At-Termiziy
S herobod Shahri biroz narida qishloq qabristonining o'rta qismida islom dini ravnaqi yo'lida xusisan Payg'ambarimiz Muhammad Sallallahu Alaxi va Sallamning sunnatlarni musulmonlarga etkazishda katta xizmat ko'rsatgan Imom Termiziyning hoki poklari yotibdi . Qadimdan bu yer musulmonlar uchun tabarruk ziyoratgoh hisoblangan .
Buyuk muhadisning to'la ism shariflari Abu Iso Muhammad bin Iso bin Savra bin Muso bin az - Zahhoh , az- Zarir at Termiziy al Bug'iydir . Ul zod islom olamidagi mashhur muhadislaridan biri bo'lib tarix va boshqa fan sohalrida ham beboho asarlar talif etgan .
Imom Termiziy milodiy 824 yilda Termiz shahridan olti fasax shimolda joylashgan bu qishlogida tavolid topgan ul zod yoshlik paytlaridan Samarqand , Buxoro , Marv va boshqa shaharlarda mashhur ulamo va muhadislar asarlarini o'rgana boshlagan 850 yildan boshlab islom dunyosini turli shahar va mamlakatlariga safar qilganlar . Hususan Hijoz , Iroq , Huroson va boshqa joylarda bo'lib mashur muhadislar ulamolar bilan muloqatda bo'lganlar . Mishipir shahrida istiqomat qilgan Imom Buxoriy atrofida to'plangan ko'plab shogirt va izdoshlarining eng mashxurlaridan ulardan biri Imom Termiziy edilar . Imom Termiziy hadislar to'plab bir qancha asarlar yaratganlar "Jome us Saxix " yoki "Sunani Termiziy " , "kitob ilal" "kitob at tarix", "Kitob ash shamoil an Nabarivia" , "Kitob as Zuhd" va boshqalar shular jumlasidandir .
Imom Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok as-Sulmiy az-Zaririy al-Bug'iy at-Termiziy hozirgi Termiz shahridan olti farsax uzoqlikda joylashga Bug' qishloqida 209 hijriy sanada tavallud topdilar. Kunyalari Abu Iso, ismlari Muhammad, otalarining ismlari Iso, bobolarining ismlari Savra, nisbatlari Jayhun daryosi bilan o'ralgan qadimgi Mavorounnahrning «Termiz» shahri nomi bilandir. U zotning ustozlari ko'p bo'lib, ulardan eng mashhuri Imom Buxoriydir. Ko'p hadislarni Buxoriydan rivoyat qilganlar. Yana ustozlaridan Imom Muslim va Abu Dovud hamda Basra, Kufa, Xuroson, Hijoz shayxlari bo'lib, ularning ra'yi va vositasi orqali ham foydalanganlar. Imom at-Termiziy kitobi «Sahih» deb tan olingan olti nafar imom ichida to'rtinchi o'rinda turadilar.
U zotning kitoblari bo'lmish «Sunani Termiziy» esa «Sahih Buxoriy» va «Sahih Muslim» kitoblaridan keyingi o'rinlarda turadi. U zot hadisni jamlashlikda va uni aniqlashda, yodlashda va zikr qilishda alohida bir maqomga ega edilar. U kishining shogirdlaridan bo'lgan Abu Sa'd Idriysiy ustozlarini sifatlab, yodlashlari, zehnlari to'g'risida, zarbul-masallar bitilganini aytadilar.
Shogirdlaridan yana birlari: «Imom Buxoriy vafotlaridan keyin Xurosonda Abu Iso at-Termiziydek ilmda, zehnda, taqvoda, zohidlikda biror kishi topilmas edi», deb aytadi. Imom at-Termiziy ko'p yig'laganlaridan, hayotlari- ning oxirgi ikki yilida ko'zlari ojiz bo'lib qolgan. li Ibn Atiyya: «Mening huzurimda Imom Buxoriy va Muslimning kitoblariga qaraganda Imom at-Termiziyning kitoblari nurliroq va tushinarliroq»-deb aytadilar. «Nima uchun?»-deb so'ralganda, Atiyya: «Chunki ikkita Imomning kitoblaridan faqatgina ilm va ma'rifat ahllarigina foydalana olishadi xalos»-deb aytgan ekanlar. Shayxlardan biri Imom at-Termiziyga 40ta g'arib hadisni aytib, imtihon qilishlik uchun so'raganda, birorta harfda ham xato qilmasdan avvalidan oxirigacha o'qib berganlarini ko'rib, sening mislingdagi kishini ko'rmaganman, deb aytdilar.
Imom at-Termiziy ko'p kitoblarning muallifidir. Ayniqsa «Sunan» kitoblari kitoblarining chiroyli, foydasi ko'p bo'lib, takror so'zlari oz, chiroyli tartibda yozilgan kitobdir. Abu Ali Mansur ibn Abdulloh Xolidiy Imom at-Termiziyning «Jomi' as-Sahih» kitoblarini sifatlab: «Kimning uyida mana shu kitob bo'lsa, go'yoki uyida Payg'ambarimiz gapirayotgandek bo'ladilar», deb aytadilar. U zotdan bizga quyidagi kitoblar meros bo'lib qoldi: «Kitobu azim» («al-Jomi' as-Sahih»), bu kitob «Sahih at-Termiziy» nomi bilan mashhurdir, «Shamoilu Nabaviya», «Ilalu mufrad», «Ilalu fiy oxiri jomi'», «Kitobu Zuhd», «Kitobu Tarix», «Asmou Sahoba», «Asmo va kuna», «Kitobu fiy asari mavqufa». Imom at-Termiziyni «Sahih» kitoblariga ko'plab sharh va muxtasarlar yozilgan. Ustozlari bo'lmish Imom Buxoriy at-Termiziyga qarata: «Sen mendan foydalanganingdan ko'ra, men sendan ko'proq foydalandim»-deb aytdilar.
Imom at-Termiziy quyida ismlari keladigan shayxlardan hadislar eshitib, ulardan rivoyat qildilar: Abdulloh ibn Muoviya Jumahiy (243 hijriy sanada vafot etganlar), Ali ibn Hojar Marvaziy (244 hijriy sanada vafot etganlar), Suvayd ibn Nasr ibn Suvayd Marvaziy (240 hijriy sanada vafot etganlar), Qutayba ibn Sa'iyd Saqafiy Abu Rojo (150 hijriy sanada tug'ilib, 240 sanada vafot etdilar), Abu Mus'ab Ahmad ibn Abu Bakr Zuhriy al-Madaniy (150 hijriy sanada tug'ilib, 242 sanada vafot etdilar), Muhammad ibn Abdulmalik Abu Shavorib (244 hijriy sanada vafot etdilar), Ibrohim ibn Abdulloh ibn Hotam al-Hiraviy (178 hijriy sanada tug'ilib, 244 hijriy sanada vafot etdilar), Ismoil ibn Muso Fazoriy as-Saddiy (245 hijriy sanada vafot etdilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |