IMS asosidagi chiziqli stabilizatorni hisoblash
Amaliy mashq
1-misol. Quyidagi berilganlar boʻyicha IMS asosidagi chiziqli stabilizatorni hisoblash: UChIQ=5 V chiqish kuchlanishi, IChIQ=1 A chiqish toki, UKIR=15 V kirish kuchlanishi.
Integral stabilizator turini, tranzistorlar turlari va ularning ish rejimlarini va cheklash rezistorlarining nominallarini aniqlash talab qilinadi.
1. 142EN turkumdagi mikrosxemalar foydalaniladigan 6.28-rasmdagi sxema UKIR kirish kuchlanishi, UChIQ chiqish kuchlanishi va IChIQ chiqish toki uchun hisblanadi. Sxema yuklamada qisqa tutashuv boʻlganida tokni berilgan sathda cheklashni taʼminlashi kerak. Dastlab integral mikrosxema turi tanlanadi. Keyin yuklamada qisqa tutashuv rejimida tranzistorda ajraladigan quvvat shartidan kelib chiqib, VT2 tranzistor turi tanlanadi. Tokni cheklash zanjiri maksimal IChIQ=IKmax yuklama tokini hisobga olib hisoblanadi.
2. Yuklamada qisqa tutashuvda VT2 tranzistorda quyidagi ifoda orqali aniqlanadigan quvvat ajraladi:
PVT2 = UChIQ · IChIQ=15·1=15 Vt.
Cheklash zanjiri komponentlari parametrlarini oʻzgarishlarini (VT1 tranzistor emitter-baza oʻtishidagi kuchlanish va R1 rezistorning qarshiligi) hisobga olib bu quvvatni 30 foizga oshirish va quyidagiga teng deb olish tavsiya qilinadi:
PVT2 = 1,3 · PVT2=1,3·15=19,5 Vt.
3. VT2 tranzistor sifatida IK kollektor tokida b statistik kuchaytirish koeffitsiyentiga ega boʻlgan tranzistor tanlanadi. Bunda baza toki quyidagicha aniqlanadi:
IBVT2 = IKmax / (1 + b)=1/(1+10)=0,09 A.
VT2 tranzistorning UBE kuchlanishini va R2 rezistorning qarshiligini oʻzgarishini hisobga olib, VT2 tranzistor baza toki 30 foizga oshiriladi:
I BVT2.UV = 1,3 · IBVT2=1,3·0,09=0,113 A.
4. VT1 tranzistor turi tanlanadi. Uni ochilishi uchun R1 rezistordagi kuchlanishning pasayishi 0,65 V dan kam boʻlmasligi kerak. Shundan kelib chiqib, R1 rezistorning qarshilmgm quyidagicha aniqlanadi:
R1= UEBVT2/ IKmax=0,113/1=0,113 Om.
VT1 tranzistorni ochilishiga olib keladigan yuklama minimal tokining ortishi mIB ga teng boʻladi, bu yerda m koeffitsiyent 0,1. ..0,9 chegaralarda olinadi. U holda R2 rezistorning qarshiligi quyidagiga teng boʻladi:
R2= UEBVT2/ mIB.VT2.ORT=0,113/(0,2·0,09)=6,27 Om.
Hisoblash kompyuterda dasturiy taʼminot yordamida ham amalga oshiriladi (6.28-rasm).
6.28-rasm. IMS asosidagi chiziqli stabilizatorni hisoblash
Integral stabilizator turini, tranzistorlar turlari va ularning ish rejimlarini va cheklash rezistorlarining nominallarini aniqlash talab qilinganda kompyuterda dasturi taʼminot yordamida xisoblashimiz mumkin. Unda boshlangʻich parametrlar yaʼni kirish kuchlanishi, chiqish kuchlanishi chiqish toki kiritish bilan IMS asosidagi chiziqli stabilizatorni hisoblashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |