Impulsli stabilizatorlarning kenglik-impuls modulyatsiyali boshqarish zanjirlari. Ims asosidagi chiziqli stabilizatorni hisoblash


Impulsli stabilizatorlarning kenglik-impuls modulyatsiyali boshqarish zanjirlari



Download 4,07 Mb.
bet2/3
Sana13.07.2022
Hajmi4,07 Mb.
#785285
1   2   3
Bog'liq
infk 33

Impulsli stabilizatorlarning kenglik-impuls modulyatsiyali boshqarish zanjirlari

Xatolik signalini KIMli impulsli kuchlanishga oʻzgartirishda turli xil qurilmalar ishlatiladi. Bunday qurilmalar raqamli texnika elementlarida yigʻilishi mumkin. Shunga koʻra moduyatsiyalovchi analog xatolik signalini impuls kengligini modulyatsiyalashli impuls kuchlanishga oʻzgartirish uslubi keng qoʻllaniladi. Bu uslub modulyatsilovchi signalni arrasimon kuchlanishga taqqoslashga asoslangan. Analog signal arrasimon kuchlanishda ortganda KIMli impuls shakllanadi. Shunday kilib, impulslarning takrorlanish davri arrasimon kuchlanish orqali, ularning uzunligi esa xatolik signalining sathi orqali aniqlanadi [4].


Hozirgi payta deyarli butun boshqarish zanjiri bitta kristalda katta mikrosxema tarzida yigʻilishi mumkin. Bunday mikrosxemalar tarkibiga KIM modulyatoridan tashqari tayanch kuchlanishi manbai, tranzistorlar uchun impulslarni shakllantirish kuch zanjirlari va himoyalash zanjirlari kiradi. K142EP1 mikrosxema besh funksional qismdan: tayanch kuchlanishi manbai, teskari aloqa kuchaytirgichi, KIM zanjiri, boshqarish impulslari kuchaytirgichi va kichik quvatli tranzistorlardan iborat. Kichik yuklama toklarida (50 mA gacha) mikrosxemani tugallangan stabilizator sifatida, katta yuklama toklarida esa impulsli stabilizatorlar katta quvvatli kuch tranzistorlarini boshqarish sxemasi sifatida ishlatish mumkin.



10.6-rasm. Bitta kristalda katta mikrosxema tarzida yigʻilgan boshqarish zanjiri


10.6-rasmda tasvirlangan katta integral mikrasxema tarkibiga A1 takt impulslari generatori, A8 arrasimon kuchlanish generatori, A6 teskari aloqa kuchaytirgichi, A9 tayanch kuchlanishi manbai, analog xatolik signalini arrasimon kuchlanish bilan farqini kuchaytirgichi, yani A5 KIM zanjiri, A3 va A4 moslashtirish sxemalarida yigʻilgan chiqish kuchaytirgichlari va A2 hisoblash triggeri kiradi. Chiqish kuchlanishiga proporsional boʻlgan analog signal kuchlanish boʻlgichidan 3 kirishga beriladi va A6 operatsion kuchaytirgichda A12 dan olingan tayanch kuchlanishi bilan taqqoslanadi. Xatolik signali kuchaytirgichi chiqishidagi analog signal A9 KIM komparatori kirishlaridan biriga beriladi. Bu komparatorning ikkinchi kirishiga arrasimon kuchlanish beriladi. Bu kuchlanish A8 zvenoda shakllantirilib, A1 takt impulslar generatorida sinxronlashtiriladi (10.6a,b-rasmlar). U01 xatolik signaliga t1 uzunlikdagi impuls, U02 xatolik signaliga esa t2 uzunlikdagi impuls mos keladi. Takt generatori impulslari arrasimon kuchlanish generatoridan tashqari hisoblash triggeriga ham beriladi. Triggerning noinverslovchi chiqishida T uzunlikka va 2T takrorlanish davriga ega bulgan UT1 toʻgʻri burchakli impulslar shakllanadi. Triggerning inverslovchi chiqishida esa UT1 ga nisbatan yarim davrga, yaʼni T ga surilgan UT2 impulslar ketma-ketligi shakllanadi (10.6v,g-rasmlar).


10.6-rasm. Boshqarish zanjirining vaqt diagrammalari


Xatolik signalining sathi qanchalik yuqori boʻlsa komparator chiqishidan kengligi shunchalik katta boʻlgan KIMli impulslar olinadi (10.6d-rasm). UT1 impulslar ketma-ketligi A3 moslashtirish sxemasi kirishiga, UT2 impulslar ketma-ketligi esa A4 moslashtirish sxemasi kirishiga beriladi. Moslashtirish sxemalari chiqishlaridan UQ1 va UQ2 impulslar ketma-ketligi olinadi (10.6e,j-rasmlar). 4 va 5 chiqishlardagi impulslar ketma-ketligining kengligini davriga nisbati 0 dan 0,5 gacha oʻzgaradi. A7 kuchaytirgichning 1 va 2 kirishlariga yuklama tokiga proporsional boʻlgan farq signali beriladi. Bu farq signali ortganda A7 kuchaytirgichning chiqishida A6 teskari aloqa kuchaytirgichi kuchlanishiga nisbatan kattaroq musbat kuchlanish shakllanadi. VD2 diod yopiladi va VD1 diod ochiladi KIM sxemasi kirishiga tok boʻyicha himoya zanjiridan kuchlanish beriladi. Bu kuchlanishning taʼsirida KIM impulslari uzunligi kamayadi va buning natijasida chiqish kuchlanishi ham kamayadi. Shunday qilib tok boʻyicha ortiqcha yuklanishlarda kuchlanish boʻyicha teskari aloqa zanjiri uziladi va tok boʻyicha teskari aloqa zanjiri ulanadi.



Download 4,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish