Imom Al-Buxoriyning pedagogik g‘oyalari


- deydi. Ustoz Imom Ahmad ibn Xanbal al-Marvaziyning aytishicha, ≪Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi ohm chiqqan emas≫



Download 128,09 Kb.
bet2/2
Sana27.06.2022
Hajmi128,09 Kb.
#709861
1   2
Bog'liq
Imom Al-Buxoriy pedagogik g`oyalari

- deydi. Ustoz Imom Ahmad ibn Xanbal al-Marvaziyning aytishicha, ≪Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi ohm chiqqan emas≫.
Imom Ismoil al-Buxoriyning o'tkir zehni xususida yana shunday rivoyat keltiriladi: ≪Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan sheriklaridan biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: ≪Imom Buxoriy bizlar bilan birga ustozning darsini eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o'tirardi.
Shu tarzda qancha kunlar o'tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga: Sen nega hadislarni yozmaysan? - deb ta’na qilgan vaqtimizda: Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og'zidan yodlab olayotirman, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir chekkadan yoddan o'qib berdi. Shundan keyin biz yozib olgan hadislari- mizdagi xatolarni uning yodlaganlaridan tuzatib oladigan bo'ldik≫.
Imom Ismoil al-Buxoriy juda ko'p zabardast olimlardan ta’lim oladi. Manbalarda alloma ustozlarining soni to'qson nafarga yaqin bo'lgan deb ko'rsatiladi. Muhammad ibn Yusuf al-G'artobiy, Ubaydulla ibn Musa al- Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al-Hamiydiy, Ishoq ibn Ibrohim ar-Rahavayh, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ah al-Madiniy kabi olimlar uning ustozlari sanaladilar.
Imom Ismoil al-Buxoriyning o'zi ham yirik va mashhur olimlar - Ishoq ibn Muhammad al-Ramoziy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masna- diy, Muhammad ibn Xalaf ibn Qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Muhammad Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjojga ustozlik qilgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy o'ta kamtar, insonparvar, xulq-odobda tengsiz, sahovatli inson ham bo'lgan. U hadis ilmining etuk olimi sanalsa-da, zamondoshlari hamda shogirdlaridan ham ilm o'rgangan. Alloma bir ming sakson nafar muhaddisdan hadis eshitgan. Allomaning o'zidan esa to'qson ming nafar kishi ishonarli hadislarni eshitgan. Ma’lumotlarga ko'ra, Imom Ismoil al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to'plagan, 100 ming ≪sahih≫ va 200 ming≪g'ayrisahih≫ hadislarni yod olgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy uzoq safardan ona yurti Buxoroga qaytgach, talaba va ulamolarga hadis ilmidan saboq beradi va mazkur ilmning targ'ibotchisiga aylanadi. Rivoyatlarga ko'ra, xalifaning Buxorodagi noibi Xolid ibn Ahmad ibn Xohd az-Zuhahy uni saroyga kehb hadis ilmidan saboq berishga taklif etadi. Ammo Imom Ismoil al-Buxoriy bu taklifga: ≪Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak boisa, bolalami (ikkinchi rivoyatda saroyidagilami) uyimga yoki masjidimga yuborsin≫, - deb javob beradi. Shu bois alloma bilan amir Xohd ibn Ahmad az-Zuhaliy o'rtasidagi munosabatga putur etadi. Bunga ayrim hasadgo'y shaxslaming igvolari ham sabab boladi. Amir allomaning shahardan chiqib ketishiga farmon beradi. Samarqand ulamolari Imom Ismoil al-Buxoriyni o'z yurtlariga taklif etadilar. Yo'lga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriy Samarqand shahriga yaqin bolgan Hartang qishlog'i (hozirgi Poyariq tumanining hududi)da betob bo'lib qoladi va shu erda hijriy 256 -yili ramazon oyining oxirgi kuni (milodiy 872 -yil 1 sentyabr) 62 yoshida vafot etadi va shu erga dafn etiladi.
Imom Ismoil al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan. Uning ≪Al- jome’ as-sahih≫ (≪Ishonchli to'plam≫), ≪Al-adab al-mufrad≫ (≪Adab durdonalari≫), ≪At-tarix al-kabir≫ (≪Katta tarix≫), ≪At-tarix as-sag'iyr≫, (≪Kichik tarix≫), ≪Al-qiroatu xalfa-l-Imom≫ (≪Imom ortida turib o'qish≫), ≪Vaf ul-yadini fi-s-saloti≫ (≪Namozda ikki qo'lni ko'tarish≫) kabi asarlari mavjud bo'lib, ularning qo'lyozmalari bizgacha etib kelgan. Ammo ≪At- tarix al-avsat≫ (≪O'rta tarix≫), ≪At-tafsir al-kabir≫ (≪Katta tafsir≫), ≪Al- jome’ al-kabir≫ (≪Katta to'plam≫), ≪Kitob ul-hiba≫ (≪Hadya kitobi≫) nomli asarlari ham bo'lganligi ma’lum. Biroq ular bizgacha etib kelmagan. Shubhasiz, yuqorida nomlari qayd etib o'tilgan asarlarining eng yirigi, shoh asari ≪Al-jome’ as-sahih≫dir. Bu asar ≪Sahih al-Buxoriy≫ nomi bilan ham dunyoga mashhur. 4 jilddan iborat mazkur kitobga 600 ming hadisdan 7275 eng ≪sahih≫ hamda 4000 takrorlanmaydigan hadis kiritilgan. Bu kitob Islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi.
Islom dini insonni ma’naviy kamolot sari etaklovchi ta’limotdir. Shu sababh Qur’oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq-odob qoidalari va ularga kishilaming qat’iy amal qilishlari lozimligi borasidagi qarashlar keng targ'ib etilgan. Imom Ismoil al-Buxoriyning ≪Al-jome’ as-sahih≫ asarining bir jildiga odob-axloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan boisa, ≪Al-adab al-mufrad≫ (≪Adab durdonalari≫) nomli asarda ham ijtimoiy turmushda hamda insonlar o'rtasida o'zaro munosabatlarni tashkil etish chog'ida amal qilinishi lozim bolgan odob-axloq qoidalari borasida yanada batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu asar 644 bobda bayon etilgan 1322 hadisni o'z ichiga oladi.
Download 128,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish