Imom al-buxoriy (810-870) reja



Download 24,27 Kb.
Sana29.07.2021
Hajmi24,27 Kb.
#132013
Bog'liq
IMOM AL-BUXORIY (810-870)


IMOM AL-BUXORIY (810-870)
REJA:


  1. Imom al-Buxoriy hayoti

  2. Imom al-Buxoriy ilmiy faoliyati

Buxoriy, Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘i) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.



Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5—6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (s.a.v)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo‘l oladi. 825 yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 yil Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(s.a.v)ning hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi. Bir necha tarixchilarning taʼkidlashicha, Imom Buxoriy Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan safarlari 6 yil davom etgan. So‘ng Basra, Kufa va Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga o‘tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarda bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboq oldi va hadislar to‘pladi. Imom Buxoriyning asarlari orasida eng mashhur bo‘lgani “Al-jome’ as-Sahih”dir. Undan tashqari tarixiy voqealar va shaxslarni chuqur tahlil qiladigan, hadis ilmining asoslaridan bo‘lgan ilmlarga oid bir qator o‘ta ahamiyatli kitoblar yozdi. Imom Buxoriyning ilmiy ahamiyati yuksak bo‘lgan bir nechta asarlar tasnif qildi: «Al-jome’ as-sahih», «Al-adab al-mufrad», «At-tarix al-kabir», «At-tarix as-sag‘ir», «At-tarix al-avsat», «At-tafsir al-kabir» «Birrul volidayn», «Asmo as-sahoba», «Kunyalar» va boshqalar. Ular orasidagi «Al-jome’ as-sahih» asari islom olamida Qur’ondan keyingi eng muhim manba sifatida e’zozlanuvchi manba hisoblanadi. Imom Buxoriyning hadislar to‘plash borasidagi qo‘ygan shartlari boshqa muhaddislarning shartlaridan ko‘ra aniqroq bo‘lgani sababli «Al-jome’ as-sahih» asari «Eng ishonchli hadislar to‘plagan» nomiga sazovor bo‘lgan. Muhaddislar hadislarning roviylarini o‘zaro uchrashganlari ehtimoli mavjud bo‘lsa shunga kifoyalanishgan, ammo Imom Buxoriy eshitgan hadislarining roviylari o‘zaro uchrashganini alohida ko‘rgan guvohning e’tirofini ham shart qilib qo‘ygan. Bunday shart boshqa muhaddislarda uchramaydi. Hofiz ibn Xajar al-Askaloniyning hisobiga ko‘ra «Al-jome’ as-sahih»dagi hadislarning soni 7397 tani tashkil etadi. Bular orasida takrorsizlari 2602 tani tashkil qiladi. Izohlar, roviylarning ixtilofi va ilovalarni qo‘shilsa kitobda keltirilgan hadislar soni 9082 taga yetadi.Aynan Imom Buxoriy tufayli Movarounnahr hududida IX-XII asrlarda ko‘plab hadisshunoslik maktablari shakllandi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda olimning asarlari dunyoning o‘nlab tillariga tarjima qilingan va islom dunyosida uning ijodidan ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda foydalanib kelinadi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, hadis ilmini targ‘ib etishga kirishadi. Ul zotning bu saʼyu ko‘shishlari bu vaqtda Buxoroda isoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan „Kitob alfavoid“ („Foydali ashyolar haqida kitob“), „AlJomi’ alkabiyr“ („Katta tayanch“), „Xalq af’ol alibod“, („Alloh bandalari ishlarining tabiati“), „AlMusnad alkabiyr“ („Katta tayanch“), „Attafsir alkabiyr“ („Katta tafsir“), „Kitob alxiba“ („Xayrehson haqida kitob“) va boshqa asarlarning baʼzilari bizgacha yetib kelmagan, baʼzilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida maʼlumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida „Tafsir alQur’on“ („Qur’on tafsiri“) kitobini ham alohida taʼkidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha Madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar.Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi elyurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Imom alBuxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida“gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998 i. 23 okt.da Samarqandda yubiley to‘ytantanalari bo‘lib o‘tdi. www.ziyouz.com kutubxonasi 750Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Hartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi (qarang Buxoriy yodgorlik majmui).Buxoriyning boy maʼnaviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi bilan Imom alBuxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998 yil 4 noyab.; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning „alJomi’ assahih“i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniyfalsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000 yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining maʼnaviymaʼrifiy, ilmiyadabiy „Imom alBuxoriy saboqlari“ jur.ini nashr eta boshladi. Jur. xalqimizni milliymaʼnaviy merosimizdan bahramand etish, milliy, liniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni uz oldiga maksad qilib qo‘ygan. O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent Islom in-tiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitobalbom, 2 qismli film (1995), „Hadis ilmining sultoni“ 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.

Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin u zotning aytgan so‘zlari (hadislarni) va sunnatlari (hayot tarzlari, qilgan ishlari)ni to‘plash, kitob shakliga keltirish VIII asr oxiridan boshlanib, X asrga kelib butun Islom olami tan olgan oltita hadislar to‘plami vujudga keddi. Bular asosan Markaziy Osiyolik muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Ter-miziy, Imom asoiy, Imom Abu Dovud va Imom Mojjalar qalamiga mansubdir. Bular qatoriga yettinchi qilib  Imom  Dorimiy  Samarqandiyni ham qo‘shadilar. Hadis olimlarining rahnamosi, alloma, imomlar imomi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Buxoriydir. 

Bu ulug‘ zot hijriy 194 (milodiy 810) yili Buxoroda tug‘ilganlar. 825 yili otalari va birodarlari bilan haj safariga borib, o‘sha yerda qolib ketganlar. U yerda ilmlarini takomillashtirib, payg‘ambar (s.a.v.) hadislarini to‘plash, tartibga solish, ulardan qaysi biri to‘g‘ri qaysi biri payg‘ambarga (s.a.v.) taalluqli emasligini aniqlash maqsadida Makka, Madina, Shom, Misr, Falastin, Iroq shaharlarini kezib, bir necha yil badaviy arablar orasida yurdilar. Shu tariqa ranju mashaqqatlar bilan jami 600 ming hadis to‘plab, bulardan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih» hadislarni yod olganlar. 600 ming hadisdan 7265 tasini «Jome as-sahih» («Ishonchli to‘plam») kitobiga kiritdilar. 

Imom al-Buxoriyning mashhur asarlari 15 ta bo‘lib, ulardan quyidagilarni ko‘rsatamiz: 

1. «Al-Jome as-sahih». Buyuk allomaning eng buyuk va mashhur asari. Bu kitob «Sahih al-Buxoriy» nomi bilan ham yuritiladi. Bu asarga kiritilgan ishonchli hadislar soni takrorlanadiganlari bilan 7275 ta bo‘lib, takrorlanmaydigan hadislar 4000 tadir. Asar yozilganligiga 1200 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, shu vaqtgacha u Islom olamida Qur‘ondan keyin ikkinchi o‘rinni tutadigan muhim manba vazifasini o‘tab kelmokda. O‘rta asrda yashagan ba‘zi adib va xattotlar uchun bu kitob nusxalarini ko‘chirish tirikchilik vositasi ham bo‘lib kelgan. Taniqli adib va ilohiyatchi olim an-Nuvayriy (vafoti 1332) undan 8 nusxa ko‘chirib, har birini 1000 dirhamdan sotgan. Uning 1325 yili ko‘chirilgan nodir nusxasi Istanbudda saqlanmokda. «Al-Jome‘ as-sahih»ga ko‘plab sharhlar bitilgan. U qayta-qayta nashr etilgan. 

Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislarda faqat Islom dini ta‘limotiga oid qoidalar aks ettirilibgi-na qolmay, ular mehr-muhabbat, halollik-poklik, saxiylik, ota-ona, kattalarga hurmat, yetim-yesir, beva-bechoralarga muruvvat, mehnatsevarlik, vatanga muhabbat kabi oliyjanob insoniy fazilatlar majmuasidir. 

Hadislarda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimani qilmaslik lozimligi haqidagi zamonamiz ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun katga tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar, pandu-nasihatlar va o‘gitlar o‘z aksini topgan. 

2. «Al-Adab al-mufrad» (Adab haqida yagona kitob). Yuqorida zikr qilganimiz payg‘ambarimiz (s.a.v.)-ning olti nafar tan olingan hadis olimlari to‘plagan hadislarida axloq-odob masalasi asosiy o‘rinda turadi. Chunki musulmon bo‘lish uchun eng avvalo yaxshi xulqli, odobli, insofli, pok va halol bo‘lish shart. Bu borada payg‘ambar alayhissalom o‘zlari: «Men yaxshi va oliy axloqlilarni kamolotga yetkazish uchun payg‘ambar qilib yuborildim» deganlar. 

Shuning uchun ham Imom Buxoriy o‘zining shoh asari «Jome as-sahih»da-gi axloq-odob haqidagi hadislarni bitta kitobga jam-ladi. 

Bu olimni qoniqtirmagandan keyin, butun Islom olamini yaxshi xulq va odobda tarbiyalashni ko‘zda tutgan holda axloq va odobga oid hadislarni alohida bir kitobga to‘plab, «al-Adab al-mufrad» nomli asarini yozdi. Kitob 644 bobdan iborat bo‘lib, ularda 1322 hadis jamlangan. Bu asarda boshqa muhaddislar kitoblarida uchramaydigan bir qancha hadislar ham berilgan. Asarning yana bir qimmatli tomoni shuki, undagi hadislarni yozib olgan hadis rivoyatchilari (isnodlar) boshqa muhaddislar isnodlariga nisbatan ancha ishonchli kishshgar bo‘lgan. 

«Al-Adab al-mufrad» qo‘lyozmalari Sharq va G‘arbning juda ko‘p kitobxonalarida mavjud. U 1898 yili Hindistonda. 1930 yili Qohirada. 1970 va 1980 yillari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashabbusi bilan ikki marta arab tilida nashr etildi. Uning 600 hadisdan iborat 267 bobi taniqli islomshunos olim Shamsuddin Boboxonov tomonidan o‘zbek tiliga ag‘darilib, 1990 yili «O‘zbekiston» nashriyotida chop etildi. Tarjimada ba‘zi hadis-larga izohlar ham berilgan. 

«Al-Adab al-mufrad»ning 1-24 boblari ota-onaga xizmat qilish, ularning hurmatini joyiga qo‘yish, ayniqsa, qarigan chog‘ida ularni e‘zozlab parvarish qilish, diliga ozor bermaslik, ularning haqqini ado etish masalalariga bag‘ishlangan. Ba‘zi misollar keltiramiz. 

Muslim ibn Xayyila (raziyallohu anhu) aytdilar-ki, rasulullohdan «Ey rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo‘ladi?» deb so‘radim. «Onangga»— dedilar. «Men shu savolni uch marta qaytarsam ham rasululloh «Onangga» deyaverdilar. To‘rtinchi marta so‘ra-ganimda: «Otangga va yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga» dedilar. Abu Hurayra (raziyallohu anhu) aytadilar: rasululloh; «Bolaning otasi birovlarning quli bo‘lsa uni hojasidan sotib olib, ozod qilmaguncha uning haqqini ado qilgan bo‘lmaydi» - deydilar. 

Abu Bakr (raziyallohu anhu) aytadilar: rasululloh: «Men sizlarga gunohlarning eng kattasini aytib beraymi? - deb uch marta so‘radilar. Sahobalar «Ey rasululloh, aytib bering», - deyishdi. «Alloh taologa shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lish», dedilar. 

Hadislardan anchasi qarindosh-urug‘larga yaxshilik qilish, ular bilan bordi-keddi qilib turish, holidan xabar olish va ularga rahm-shafqatli bo‘lish haqidagi hadislardir. Bakr ibn al-Horis Ansoriy (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilindi. U 
kishi rasulullohdan «Yo rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilishim kerak?» - deb so‘radilar. Rasululloh (s.a.v.); «Onangga, otangga, opa singillaringga, aka-ukalaringga va yaqin kishilaringga. Bu ish zaruriy burch va uzilmasligi kerak bo‘lgan qarindoshliqdir», - dedilar. 

Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, nomi o‘zi bilan «Adab durdonasi» adab axloqning durdonasidir. 1200 yildan buyon Islom olamida insonlarda yaxshi oliyjanob xislatlarni tarbiyalash, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish, xizmat qilib, odamlarni pok iymonli, e‘tiqodli, insofli bo‘lishga yo‘llab, yomon illatlardan saqlab kelayotgan bebaho asar hozirgi bizning za-monamizda ham o‘z qimmatini yo‘qotmay hayotimizning hamma talablariga to‘la javob beradi. 

3. «At-Tarix as-sag‘ir» (Kichik tarix). 

4. «At-Tarix al-avsat» (O‘rtacha tarix). 

5. «At-Tarix al-kabir» (Katta tarix). 

6. «At-Tafsir al-kabir» (Katta tafsir). 



Ammo bunday bebaho durdonalardan Sho‘ro davrida xalqimiz butunlay bebahra bo‘lib kelgani achinarli holdir. Mustaqillik tufayli dinimiz, iymon e‘tiqodimiz qayta tiklandi. Imom Buxoriyning to‘rt qismdan iborat «Jome‘ as-sahih» asari o‘zbek tiliga to‘la tarjima qilinib nashr etildi. U zoti sharif haqida o‘nlab risolalar, yuzlab maqolalar chop etildi. Olimning Xartangdagi Sho‘ro davrida tashlandiq holga aylantirilib, jamoa xo‘jaligi ombori, atrofida qarovsiz chakalakzor bo‘lgan tabarruk maqbara va masjidi misli ko‘rilmagan darajada ta‘mirlanib, yoniga o‘sha davr uslubida yangi masjid, minora va arklar barpo etildi. Bularning hammasiga Prezidentimiz I.A.Karimov bevosita rahbarlik qildilar. Inshoot kerakli mablag‘ va qurilish materiallari bilan uzluksiz ta‘-minlab turildi. 

1974 yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashabbusi bilan Respublikamizda butun Islom dunyosi vakillari ishtirokida Imom al-Buxoriy tavalludining 1200 yilligi nishonlangan edi. 1998 yidda Respublika Vazirlar\ Mahkamasi qarori bilan buyuk alloma Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi juda keng miqyosda nishonlandi. Imom al-Buxoriy jamg‘armasi tashkil etildi. «Imom al-Buxoriy soboqlari» jurnali ta‘sis qilindi. Toshkentdagi oliy diniy maktabga uning nomi berildi. Faqat mustaqillik tufayligina o‘zbek xalqining buyuk farzandi, iftixori, shon-sharafi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Imom al-Buxoriy butun dunyoga qaytadan nom taratib, o‘z shu‘lasi bilan Islom ahlini nurafshon etmoqda. 
Download 24,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish