Imf 1-bosqich talabasi rustamov baxtiyorning “amaliy gramatika” fanidan taqdimot ishi Fan o’qituvchisi: O’tkir Islomov DUNYO TILLARI - Yo’qolib ketayotgan tillarni saqlab qolishga qaratilgan loyiha
- Dunyo tillari haqida qiziqarli faktlar
- Dunyoning eng chiroyli tillari
13.05.2020
Rustamov Baxtiyor
Yo’qolib ketayotgan tillarni saqlashga qaratilgan loyiha
Dunyo ahli taxminan 7000 tilda so’zlashadi. Yarmi shu asr oxirigacha yo’qolib ketishi mumkin. Ammo AQShdagi Rozetta loyihasi ularni saqlab qolish ustida ishlamoqda. Vashingtondagi Smitson institutida yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan tillar, shu jumladan Gavayi tili, Sibir janubidagi elatlar so’zlashadigan Tuva tili kabilar haqida maxsus anjuman o’tdi.Vaqt bilan olishayotgan tilshunoslar ayrimlari bir necha ming yillik tarixga ega bu tillar g’oyib bo’lishi oldidan ularni hujjatlab olishga harakat qilmoqda.Fransuz tilida so’zlashayotgan tilshunos-talabalar “Rozetta” loyihasida yozgi amaliyot o’tamoqda. Xavf ostida bo’lgan tillarni yozib olish bilan band. Loyiha nomi Napoleon askarlari 1801-yilda Nil daryosi sohillarida topgan Rozetta toshidan olingan.
Hozirda Britaniya muzeyida saqlanayotgan bu toshga Misrning ikki alifbosida va yunon tilidagi yozuvlar tushirilgan. Uning asosida olimlar Misr iyerogliflarini o’rgangan. Loyihaga “Long Now” nodavlat tashkiloti asos solgan. Maqsad – onlayn arxivni yaratish hamda matnlarni optik disklrda saqlashdan iborat. Bunday disklar yordamida tilshunoslar kelajakda yo’qolib ketgan tillarni o’rgana oladi. 1500 tildagi 13 000 sahifalik mikroskopik matn to’plangan.“Yagona parallel matn, uning ta’rifi, u qayerda topilgani belgilangan xarita. Shu kabi ma’lumot tillarni bir-biri bilan, siz o’zingiz bilgan, o’rgangan yoki olimlar o’rgangan til bilan qiyoslash imkonini beradi. Ikki til o’rtasidagi uyg’unlikni topish va til asoslarini aniqlash mumkin,” - deydi "Long Now" tashkilotidan Rouz. “Biz o’rganayotgan tillarda gapiradiganlar bugun kam, bir necha ming odam yoki undan ham kichikroq guruhlar so’zlashadi. Bu tillarning aksariyati dunyoning olis qismlarida uchraydi. Ular hech qanday hujjatlarda aks etmagan,” – deydi loyiha direktori Lora Velcher. G’oya ommaviy parallel til kolleksiyalarini yaratishdan iborat. Ular inson qaysi tilda so’zlashsa, shuni aks ettiradi. Natijada inson tillarini tushunishga yordam beradigan kalitni topish mumkin bo’ladi va ular kelajakda ham saqlanib qoladi. Kelajakda ushbu loyiha Rozetta toshining zamonaviy versiyasiga aylanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |