Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlash. Reja: Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati



Download 94,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana11.01.2022
Hajmi94,97 Kb.
#343874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hAnP6jeVvppRi5DxCXMvt01soWK9UQ9oY6xFXyqq

IV.

 Aqli 

zaif 

bolalar 

bilan 

ishlashda 

o’qituvchining 

vazifasi

Umumta’lim  maktablarida  o’qiyotgan  aqli  zaif  bolalarni  bilish  faoliyati  bilan

sog’lom bolalar bilish faoliyatlarini farqlay bilish lozim.

Sog’lom  bolaga  qo’yilgan  o’quv-dastur  talabini  aqli  zaif  bolaga



qo’llamaslik.

Dars   jarayonlarida   aqli   zaif   bolalarni   o’zlashtirish   qobiliyatiga   mos



keladigan vazifalar berib boorish lozim.

Bolani   darslarni   o’zlashtirmasligi   uchun   o’quvchilar   o’rtasida 



izza

qilmasdan

,   balki   uning   ayrim   yutuqlarini   hisobga   olib   rag’batlantirish

choralarini ko’rish.

Umumiy   aqli   zaif   bolalarni   umumta’lim   maktablarida   o’qitish   ishi



o’qituvchi   oldida   ancha   murakkab   muammolarni   keltirib   chiqaradi.   Bu

o’rinda   o’qituvchilarimiz   ularning   ota-onalari   bilan   hamkorlikda   ish   olib

borishi, bolalarini xarakter xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan

dars jarayonida ish olib borish muhim ahamiyatlidir.

Nuqsonli   bolalarni   hayotda   o’z   o’rnini   topishi,   kelajakda   o’z   mehnati   evaziga

hayotkechirish   ko’nikmasiga   ega   bo’lish,   o’qituvchilarimizning   oldida   turgan

asosiy vazifa hisoblanadi.

Umuman xulosa qilib aytadigan bo’lsak umumta’lim maktablarida o’z sog’lom

tengqurlari qatorida o’qiydigan bolalarga o’qitish va ta’limni to’g’ri tashkil qila

bilish har bir o’qituvchini mas’uliyatli burchi bo’lib qolishi kerak.

Nogiron bolalarga ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashishi

emas, balki bu bolalrga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxus ehtiyojli

bolalar uchun ta’lim masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida

yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda tuzishni talab etadi.

Bundan tashqari inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqonlarni bartaraf

etish, korreksiyalash, kompensasiya qilish bilan bir qatorda bilim ko’nikmalarga

ega   qilish,   kasb   hunarga   o‘rgatish   ishlarini   parallel   ravishda   olib   borish   talab



etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga ilk yosh davrida erta

yondashish  ham  yotadi. Maxsus  ehtiyojli  bolalar ta’limi  boshlang‘ich  va o‘rta-

maxsus ta’limni olishlari blan yakunlanmasligi kerak. Nogiron bolalarning kasb-

hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi taalab etadi. Chunki inklyuziv

ta’lim   tizimining   vazifalaridan   biri   maxsus   ehtiyojli   bolaarni   har   tomonlama

rivojlantirish,   ularning   barcha   huquqlarini   ta’minlashdan   iboratdir.   Inklyuziv

ta’limga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, tashkiliy va uslubiy islohotlarni

talab etadi. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida ehtiyojlari

qondirilmayotgan   bolalardir.   Shu   sababdan   maktablar   barcha   bolalarning   turli

xildagi va umumiy maqsadlari, intilishlari, qiziqishlariga javob berishi va ularning

bilim olishlarini ta’minlashi lozim.Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun umumiy

ta’lim   tizimiga   tarkibiy   o‘zgartirishlar   kiritish   muhimdir.   “Umum   ta’lim”   va

“maxsus ta’lim” o‘rtasidagi to‘siqlar olib tashlanishi kerak. Maxsus ta’lim oddiy

ta’limning bir qismi bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining o‘quvchilari, o‘qituvchilari,

boshqaruv jamoasi va ta’minot tizimidan tashkil topgan ikkita ta’lim tizimi amalda

qo‘llanilib   kelinmoqda.   Barcha   o‘quvchilarning   talablariga   javob   beruvchi

“Inklyuziv   maktab”da   bunday   tizimga   ehtiyoj   qolmaydi.   Islohotlar   ta’lim

maqsadlarining   amaliyotini   boshqarish   mumkin,   lekin   ularning   pedagogik

amaliyotini to‘g‘ridan-to’g’ri boshqara olmaydi. Shu sababdan samarali bo‘lishi

uchun   islohotlar   yaxshi   muhokama   qilinishi   va   ta’lim   tizimi   boshqaruvchilar

hamda uni amalda qo‘llovchilar tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.

Inklyuziv ta’lim quyidagi shart-sharoitlarda tashkil etilishi mumkin: ommaviy

maktabgacha   tarbiya   muassasalari,   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktab   sinflari

(guguhlari)da  umumiy  va   alohida  yordam  olish,   logoped  xonalarida  korreksion

pedagogik yordam olish, korreksion sinf (guruh)larda maxsus ta’lim olish shaklida.

Inklyuziv   ta’lim   tizimiga   maxsus   yordamga   muhtoj   bolalarni   viloyat   (shahar,

tuman)   halq   ta’limi   bo‘limlari   tomonidan   tibbiy-psixologo-pedagogik   komisiya

faoliyatida “Respublika, viloyat, tuman tibbiy- psixologo-pedagogik komissiyalar

to‘g‘risida”gi Nizom asosida qabul qilinadi.




Download 94,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish