Imo – ishoralar nazariyasi.
Bu nazariyaning asoschilari nemis olimi Vundt va
akademik N.Y.Marr bo`lib, ularning fikricha, insonlar tovush tili paydo bo`lgunga qadar
bir birlari bilan imo-ishora orqali aloqa qilganlar. Marrning da‟vo qilishicha , odamlar
yarim million yil davomida “imo-ishora tili” orqali aloqa qilganlar va keyinchalik bu
tovush tiliga aylangan. Agar insoniyatning hayvonot dunyosidan ajralib chiqqanligini,
qorin to`yg`azish maqsadidagina mehnat qilganligini, jamoa bo`lib mehnat qilish
natijasida tilning paydo bo`lishiga ehtiyoj tug`ilganligini hisobga olsak, kishilarning
muhim aloqa vositasi bo`lgan tilga imo-ishora juda kichik bir qo`shimcha vosita
bo`lganligini anglab yetish qiyin emas. Demak, inson nutqi taraqqiyotining ma‟lum bir
bosqichida imo-ishora tili kishilarning o`zaro aloqa qilishlarida yagona vosita bo`lgan
edi, degan fikr ilmiy jihatdan asosli emas. XIX asrning ikkinshi yarmida
Do'stlaringiz bilan baham: |