Impulsli stabilizatorning kirish filtirini hisoblash



Download 0,65 Mb.
bet1/4
Sana24.02.2022
Hajmi0,65 Mb.
#238743
  1   2   3   4
Bog'liq
Yorqinjon Madaminov Amaliy ishlar 1-2-3-4-5-6


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



Fan: Infokommunikatsiya tizimlarining elektr ta’minoti


AMALIYOT ISHI № 1,2,3,4,5,6


Mavzu: Infokommunikatsiya tizimlarining elektr ta’minoti.
Birlamchi va ikkilamchi elektr ta’minot manbalari.
Yopiq zanjir uchun Om qonuni.
Impulsli stabilizatorning kirish filtirini hisoblash
Invertor boshqarish qurilmasini hisoblash
Kuchlanish o’zgartirgichini hisoblash
Guruh: KIF_211-18
Bajardi: Madaminov Yorqinjon


Toshkent–2021
1-amaliyot ishi
Infokommunikatsiya tizimlarining elektr ta’minoti.


Savollar:
1.Geotermal elektr energiya manbaalari
2.Atom elektr energiya ishlab chiqarish stansiyalari
3.Quyosh batareyalaridan olinadigan elektr energiya taqsimoti




Energiya manbalariga qarab, issiqlik elektr stansiyalari (IES, bugʻ turbinali, gaz turbinali, dizelli), gidroelektr stansiya, shamol elektr stansiyasi, gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi, koʻtarilish suv elektr stansiyasi va magnitogidrodinamik generatorli styalarga boʻlinadi. Atom elektr stansiyasi, geotermal (yer issiqligidan foydalanuvchi) elektr stansiyalari va gelioenergetika stansiyalari issiqlik elektr stansiyasi jumlasiga kiradi.

Geotermal Elektr stansiyasi yer ostidagi issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradigan bugʻ turbinali Elektr stansiyasi dir. Vulkanli hududlarda 2000–3000 m yer ostidagi suvlarning temperaturasi 100° dan yuqori boʻladi. Geotermal Elektr stansiyasida suvbugʻ aralashmasi yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bugʻ ajratiladi. Bugʻ turbinaga, issiq suv isteʼmolchilarga beriladi. Bunday st-yalar Rossiya, Italiya, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiyada ishlatiladi.




Geotermal resurslar - Yer qaʼri issiqligi zaxirasi. Geotermal resurslar Gidrogeotermal (termal suvlar) va petrogeo-termal (350° va undan ortiq darajagacha qizigan quruq togʻ jinslari) resurslarga boʻlinadi. Geotermal resurslarning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar yoqilgʻi-energetika balansidagi ulushi oʻrtacha 5-10%. Gidrotermal resurslardan issikliq manbai sifatida (40° dan 100— 150° gacha boʻlgani) va elektr quvvati i.ch.da (150° dan 300° gachasi) foydalaniladi. Oʻzbekistonda Fargʻonada artezian iliqsuv havzalari bor.






Atom elektr stansiyasi (AES) — Texnologik sxemasi jihatidan issiqlik elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr stansiya. Oddiy issiqlik elektr stansiyalari (TES)da koʻmir, neft, qoramoy (mazut) va gaz yoqilsa, Atom Elektr Stansiyasida yoqilgʻi sifatida uran ishlatiladi. Atom Elektr Stansiyasining asosiy qismi atom qozoni, yaʼni atom reaktori. Atom Elektr Stansiyasida, koʻpincha, atom reaktorlarining. 4 tipi qoʻllaniladi: 1) Suv-suvli (bunda susaytirgich moda oʻrnida ham, issiqlik eltuvchi modda oʻrnida ham oddiy suv ishlatiladi); 2) Grafit-suvli (suv — issiklik eltuvchi, grafit esa susaytiruvchi boʻladi); 3) Ogʻir suvli (oddiy suv issiqlik eltuvchi, ogʻir suv esa susaytiruvchi); 4) Grafit-gazli (gaz — issiqlik eltuvchi, grafit — susaytiruvchi).


Zamonaviy atom energetikasida asosan uran235 dan foydalaniladi. Uning tabiiy zaxirasi unchalik katta emas, organik yoqilgʻining esa atigi 10 % ini tashkil kiladi. Bu miqdor atom energetikasini yoqilgʻi bilan uzoq vakdtacha taʼminlay olmaydi. Yadro yoqilgʻisi sifatida qoʻllaniladigan plutoniy-239 va uran-233 olish uchun xom ashyo hisoblanadigan uran-238 bilan toriy-232 ning zaxirasi yer bagʻrida yetarli miqdorda. Bu yadro yoqilgʻilari yerdagi energetik resursni taxminan. 1000 baravar oshiradi. Hozirgi yoqilgʻi ishlab chiqaradigan koʻpaytiruvchi atom reaktorlarida yoqilgʻi miqdorini ishlash jarayonida orttirish mumkin.




Quyosh batareyasi — yarimoʻtkazgichli fotoelementlarga asoslangan tok manbai; quyosh radiatsiyasi energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantiradi. Quyosh batareyasi Elementlarining ishlashi ichki fotoeffekt hodisasiga asoslangan. Dastlabki quyosh elementini 1953- 1954 yillarda AQSH olimlari G.Pirson, K.Fuller va D.Chapinlar ishlab chiqishgan.
Quyosh batareyasining quvvati yarimoʻtkazgich materialiga, quyosh elementining konstruktiv xususiyatiga va batareyadagi elementlar soniga bogʻliq. Quyosh ele-mentlari tayyorlashda kremniy §1, galliy Oa, mishyak Az, kadmiy Syo, oltingugurt 5, surma 8, tellur Te asosidagi materiallardan foydalaniladi. Quyosh batareyasi odatda usti yaltiroq qopla-mali yassi panel koʻrinishidagi quyosh elementlaridan tayyorlanadi. Batareyadagi quyosh elementlari soni bir necha ming donagacha, panelining sathi oʻnlab m2, tok kuchi yuzlab a, kuchlanishi oʻnlab V, generator quvvati bir necha oʻn kVt gacha boradi.



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish