Shilliq qavatlari. Turli a'zolarning shilliq qavatlari mikroorganizm kirishi uchun to'siq boiib hisoblanadi. Nafas yo'lining mexanik himoyasi tebranuvchi kiprikchalari bor epiteliylar yordamida amalga oshiriladi. Yuqori nafas yoii epiteliy kiprikchalarining harakati og'iz va burun bo'shlig'i yo'nalishi bo'yicha mikroorganizmlarni harakatla-nishiga to'sqinlik qiladi. Burun bo'shlig'idagi tukchalar ham bakte-riyalarga shunday ta'sir ko'rsatadi. Aksirish va yo'talish mikroor¬ganizmlarning chiqib ketishiga yordam beradi va aspiratsiya (nafas orqali organizmga kirishi)ning oldini oladi. Ko'z yoshi, so'lak, ona suti va organizmdagi boshqa suyuqliklar o'zida lizotsim moddasini saqlaydi. U mikroorganizmlarga o'ldiruvchi (kimyoviy) ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, shilliq qavatlarning normal mikrofiorasi biologik himoya omili sifatida patogen mikroorganizmlarga antagonist bo'lib hisoblanadi.

Yallig'lanish — mikroorganimning begona zarrachalarga nisbatan reaksiyasidir. Yallig'lanishning sabablaridan biri organizmga infeksiya qo'zg'atuvchilarining kirishidir. Yallig'lanishning yuzaga kelishi mikroorganizmni o'ldirishga yoki ulardan ozod bo'lishga olib keladi. Yallig'lanish shikastlanish o'chog'ida qon va limfa bezlarining buzilishi bilan ifodalanadi. Bu haroratning ko'tarilishi, shish, qizarish vaog'riq bilan kechadi.

Nospetsifik himoyaniag hujayraviy omillari — fagotsitoz. Yallig'lanish mexanizmining asoslaridan biri fagotsitoz — bak¬teriyalarni yutish jarayoni hisoblanadi. Fagotsitoz jarayonini birinchi bo'lib, 1.1. Mechnikov ta'riflagan. U fagotsitozni bir hujayrali amyoba-terda o'rganishdan boshlagan, amyobalar uchun fagotsitoz jarayoni oziq-ovqatlarni hazm qilish tarzi hisoblanadi. Hayvonot dunyosi nvojlanishida bu jarayonning turli bosqichi kuzatilgan. I. I. Mechnikov odamda fagotsitozni maxsus hujayralarini aniqlagan. Ular yordamida bakteriyalar yo'qotiladi, qon quyilish o'chog'ida o'luk hujayralar shimiladi va hokazo.