'z mahsulini yillardavom idako‘rsatadi. Kutilgan natijaga erishish ham tarbiyachining kasbiy mahoratiga, ham tarbiyalanuvchining shaxsiy faolligiga bevosita bog’liqdir; ikki tomonlamalilik. Tarbiya jarayonining borishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi: tarbiyachi - tarbiyalanuvchi (to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri aloqa) va tarbiyalanuvchi - tarbiyachi (qayta aloqa). Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, Tarbiya qonuniyatlari ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq boTgan barqaror aloqalardir. Tarbiya jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlari mavjud: • ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog'liqligi. Obyektiv omillar tarbiyani tashkil etish shart-sharoitlari (moddiy-texnik, ijtimoiy, madaniy, sanitar-gigiyenik) orqali yuzaga chiqsa, subyektiv omillarga tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar, ularning о ‘zaro birgalikdagi harakati, murakkab aloqalar, psixologik muhit va boshqalarni kiritish mumkin; tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va о 'zaro bog 'liqligi. Tarbiya jarayoni bolalarning yosh davri rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi; qo‘yilgan maqsad va vazifalar bolalarning yosh xususiyatlariga to'liq mos kelishi lozim; faoliyat va munosabatni e ’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbayi - Tarbiyalanuvchilarning faoliyatga jalb etish orqali ularda mavjud jarayonga nisbatan munosabatni aniq baholay olish mumkin.

Download 154,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish